Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   359
Bog'liq
falsafa

Tushunchaning mazmuni va hajmi 
Tushuncha o`zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmunini unda fikr 
qilinayotgan predmetning muhim belgilari to`g‘risidagi axborot tashkil etadi. Masalan, «fan» 


126 
tushunchasining mazmunini fanning muhim belgilari, ya`ni uning amaliyot bilan aloqada 
ekanligi, predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, printsiplar shaklidagi 
ob`ektiv chin (haqiqiy) bilimlar tizimidan iborat bo`lishi, dunyoqarashning shakllanishida 
ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi. 
Tushunchaning hajmi esa, unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisini aks ettiradi. 
Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: 
matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o`zida qamrab oladi. 
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo`lib, u tushunchaning mazmuni va 
hajmi o`rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq 
tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha, hajmi toraytirilsa, mazmuni 
kengayadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»qa oid bo`lish belgisini 
qo`shish bilan hajm jihatidan undan torroq bo`lgan «mantiq fani» tushunchasiga o`tiladi. 
«Fan» tushunchasining hajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan unga nisbatan torroq 
bo`lgan «ijtimoiy ong shakli» tushunchasi hosil qilinadi. Bunda faqat fanga xos bo`lib, boshqa 
ijtimoiy ong shakllarida, masalan, huquqiy ongda bo`lmagan spetsifik belgilar tushuncha 
mazmunidan chiqarib tashlanadi. 
Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi. 
Tushunchaning turlari 
Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo`yicha bir qancha turlarga bo`linadilar. 
Xususan, hajmiga ko`ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi. 
YAkka tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Mars planetasi», 
«O`zMU asosiy kutubxonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir. 
Umumiy tushunchalar predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» 
tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi 
predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo`lishi mumkin. Masalan, 
«kimyoviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. «YUlduz» 
tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz. 
Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va to`plovchi tushunchalarni farq qilish ham muhim 
ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar 
berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir. To`plovchi tushuncha ham umumiy tushuncha 
bo`lib,u aks ettirgan belgilar shu umumiylikni tashkil etuvchi har bir predmetga taaluqli 
bo`lmaydi. Masalan, ―konferentsiya‖ – to`plovchi, ―konferentsiya ishtirokchisi‖ – ayiruvchi. 
Mazmuni bo`yicha tushunchalar, avvalambor, abstrakt va konkret tushunchalarga 
bo`linadi. Konkret tushunchalarda predmet o`zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. 
Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks 
ettiriladi. Masalan, «Inson», «Tabiat» tushunchalari – konkret tushunchalar, «Qahramonlik» 
(insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go`zallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni 
ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir. 
Mazmuni bo`yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. 
Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo`lgan predmetlarni aks ettiradi. 
«Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir. 
Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo`lishini taqozo 
qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «O`qituvchi» va «O`quvchi», «Ijobiy qahramon» 
va «Salbiy qahramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga 
kiradi. 
Ba`zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning 
mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida 
predmet unga xos bo`lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «savodli kishi», «vijdonli 
kishi» – ijobiy tushunchalar, «savodsiz kishi», «vijdonsiz kishi» esa salbiy tushunchalardir. 
Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu 
tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif 
berish demakdir. Masalan, «talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, aniq, nisbatsiz, ijobiy 


127 
tushuncha; «A. Navoiy nomli O`zbekiston davlat kutubxonasi» – yakka, to`plovchi, 
chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish