149
olamni, unga nisbatan o‘zimizning insoniy, ijtimoiy munosabatlarimizni ham tushunamiz.
Estetikaning boshqa fanlar bilan munosabati. Estetika falsafiy fan bo‘lib, uning nazariy va
uslubiy asoslarini
falsafiy tafakkur
nazariyasi va tarixi tashkil qiladi. Masalan: voqyelikni
Estetik va badiiy o‘zlashtirish jarayonlarini o‘rganishda xolislik (ob‘yektivlik), tarixiy
yondashish, bilish jarayonida amaliy tajribaning ahamiyati kabi uslubiy asosni qo‘llash ijobiy
samara beradi. Bilish nazariyasi vositasida san‘atning bilish tabiati, voqyelikni badiiy-ramziy
ifodalash bilan ilmiy tadqiq etish o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro farqlar, voqyelikni
badiiy vositalar orqali tasvirlashning ijodiy tabiati; san‘at asarlaridagi shartlilik va badiiy haqiqat
kabi Estetika fanining ko‘p muammolarni yechish mumkin.
Ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi, ma‘naviy hayot xilma-xil shakllarining bir-biriga
bog‘liqligi, iqtisodiy zamin bilan ijtimoiy ong o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘liqlik kabi
masalalar, Estetik ong, badiiy ijod, san‘at tabiati va xususiyatlarini ilmiy tushunishga yordam
beradi.
Estetika fani rivojlanishga ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Masalan: bilish nazariyasini
boyib borishida badiiy bilishning ham o‘z navbatida ahamiyati katta. Bilish nazariyasi, badiiy
madaniyat qadriyatlari, voqyelikka Estetik munosabat, Estetik tushunchalar, ijtimoiy ong, uning
nisbiy mustaqilligi haqidagi fikr mulohazalar ham ko‘p jihatdan san‘at bilan bog‘liq.
Estetik ong ob‘yektiv dunyoga nisbatan bo‘lgan inson Estetik munosabatining sub‘yektiv
tomonidir.
Estetik ong ma‟naviy
– ruhiy voqyea-hodisalar majmui bo‘lib, ular ijtimoiy hayot
zaminida vujudga kyeladigan Estetik his, Estetik did, Estetik fikr, Estetik orzu, Estetik qarash,
Estetik nazariya tizimini anglatadi.
Estetik ong ijtimoiy hayot zaminida uning bilan mutanosib tarzda o‘zgarib, rivojlanib,
takomilashib boradi. Estetik ong zarralari, dastlabki ko‘rinishlari ibtidoiy odamning his-tuyg‘u
tabiatini byelgilab turgan. Estetik ong axloqiy ong bilan birga diniy ongdan oldinroq paydo
bo‘lgan. Dastlabki Estetik ong odamlarning moddiy faoliyatidagi asoslar bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lgan. Kyeyinchalik Estetik his-tuyg‘u, did va orzular ijtimoiy hayotdan nisbiy
mustaqillik kasb etgandir. Bora-bora Estetik ong sohasiga san‘atning ta‘siri kuchli bo‘lgan.
San‘at ma‘lum darajada Estetik ongning ifoda kuchiga va namoyon bo‘lish jarayoniga,
ayni paytda u jamiyat hayotida Estetik ongning eng muhim omiliga aylanadi. Estetik ong
ijtimoiy ongning ba‘zi shakllaridan orqada qoladi. M: Siyosiy yetuklikning yuksak darajasiga
ko‘tarilgan ayrim davlat arboblari Estetik did va qarashlari jihatidan orqada qolishi mumkin.
Ba‘zi olimlar to‘g‘risida ham shu fikrni aytish mumkin. YOki Estetik ongi kuchli, lyekin axloq
jihatdan tuban odamlarni ham hayotda uchratish mumkin. Estetik ong vorisiylik xususiyatiga
ham ega. Estetik ong ijtimoiy hayot in‘ikosi bo‘lib, jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi.
Jamiyat taraqqiyotida biror jabha yo‘qqi, u Estetik did, orzu va qarashlardan chyetda
qolgan bo‘lsa. Siyosat, axloq, din, falsafa, fan- bularning hammasi Estetik ong bilan
chambarchas bog‘liq. Estetik ong
Do'stlaringiz bilan baham: