Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   359
Bog'liq
falsafa

Tabiat tushunchasining keng ma‟nosi borliqni, butun dunyoni barcha rang-barang 
shakllari bilan jamuljam holda aks ettiradi
. Bu ma‘noda «tabiat» atamasi borliqqa nisbatan 
tatbiq etiladi va «materiya» kategoriyasidan ham kengroq falsafiy kategoriya sifatida amal qiladi, 
zero u moddiy va ma‘naviy asoslarning birligidan iborat muayyan yaxlitlik sifatidagi insoniyatni 
ham o‗z ichiga olgan Koinotning butun moddiy-energetik va axborot dunyosini qamrab oladi. 
Ayni shu ma‘noda «tabiat» tushunchasi falsafaning borliq muammolari o‗rganiladigan sohasi, 
ya‘ni ontologiyada keng qo‗llaniladi. Mazkur atama ko‗rsatilgan ma‘noda falsafada ko‗proq XIX 
asrgacha ishlatilgan.
Tabiat tushunchasining tor ma‟nosi
 
XIX asrda hayotning paydo bo„lishi va Erdagi 
evolyusiya jarayonlari muammolarini tushunishga nisbatan yangicha yondashuvlar yuzaga 
kelishi, shuningdek Inson dunyoda o„z o„rnini anglab etishi bilan shakllana boshladi.
SHu 
ma‘noda «tabiat» atamasi muayyan hajmgacha torayib, ob‘ektiv borliqning biosfera (J.Lamark 
1802 yilda biosfera atamasini muomalaga kiritgan), ya‘ni «hayot sohasi» deb nomlagan 
qisminigina anglata boshladi
. Biosfera jonsiz tabiatning avvalgi rivojlanish mahsuli bo„lib, 
Erning hayot kechayotgan nozik qatlamini tashkil etadi. 
U atmosfera, gidrosfera va litosferaning 
yuqori qismini qamrab oladi.
Biosferada inson alohida o‗rin egallaydi. U jonli tabiatning tabiiy qismi bo‗lsada, vaqt 
o‗tishi bilan unga qarshilik ko‗rsatuvchi faol asosga aylandi. Bu faktni u ekologiya muammolari 
yig‗ilishiga qarab anglay boshladi. Mazkur muammolar keskinlashgani sari inson o‗zining 


155 
o‗zgargan holati haqida yanada teranroq mulohaza yuritib, tabiat va jamiyatning o‗zaro aloqasi 
masalasini ilmiy, falsafiy va amaliy nuqtai nazardan echishga harakat qila boshladi.
SHu ma‘noda, tabiat insonni qurshagan muhitni, ya‘ni borliqning biosferadan biologik 
tur sifatida o‗rin olgan insonning mavjudlik sharoitlari majmui sifatida amal qiladigan qismini 
anglata boshladi.
SHunday qilib, tabiatni o‗rganishga nisbatan odatdagi yondashuvlar «biosfera va inson» 
murakkab sistemasining tahlili va uni falsafiy anglab etish hisobiga sezilarli darajada kengaydi, 
«tabiat» atamasi yangicha, yanada teranroq mazmun kasb etdi. Bu avvalo jamiyatning atrof 
muhit bilan o‗zaro munosabatlari, xususan iqtisodiyot, ijtimoiy hayot sohasidagi faol 
fundamental tadqiqotlar mahsuli bo‗ldi. SHu sababli «tabiat» atamasining mazkur ma‘nosi 
ijtimoiy falsafada ayniqsa ko‗p ishlatiladi va odamlar yashaydigan tabiiy muhitni ham, inson 
qo‗llari bilan yaratilgan (o‗zgartirilgan) sun‘iy muhitni ham qamrab oladi. Boshqacha aytganda, 
ayni holda o‗zaro bog‗liqlik va birlikda inson yashaydigan makonni tashkil etadigan «birlamchi» 
va «ikkilamli» tabiat nazarda tutiladi.
Butun tarix mobaynida odamlar o‗zlarining atrof muhitga ta‘sir ko‗rsatish qobiliyatlarini 
tinimsiz rivojlantirdilar va takomillashtirdilar. SHu tariqa jamiyatning tabiat bilan o‗zaro 
munosabatlari ham o‗zgarib bordi. Bugungi kunda tarix, arxeologiya, geografiya, etnografiya 
sohasida va boshqa fanlarda mavjud ilmiy ma‘lumotlar tabiatga antropogen ta‘sir insoniyatning 
son va sifat jihatidan o‗sishiga mutanosib ravishda tinimsiz kuchayib borgani va pirovard 
natijada ijtimoiy rivojlanishning asosiy bosqichlarini aks ettirganini tasdiqlaydi. Bu 
bosqichlarning har biriga atrof muhit bilan inson munosabatlarining o‗ziga xos shakllari va uning 
ongida tabiatning har xil in‘ikosi xosdir.
SHuni ta‘kidlash lozimki, tabiat va jamiyat o‗zaro aloqasining u yoki bu bosqichlarini 
ajratish nafaqat masalaning ob‘ektiv tomoniga, ya‘ni ko‗rsatilgan o‗zaro aloqalarni tavsiflovchi 
tabiiy o‗zgarishlarga, balki bunday ajratish natijasida qanday maqsadlar ko‗zlanishiga ham 
bog‗liq bo‗ladi. Ayni holda bizni insonning atrof muhitga ta‘siri xususiyati va uning tabiatga 
bog‗liqligi masalalari ko‗proq qiziqtiradi. Bundan maqsad qanday qilib inson o‗zining avvalgi 
tabiatga to‗la qaramlik holatidan fan va texnikani faol rivojlantirib, ularning yordamida tabiatni 
o‗ziga bo‗ysundirib, uni xizmatkoriga aylantirishga harakat qilib, pirovardida keskin ekologik 
muammolarni yuzaga keltirganini ko‗rsatib berishdir.
Insoniyat jiddiy ekologik tangliklar xavfi bilan to‗qnash kelgach, odamlar xulq-
atvorining axloqiy tomoni ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi va endilikda «jamiyat-tabiat» 
tizimida muammolar keskinlashuvidan oldingiga qaraganda o‗zgacha ma‘noga ega, zero, inson 
o‗z faoliyatida asosiy e‘tiborni biosferaga qaratishi lozim. YUzaga kelgan vaziyatda bu 
odamlarning yangicha axloqqa asoslangan tegishli xulq-atvorini taqozo etuvchi ob‘ektiv 
zaruriyatdir. Mazkur axloq insoniyat bu sohada erishgan eng sara yutuqlarni aks ettiribgina 
qolmasdan, balki hozirgi hayotning eng muhim muammolarini ham hisobga olishi lozim.
Xususan, qadimgi rivoyatlarda keltirilgan, umumiy axloqiy qoida sifatida Kant 
tomonidan ta‘riflangan («SHunday ish ko‗rginki, xohish-irodang maksimasi ayni vaqtda umumiy 
qonunchilik tamoyili kuchiga ham ega bo‗lsin») axloqiy imperativ endilikda tabiatga nisbatan 
ham tatbiq etilib, umumiy ekologik imperativga aylanishi lozim. Ekologiyaga tatbiqan bu 
talabning ma‘nosi shundan iboratki, ish ko‗rayotgan har bir sub‘ekt (u xoh ayrim inson, xoh 
jamiyat yoki butun insoniyat bo‗lsin) o‗zining tabiatga bevosita yoki bilvosita daxldor bo‗lgan 
barcha niyatlari, ishlari va xatti-harakatlarida o‗zini shunday tutishi lozimki, bu xulq-atvor 
me‘yori umumiy ekologik qonunga aylana olsin.
Ijtimoiy hayotga ham, inson mavjudligining tabiiy sharoitlariga ham tegishli bo‗lgan bu 
axloqiy qonunga o‗z holicha rioya qilish ekologiyaning barcha muammolarini bartaraf etishni 
uzil-kesil kafolatlovchi birdan-bir va shak-shubhasiz talab hisoblanmaydi. Ammo har bir inson 
va butun jahon hamjamiyati tomonidan odamlarning tabiat bilan munosabatlarida asos qilib 
olingan taqdirda, u muqarrar tarzda turli mamlakatlar va xalqlarni shunday bir holatga 
keltiradiki, ular o‗zining tabiatni o‗zgartiruvchi siyosatini mazkur qonunga muvofiq qayta 
tuzishga majbur bo‗ladi, shu tariqa jahon hamjamiyatiga yanada faolroq birlashish yo‗lidagi 


156 
ekologik g‗ov-to‗siqlarni bartaraf etadi. Aks holda nafaqat noosferaga erishish, balki 
umuminsoniy muammolarni hal qilish ham mumkin emas.
San‘at — keng ma‘noli tushunchadir. Masalan, qadimga yunonlar musiqa, raqs, nazmni 
san‘at dyeb bilar edilar. O‘rta asrlarda esa san‘at tarkibiga tasviriy san‘at, kasallarni davolash va 
dorixona ishlari ham kiritilgan. Bugungi kunda «san‘at» so‘zi «voqyelikni badiiy timsollar 
vositasida ijodiy aks ettirish», «ishning ko‘zini bilish vz mahorat ko‘rsatish jarayoni», «har 
qanday ishning o‘zi va u talab qiladigan mahorat darajasi» ma‘nolarida qo‘llaniladi. 
San‘at tushunchasining-talqin etilishi byejiz emas. Zyero, san‘at inson myehnati, aql-
idroki, shu bilan yaratilgan, vujudga kyelgan», ijod hilingan narsalardir. San‘at inson faoliyatining 
ijodkorlik turini anglatib, har bir san‘at asarida shaxsning o‘ziga xos istye‘dodi namoyon bo‘ladi. 
va nihoyat, san‘at insonning mahyerati bilan chambarchas bog‘lanib kyetgandir. 
San‘at kyeng ma‘noda san‘at asarlari (badiiy qadriyatlar) bilan birga ularni yaratish 
(badiiy ijod qilish) va istye‘mol (badiiy idrok etish) jarayonlarini ham qamrab oladi. San‘at 
hozirgi davrga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda rivojlanib kyelgan. 
O‘zbyekiston hududida Ispaniya, Sahroi Kabir va boshqa manzillarda uchraydigan qoyalarga o‘yib 
tushirilgan yovvoyi hayvonlarning tasvirlari hozirga davr nuhtai nazaridan yuksak Estetik 
kiymatga ega. Bu tasvirlarda har bir narsa turining myezoniga mos ijod qilish, ya‘ni nafosat 
qonunlariga rioya qilish, vazn tuyg‘usi, tyenglik aksi, ularni yaratish jarayonidan olinadigan 
quvonch kabi Estetik faoliyatning muhim byelgilari mavjud. Bu yodgorliklar in‘ikos etiladigan 
badiiy faoliyat kurtaklari endigina ko‘rinib kyelayotgan inson Estetik faoliyatning natijalari edi. 
Badiiy faoliat kurtaklari Estetik ehtiyojlardan syekin-asta badiiy ehtiyojlar tarzida 
alohida holda namoyon bo‘lib borgani sari, aqliy va jismoniy myehnatning uyg‘unlashib 
borishi jarayonida san‘at ham rivojlandi. Badiiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar 
turlicha shakllanib, amal qilganligi ma‘lum, Aql-idrok va qo‘l mutanosibligi ajoyib, 
hayratomuz san‘at mo‘‘jizalarini yaratishga olib kyeldi. 
Qadimgi Estetik madaniyat yodgorliklarining mavzu yo‘nalishi ham diqqatga sazovordir. 
Asosiy tasvir (qoya suratlari) va taqlid (raqslar) uchun ovchilik kasbi bilan bog‘liq 
hayvonlar ob‘yekt qilib olingan. Yovvoyi buqa, yovvoyi fil, yovvoyi kiyik tasvirlarini 
yaratish bilan qadimgi odam ular haqida o‘zi bilgan juda muhim xislatlarini va bu 
xislatlarga xos o‘zining hatti-harakatlarini ifodalagan. 
San‘at kurtaklari murabbiy-tarbiyachi vazifalarini ham bajargan. Tasvirlar, naqshlar, 
raqslar, ertak-afsonalarda avloddan-avlodga o‘tib turgan amaliy, axloqiy, Estetik tajriba 
mujassamlashgan edi. Badiiy faoliyatning ilk shakllari uyushtiruvchilik, birlashtiruvchilik 
vazifalarini ham bajargan. Hayotda yashash uchun kurash maqsadida jipslashgan va yagona 
tuyg‘u jo‘sh urishi bilan birlashgan butun jamoa hatti-harakatlari, urinipshari vositasida qo‘lga 
kiritilishi mumkin bo‘lgan g‘alaba — ovda hayvon ustidan g‘oliblik (ovning samarali bo‘lishi) 
san‘atda tasvirlanib, u qadimgi odamlar jipslashishining eng muhim omillaridan biri bo‘lgan 
edi. 
San‘at - inson jasoratining go‘zalligini uning oliyjanobligini, fidoyiligini aks ettiradi. 
San‘at tabiat va insonni haqqoniy yuksak badiiy formada aks etirsa, yuksak idyeallar uchun 
kurashsa, u go‘zal bo‘ladi. San‘at social yovuzlikni, tubanlikni, razillikni ham fosh etadi. San‘at
hayotning xunuk jihatlari va hodisalarni tasvirlash bilan bizni go‘zallikka chorlaydi. San‘atning 
quyidagi turlari mavjud:
1.Badiiy adabiyot; 2.Tasviriy san‘at; 3.Ifodali san‘at; 4.Tomosha-qorishma san‘at.
Badiiy adabiyot so‘z orqali namoyon bo‘ladi. So‘z san‘atini og‘zaki va yozma shakllari 
mavjud. Og‘zaki turiga – doston, baxshilik, askiya, tyermalar kiradi. Bunda so‘z bilan ijrochi 
mushtarakdir. Og‘zaki so‘z bahsi o‘tkir so‘z, hozirjavoblik, hazil, intyermyediya shakllarida 
namoyon bo‘ladi. Yozma adabiyotda aytilgan so‘zni eshitish, yozilganini ko‘rish va o‘qish 
uchun mo‘ljallanganligidan tashqari, yozma adabiyotni idrok etish o‘quvchidan ko‘proq, ijodiy 
faollikni va mustaqillikni, badiiy matndan olingan axborotni, o‘zining ma‘naviy dunyosini va 
hayotiy tajribasi bilan qiyoslashni talab qiladi. Og‘zaki adabiyotni idrok etish odatda jamoaviy 
tarzda sodir bo‘lsa, yozma adabiyot idroki yakka va shaxsiydir. Inson ruhi va qalbining doimiy 


157 
oqimda harakatlanib turishi holatini yengil va erkin, oddiy va murakkab, yorqin va tushunarli 
tarzda ifodalash imkoniyatlarining kyengligi jihatida badiiy adabiyotga tyeng kyeladigan san‘at 
turi yo‘q dyesak yanglishmaymiz. Badiiy adabiyot san‘at turi sifatida o‘zining ichki tizimiga, 
o‘ziga xos tur, xil ko‘rinishlari, uslubiga ega. Badiiy adabiyotning epik, lirik dramatik turlari 
mavjud:. 
Epik tur – voqyealarni badiiy o‘zlashtirish hisoblanadi. Epik turga «qutadg‘u bilig», 
«SHohnoma» (Firdavsiy), «Hayratul abror», «Hamsa», «O‘tgan kunlar», «Kyecha-kunduz» 
(CHo‘lpon), «Navoiy»(Oybyek) kabilar misol bo‘ladi. Epik tur o‘z navbatida janrlarga ham 
ajraladi, ya‘ni: xalq eposi, epik doston, roman – epopyeya, roman, qissaga. Lirik tur – kayfiyat 
yoki ruhiy holatni ifodalaydi. Navoiyning «Hamsa»sidagi dostonlarida epik mazmun lirik shakl 
(shye‘r)da o‘z ifodasini topgan. Bu lirik xazinada jozibali va ehtirosli his-tuyg‘u katta ifoda 
kuchi orqali sayqal topib, lirik-falsafiy ma‘nodorlik kasb etgan. CHo‘lpon, Usmon Nosir, 
A.Oripov, E.Vohidov lirikasi haqida ham shularni aytish mumkin. Lirik turning janrlari - qasida, 
tuyuq, ruboyi, g‘azal, mustahzod, shye‘r. 
Dramatik tur – harakat bilan bog‘liq holatda amal qiladi. U sahnalashtirishga 
mo‘ljallangan asarlarni tashkil etadi. Dramatik turni fojia, komyediya, drama kabi ko‘rinishlari 
mavjud. 
Tasviriy san‘atning vujudga kyelishi insoniyat tarixining eng qadimgi davrlariga borib 
taqaladi. qoyalarda tasvirlangan jonivorlar, voqyelik hodisalari, hayot manzaralari, dastlab – 
foydali – amaliy maqsadlarga bo‘ysundirilgan tasvirlar (animizmda) tasviriy san‘atning ilk 
ko‘rinishlaridir. Endilikda – sog‘lom his-tuyg‘ular, idrok yorqinligi va tiniqligi, kuzatish 
ziyrakligida namoyon bo‘ladi. Tasviriy san‘atning tur va janrlari, musavvirlik, haykaltaroshlik, 
chiziqli rasm, badiiy rasm, badiiy suratga olishdir. Qadimgi davrda haykaltaroshlikning mayin 
egiluvchan turida asosiy Estetik aqidalar – hayotiy o‘xshashlik, hamohanglik, myezonlilik 
aqidalari kyeng tarqalgan. O‘rta asrlarda musavvirlik va haykaltaroshlik tobora mye‘morchilik 
maqsadlarida xizmatga qo‘yila boshlandi. Uyg‘onish davrida hamma turlar, ayniqsa musavvirlik 
birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Tasviriy san‘atda tasvir bilan ifoda chirmashib kyetgan bo‘ladi. 
Ularda tasvirlanayotgan hodisalar mo‘‘tadillik xususiyatiga ega bo‘lib, bitta voqyea yoki uning 
bir lahzasini tanlab tasvirlash orqali harakatdagi va rivojlanishdagi hayotning butun 
murakkabligi va boyligini ko‘rsatish qudratiga ega bo‘ladi. 
Musavvirlik – naqqoshlik, mavzuli suhbat, rasm, manzara, natyurmort tarzida 
ifodalanadi, shuningdyek yodgorlik, dastgohli, ko‘rinishlari ham mavjud. Haykaltaroshlik – 
dumaloq haykal, yodgorlik asarlari dastgohli (insonning ichki dunyosini tasvirlash), kichik 
shakllar – (sanoat va xalq hunarmandchiligi) kabi ko‘rinishlarga ega. Badiiy suratga olish 
(fotografiya) xususiyati hujjatchilikka asoslangan bo‘lib, u kyeyinchalik kino san‘ati rivojiga 
katta hissa qo‘shdi. CHiziqli rasmda badiiy mubolag‘a tyez-tyez qo‘llaniladi. CHiziqli rasm 
hayot hodisalarini tyezroq aks ettirishi bilan ommaviylik xususiyatiga ega. U voqyelik
hodisalarini kyeng qamrab olishi jihatidan badiiy adabiyotga yaqin turadi. Uning quyidagi 
ko‘rinishlari mavjud: 1)Dastgohli: suv bo‘yoqli (akvaryel), yumshoq rangli qalam (pastyel), 
musavvir yaratgan bosma shaklda nusxa ko‘chirish (estamp), o‘yib solingan (ofort), maxsus 
taxtachaga o‘yib tushirilgan (gravyura) holatlarida yog‘och, myetall, ko‘mir, karton va boshqa 
ashyolarda ifodalanadi. 2)Amaliy chiziqli rasm badiiy ijod turlari bilan bog‘liq holatida. a)sanoat 
chizma rasmlari: mol byelgisi – etikyetka, pochta markalari, alomat – byelgi ramzi - emblyema, 
ko‘krakka taqiladigan byelgi znachoklar, davlat nishonlari; b) kitoblarga tushirilgan rasmlar. 3) 
Plakat - qisqa matn bilan birgalikda ifodalanadi.
. ―Ommaviy madaniyat‖ aksariyat xollarda haqiqat, go‗zallik, ezgulik singari muqaddas 
tushunchalarni umumiste‘molchilik ehtiyoji bilan bog‗lab, iste‘mol va tovar sifatida haridorgir 
bo‗lishiga qaratilgan maqsadni targ‗ib qiladi. Bu esa pirovardida ―bozor adabiyoti‖, ―bozor 
san‘ati‖ degan ma‘naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning ―gullab-yashnashi‖ uchun imkon 
yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, 
saviyasiz, ―millati‖ning tayini yo‗q ―badiiy‖ filmlar ham ko‗payib ketgan. ―Bozor san‘ati‖ 


158 
deganda, birinchi navbatda, anna shunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan 
yangroq ashulalar esga tushadi.
―Ommaviy madaniyat‖ning illat sifatida namoyon bo‗lishi:
1.―Ommaviy madaniyat‖ namoyondalarining amallari 
o‗zlari uchun har taraflama 
manfaatdorlikka asoslangan: ular ―noyob san‘at‖ namunalari-g‗oyalarini nafaqat targ‗ib qiladi, 
balki pullaydi ham. 
2.Faqat bugunni, yana ham aniqrog‗i hozirni ko‗radi va tan oladi. 
3.Umuminsoniy madaniyatni bo‗ysindirish va o‗z ta‘sir doirasiga tortish kabi tuban maqsadlarni 
amalga oshirishga harakat qiladi.
4.U odamzodning fikrlashiga tish-tirnog‗i bilan qarshi. Andozalashgan axborot-u mahsulotlar 
qurshovida qolgan odamlarning o‗zi ham bora-bora bir o‗lchamga tushadi: hammaning yurish-
turishi, o‗y-kechinmasi, fikrlash tarzi, bari bir xil. 
5.SHaxsning ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqea jarayonlarga loqayd, befarq avlodni 
shakllantiradi. 
6.―Ommaviy madaniyat‖ o‗z navbatida mafkuraviy, informatsion, iqtisodiy qadriyatlardan 
foydalangan xolda ―ma‘rifatparast‖lik g‗oyalari asosida o‗ziga xos muomala va muloqot 
madaniyatini ham targ‗ib qiladi. Buni biz bugungi kunda yoshlar orasida ko‗rishishdagi ―boshni 
boshqa suqishtirish‖, imo-ishora, o‗zaro muloqotning ―kurakda turmaydigan so‗zlar‖ga 
tayanilishi orqali ko‗rib guvohi bo‗lmoqdamiz. 
―Ommaviy madaniyat‖ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo‗lgan olomonni 
shakllantirish bo‗lgani bois, u ma‘naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o‗quvchini mushohadaga 
undab, tasavvur olamini kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo‗latmaydi. SHuning 
uchun ―ommaviy madaniyat‖ namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas. 
3.Milliy ma‘naviyatga ta‘sir o‗tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya 
jarayoniga ham sezilarli ta‘sir ko‗rsatmoqda. Ta‘kidlash o‗rinliki, estetika niqobi ostida turli xil 
ko‗rinishdagi ―sog‗lom turmush tarzi targ‗ibotchilari‖, ―ko‗ngilochar‖ va ―musaffo tuyg‗u‖ 
baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog‗ida vampirizm 
estetikasi va uning targ‗iboti bilan bog‗liq saytlarning ko‗payib borayotganligi tashvishlanarli 
xoldir. Bunday tahdidlarga qarshi go‗zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va 
betakror estetik dunyosini aks

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish