Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   359
Bog'liq
falsafa

 
Estetik idyeal
– bu kishilarning hayotda va kishining o‘zida mukammal bo‘lgan va orzu 
qilingan narsa haqidagi tasavvuri. Bu faqat eng yaxshi ijtimoiy tuzum haqidagi (siyosiy idyeal) 
va eng adolatli jamiyat haqida (axloqiy idyeal)dagi tasavvurgina emas. Bu kishilar, ularning 
muhit, atrof-muhit, kishilarning o‘zaro munosabatlari go‘zal bo‘lgan yaxlit, eng yaxshi hayot 
haqidagi tasavvurlaridir. Kishilar ongidagi Estetik idyeal amalda yuzaga chiqishi kyerak bo‘lgan 
go‘zallik obrazi tarzida mavjud.
Jamiyat idyealsiz, o‘z hayoti rivojining oliy va kyelajak maqsadlarisiz yashay olmaydi. 
Har bir kishi ozod va garmonik rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladigan jamiyat haqidagi orzu 
butun bashariyat tarixi osha o‘tib kyeldi. Bu oddiy orzu emas edi- bu orzu yo‘lida insonlar 
kurashga otlandi, ko‘plari qurbonlar bo‘ldi. +ayerda idyeallar yo‘qolsa, yoki undan kishilarning 
ixlosi qaytsa, u joyda turg‘unlik, inqiroz, ma‘naviy bo‘shliq, tushkunlik, oqibat natijada 
jamiyatning inqirozi yuz beradi. 
Estetik qarashlar va nazariyalar Estetik ongning g‘oyaviy sohalarini tashkil etadi va ular 
tabiat, hayot, san‘at mohiyati haqidagi fikr-mulohazalar va g‘oyalar tizimidir. 
Estetik qarashlar voqyelikning Estetik tomonlarini his-tuyg‘u, yordamida idrok etish, 
ularni tushunchali anglashdan oldin sodir bo‘ladi. Nafosat, oliyjanoblik, fojiali, kulgili,
san‘atning mohiyati va burchi masalalarni qamrab olgan Estetik qarashlar va nazariyalar Estetik 
ongning barcha qismlariga ta‘sir o‘tkazadi. Estetik his-tuyg‘ular, didlar, ayniqsa orzular 
xususiyati ko‘p jihatdan Estetik qarashlar va nazariyalarga bog‘liq bo‘ladi. 


151 
 
ESTETIK NAZARIYA 
– bu Estetik ob‘yektni butunlay qamrab oladigan tamoyillar, 
qarashlar, tushunchalar, qoidalar, aqidalar, bilimlar tizimidir. Estetik nazariyamantiqqa, tamoyil 
tizimlarga, dalil-isbotlarga, falsafiy uslubiyotga asoslanadi. 
 
ESTETIK FAOLIYAT
– Estetik ongning amalga oshirilishi va moddiylashtirilishidir. 
Estetik faoliyat asosini insonning muayyan 
talab ehtiyojlari
tashkil etadi. Inson faoliyatining 
xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan byelgilanadi. 
TALAB 
– ehtiyojlar insonni faoliyatga undaydi, faoliyat esa yangi-yangi talab ehtiyojlarni 
kyelib chiqaradi. Ruhshunos olimlar Estetik ehtiyojlarni inson talab ehtiyojlarining eng oliysi 
sifatida ta‘riflab byerganlar. CHunki Estetik ehtiyojlar jamlangandir. Garchand bu dunyoda 
mavjudotlarning eng aqllisi inson ekan, go‘zallikni chuqur anglash ham insonga xosdir. SHu
bois inson hamisha go‘zallikka tashna bo‘lib yashaydi. Estetik ehtiyoj mohiyati ana shular bilan 
izohlanadi. Rivojlangan Estetik ehtiyoj hyech vaqt tayyor Estetik qadriyatlarni faqat istye‘mol 
qilish bilan chyeklanib qolmay, yangilarini yaratish, ijod qilishga rag‘batni vujudga kyeltiradi.
Go‘zallik - nafosat olamining mag‘zi, asosiy byelgisi, bosh xossasi, asosiy mohiyatini tashkil 
etadi. SHu bois Estetikani go‘zallik haqidagi fan, go‘zallik falsafasi ham dyeb ataydilar. 
Estetika his-tuyg‘u, eng avvalo go‘zallikni his etish jarayonini anglatadi. Estetik orzu esa
go‘zallikni inson xohlagan u yoki bu tasavvurlar tarzida ifodalaydi.
Estetik did bo‘lsa, ko‘p jihatdan shaxs va jamiyat nimani go‘zallik sifatida, nimani xuniklik 
sifatida idrok etishida namoyon bo‘ladi. 
Estetik qarashlar – go‘zallikning tabiati va mohiyati haqidagi fikrlarni anglatadi. 
Go‘zal, ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otadigan narsani ko‘rsatish ancha oson. Lyekin o‘sha narsa 
nima uchun go‘zal ekanini tushuntirib berish qiyin.
Aflotun fikricha: go‘zallik vujudga kyelmaydi va barbod bo‘lmaydi, balki u vaqt va makon 
tashqarisida amal qiladi. Go‘zallik tuyg‘usidan yuqoriroq tabiatga molik bo‘lgani uchun his 
tuyg‘u vositasida anglash mumkin bo‘ladi. 
Gyegyel ta‘biricha: Mutloq ruh-g‘oya go‘zallikning namoyon bo‘lishidir. His-tuyg‘u 
qobig‘iga ega bo‘lgan mutloq ruh- g‘oya, ya‘ni porlab turgan narsagina go‘zaldir. San‘at 
go‘zallikning asl makonidir. Gyegyel simmyetriya tushunchasiga katta e‘tibor beradi. Uningcha 
simmyetriya qoidasiga binoan, shunday narsa go‘zalki, agar undagi tug‘ma byelgilar to‘la tarzda 
namoyon bo‘lsa; shunday daraxt go‘zalki, agar undagi tug‘ma byelgi (olma, anjir, anor)lari to‘la 
va byevosita ko‘rinsa. SHunday inson go‘zalki, agar unda yaxshi insoniy fazilatlar va sifatlar 
mujassamlashgan tarzda ifodalansa.
Arastu: go‘zallikni moddiy olamning moslik, aniqlik, hamohanglik, myezon-o‘lchovlik 
kabi miqdorli va makonli tavsiflari bilan bog‘lab mushohada qiladi.. «Garmoniya» asosida 
go‘zallik zaminida inson va narsaning bir-biriga muvofiqligi, loyiqligi, mosligi aqidasi yotadi... 
«o‘ta kichik narsa go‘zal bo‘la olmas edi, chunki, juda oz vaqt ichidagi tasavvur qorishib 
kyetadi.
Go‘zallik – bu voqyelik (tabiat, jamiyat, san‘at) hodisasi bo‘lib, biror narsaga his-tuyg‘u 
orqali ta‘sir o‘tkazish bilan insonda jismoniy va ma‘naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga,
shodlik zavqlanish, ma‘naviy qoniqish vujudga kyelishga imkon yaratayotgan jarayondir. 
Go‘zallik ijtimoiy ahamiyatga molik hodisadir. Go‘zallik hamisha foydali, lyekin u
alohida turdagi foyda – u avvalo, insonga, jamiyatga, tarao‘o‘iyotga ma‘naviy foyda
kyeltiradi. Go‘zallik inson erkinligining ramzidir. Go‘zal narsalar inson amaliy faoliyatiga, 
manfaatlariga mos bo‘lib, ularni idrok etish: - hayrat va quvonch bag‘ishlaydi; - shaxsning 
uyg‘un hamohang rivojlanishiga; - unda eng yaxshi insoniy xislat – fazilatlar tarkib topishiga
ko‘maklashadi. 
Insonning go‘zallikni anglashi o‘zgaruvchan. Go‘zallik hamma vaqt insonning ijtimoiy 
orzulari bilan qorishib kyetganini nazarda tutish lozim. Patriarxat davrida - ko‘p bola tug‘ib 
o‘stirgan ayol – ayol qomatini ataylab qing‘ir-qiyshiq qiyofasini tasvirlash go‘zallik 
tushunchasiga mos kyelgan. Haykaltaroshlar ayolni qing‘ir qiyshiq qomatini tasvirlagan 
haykallar yaratganlar.
Go‘zallik konunlari : 1.Mye‘yor; 2.Pryedmyetning yaxlitligi; 


152 
3.Rang-baranglikning organik birligi(uyg‘unligik);. 4.Pryedmyet tuzilishining maqsadga 
muvofiqligi; 5. «Buyum qonunining hissiy ifodasi sifatida Estetik forma». 
Qadimgi YUnonlar uchun jismoniy va ma‘naviy barkamol inson go‘zalligining idyeali 
bo‘lgan. Tana va ruh garmoniyasi hammadan ko‘p qadrlangan. Vatani Qadimiy Gryeciya
bo‘lgan Olimpiya o‘yinlari shunchaki sport musobaqasi emas edi, balki kishilardagi jismoniy va 
ma‘naviy fazilatlar bayrami – ko‘rigi bo‘lgan. Masalan: kimki birovni jamiyatga zid hatti-
harakatlar bilan badnom qilgan bo‘lsa, bunday kishilarni ko‘rikda qatnashtirmaganlar. Adolat, 
mardlik, yaxshilik doim go‘zal hisoblangan.
O‘rta asrlarda go‘zallik – ryeal hayotda emas, balki u dunyodagi «osmoniy» olamda 
dyeb hisoblaganlar. Tanani «ruh» uchun o‘ldirish jismoniy va ma‘naviy garmoniya emas, balki
ularni ajratish, bir-biriga zid qo‘yish go‘zallik hisoblangan. Go‘zallikni turli xil toifa va 
tabaqadagi kishilar ham o‘z nuqtai nazaridan kyelib chiqib baholaganlar. Masalan: dyehqon 
nazarida: sog‘lom, baquvvat, yonoqlari naqsh olmadyek qiz go‘zal hisoblangan bo‘lsa, dvoryan 
nazarida: zaiflik, noz, tantiqlik, purvuqorlik jononlarning go‘zalligi sanalgan. 
Go‘zallik hamma davrlarda ijobiy hodisa va xususiyat dyeb tushunilgan. Kishilar u yoki 
bu pryedmyet, voqyea va hatti-harakatlarni go‘zallik dyeb ataganlarida go‘zallikdagi barcha 
narsalar, hayotning ijobiy va progmativ byelgilarini aks ettiradi va ifodalaydi dyeb bilganlar. 
Go‘zallik tabiatda, insoniy munosabatlar, san‘atda namoyon bo‘ladi. Go‘zal narsa bizni hamisha
zavqlantiradi, yorqin his-tuyg‘ular uyg‘otadi, kayfiyatimizni chog‘ qiladi.
CHyernishyevskiy «Go‘zallik kishida hosil bo‘ladigan his, yorqin quvonch, syevgan 
kishimiz yonimizda bo‘lganda qalbimizni qanday quvonch bilan to‘ldirsa, xuddi shunday
chyeksiz quvonch tuyg‘usidan iboratdir. Biz go‘zallikni byeg‘araz syevamiz, uni ko‘rib
quvonamiz, syevgan kishimizni ko‘rib qanday xursand bo‘lsak, go‘zallikni ko‘rib shunday
xursand bo‘lamiz», dyeydi. 
Tabiatdagi, jamiyatdagi kishining ijodiy faoliyatidagi, odamlarning bir-biriga bo‘lgan 
munosabatlaridagi jamiki ijobiy voqyealarni, ya‘ni: - bizda quvnoq his-tuyg‘u paydo qiluvchi; 
- mamlakatga yordam byeruvchi;
-kayfiyatni ko‘taruvchi,- bizni oliyjanob ishlarga 
ilxomlantiruvchi;
- voqyealarni, insonning progmativ tarao‘o‘iyotiga, uning olg‘a bosishiga
yordam byeruvchi barcha omillarni go‘zallik dyeb atash mumkin.
Go‘zal olam – shundaygina ko‘z o‘ngimizda turibdi, faqat tyevarak – atrofni dio‘o‘at 
bilan kuzatmoq lozim xolos.
-Bulutlar orasida ko‘rinib turgan moviy osmon; 
- Bulutlarning ajib bir jilosi; - 
ko‘m-ko‘k 
chaman o‘tloq; - undagi cho‘g‘dyek tovlanib turgan rang-barang gullar; - kun botishidagi 
quyoshning taram-taram oltin nurlari. 
Inson atrof-tyevaragida sochilib turgan nurni ko‘radi, gullarning rang-barang 
tovlanishlarini kuzatadi, pryedmyetlarning turli-tuman formalarini bir-biriga tao‘o‘oslab ko‘radi. 
SHu tariqa inson olamdagi har bir hodisada- kishi ko‘z o‘ngida uzanib kyetgan, uni byepoyon 
uzoq-uzoqlarga chorlovchi har bir hodisada go‘zallikni ko‘radi. 
Tabiat go‘zallikni eng qadimiy va boy manbaidir. Tabiatdagi go‘zallik insonda mustaqil 
suratda mavjuddir, lyekin, go‘zallikning barkamolligini faqat insongina tushunishga qodirdir, u 
faqat inson uchungina ijodiy ilxom, o‘zgartiruvchi myehnat manbaidir. Tabiatga qancha 
chuqur kirib borsak: - moddalarning shakli va rangi; - o‘simliklar; -jonivorlar; chig‘anoq va
myeduzalarning ajoyib formalari; -gullar, kapalaklar, qushlarning go‘zalligini shunchalik 
yorqinroq his qilamiz. 
Bularning barchasini o‘ziga xos shakllari, rangi, harakatlari bilan tanishish uchun 
butun bir inson umri ham yetmaydi.
Tabiatning eng go‘zal mahsuli uning eng tarao‘o‘iy etgan bosqichi: - aql –zakovat, iroda 
egasi bo‘lgan; - ijod qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan insondir 
Tabiatdagi go‘zallikni ana shu inson o‘z aql zakovati orqali bilib oladi, moddalarning 
qonunlari va xossalarini ochib, o‘z ijodiy myehnati bilan ularni yanada takomillashtirish uchun 
bu qonun va xossalarda foydalanadi. 


153 
Ulug‘vorlik. Ulug‘vorlik insonga his-tuyg‘uni ta‘sir etuvchi, uni quvonch va hayratga 
soluvchi kuchdir. Ulug‘vorlik tuyg‘usining manbai – dahshat yoki shunga o‘xshash tuyg‘ular 
qo‘zg‘atadigan barcha narsalar, voqyea – hodisalardir. Go‘zallik singari ulug‘vorlik ham qo‘pol, 
sof foyda ma‘nosidagi manfaatdan holi bo‘lib, hamma uchun umumiy ahamiyatli, maqsadga 
muvofiqlik va zarurlik tasavvurlarini o‘zida mujassamlashtirgandir. 
Agar go‘zallik sifatida olingan qoniqish orqali vujudga kyelsa, ulug‘vorlikning zaminida 
miqdor tasavvurlari yotadi.
Gyegyelning ta‘kidlashicha, eng +adimiy Misr qabr ustidagi yodgorliklari – piramidalar 
birinchi navbatda o‘zlarining ulkanligi bilan odamlarning hayratga soladi, ayni paytda ularni 
qurish uchun qancha vaqt sarflanganligi, uni ko‘pgina matonatli inson kuchlari qurganligi haqida 
fikr-mulohaxazalar bildiriladi. 
CHyernishyevskiy: - Oddiy shamoldan bir nyecha yuz marta kuchli bo‘ron ulug‘vordir,- 
pastkash hisob-kitob va intilishlardan yuz karra kuchli bo‘lgan syevgi ulug‘vordir, dyeb 
ta‘kidlaydi. 
Ulug‘vorlik ko‘lami go‘zallik ko‘lamidyek chyeksizdir. U tabiatda, jamiyatda inson 
faoliyatida namoyon bo‘ladi. ulug‘vorlik odamlarni faol harakatga, o‘zlaridagi ijodiy 
imkoniyatlarni ishga solishga rag‘batlantiradi. Tabiatda baland tog‘lar, qudratli shar-sharalar,
chyeksiz okyeanlar, moviy dyengizlar, tubsiz osmon ulug‘vorlik timsollari bo‘lib, ular ulkanlik, 
buyuklik, kyeng ko‘lamlik, tuganmaslik jihatda umumiylikka ega. Tabiatda ulug‘vorlik insonni 
zaiflikka emas, balki undagi tabiat bilan qo‘shilib kyetishga intilish hissini uyg‘otadi. 
Ulug‘vorlik hissi (o‘zicha Estetik) hayratlanish, ehtirom, tan berish tuyg‘ularini qamrab oladi. 
Bularga ba‘zida qo‘rquv hissi ham qo‘shiladi, qo‘rquv hissini insonni kamsitmaydi, balki 
to‘siqlarni yengib o‘tishda turtki bo‘ladi.
Ijtimoiy hayotda ulug‘vorlik qahramonlik va mardlik bilan qorishib kyetadi. 
Qahramonlikda ulug‘likka xos Estetik va axloqiy sifat to‘la namoyon bo‘ladi. Xalq fidoiylari, 
elu-yurt jonkuyar-larining qiyofalari bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlikni ham mardonalikni 
namoyon qiladi.
Alishyer Navoiy ta‘biricha, qahramonlik, ulug‘lik, halol myehnatda, yaxshi axloqiy 
aqidalarga doimiy tarzda amal qilishda o‘z ifodasini topadi. 
San‘atda ulug‘vorlik. San‘atning turli shakllarida ulug‘lik xilma-xil tasvirlanadi,-
qahramonlik dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik fojiasi, qahramonlik musiqa asarlari, 
mye‘morchilik kabi san‘at mujdalari ulug‘lik mavzuini badiiy o‘zlashtirish jarayonida vujudga 
kyeladi. 
Mye‘morchilikda Misr piramidalari, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi 
mye‘morchilik obidalari, YUnonlarning Parfyenoni, Rimliklarning Kolyeziyi, O‘rta asr gotik 
bosh chyerkovlari, Rus chyerkovlari mye‘morchiligining eng yaxshi namunalari. Rastryelli kabi
mye‘morlar yaratgan go‘zal binolar o‘zlarining salobati, ulug‘vorligi bilan kishini hayratda 
qoldiradi. Mye‘morchilikda ayrim obidalar: Bobil minorasi, Minorai Kalon, Misr piramidalari 
o‘zlarining kyeng ko‘lami – miqiyoslari bilan kishini hayron qoldirsalar, boshqalari o‘zlarining 
o‘ta nafisligi, nozik ifodasi, hamohangligi, atrof-muhiti bilan uzviy qo‘shilib kyetganligi katta
ahamiyat kasb etadi. Amir Tyemur dahmasi, SHohi Zinda, Ichan qal‘a, Ryegiston maydoni Mir 
Arab madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, CHor minor, mye‘morchilik asarlari nafis san‘at 
mujdalari sifatida ulug‘vorlik tuyg‘usini mavjlantiradi. 
San‘atda ulug‘vorlik ko‘pincha fojialilik bilan yonma-yon namoyon bo‘ladi. Navoiy – 
SHyekspir asarlari. Layli – Majnun, Ramyeo – Julyetta, Suqrotning o‘limi bilan fojialik aks 
etgan asarlardir. Inson murakkab kamolot yo‘lini bosib o‘tib, xudoga o‘xshaydi. «Ozod o‘ldirki 
birov ranjida qilg‘ondin ranjida bo‘lmag‘ay va javonmard uldirki, ranjida qilmagay» 
Fojialilik va kulgililik. YOlg‘iz insonga xos his-tuyg‘u. Faqat ijtimoiy munosabatlar 
jarayonida namoyon bo‘ladi. Ular bir-biriga zid tushunchalar, ayni paytda ular bir-birining 
mag‘ziga singib, birinchisi ikkinchisiga o‘tib turadi. Xalq iborasida: «fojialilikda kulgililikkacha 
masofa bir qadamdir» dyeyiladi. SHyekspir asarlarida fojiali va kulgili tomonlar, shu qadar 
chirmashib kyetganki, ularni birini ikkinchisisiz anglash qiyindir. 


154 
Fojialikda noqonuniy hayotning chuqur ziddiyatlari va to‘qnashuvlari: hayot va o‘lim, 
ozodlik va zarurat, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlar namoyon 
bo‘ladi. M.SHayxzodaning «Jaloliddin Mangubyerdi», «Mirzo Ulug‘byek» asarlari fojiaviy 
asarlardir. 
Arastu: fojiali his-tuyg‘u murakkab tarkibga ega bo‘lib, u achinish, qo‘rquv va 
shodlikning o‘ziga xos qorishmasidan iborat. Bu yerda qahramon azob-uqubatlariga achinish 
uning mudhish taqdiridan qo‘rquv, ruhiy poklanishidan shodlanish ko‘zda tutiladi. Agar
shunday holat (poklanish) sodir bo‘lmasa, tomoshabin dilxasta bo‘lib chiqib kyetsa, dyemak 
poklanish amalga oshmagan bo‘ladi.
..Halokat bilan tugallansa ham, bari-bir qayg‘u va tushkunlik emas, balki yashash va 
kurash istagi, bu kurashda o‘zining halok bo‘lishini bilib turgan insonning mag‘rur qiyofasi 
gavdalanadi. 
Inson ulug‘vorligini tarannum etish hammadan ham ko‘proq va yorqinroq san‘at fojia 
turida o‘z ifodasini topadi. 
Kulgililik. Arastu kulgulilikni xunuklik va go‘zallik o‘rtasidagi ziddiyat ifodasi dyesa, 
Kant : - kutilayotgan voqyeaning ahamiyatliligi va natijaning arzimasligi dyeb ta‘kidlaydi. 
Gyegyel: - mohiyati jihatidan pastkash, soxta, ahamiyatsiz va shakli jihatining ahamiyatli 
jarayonini kulgulilik dyesa, Byergson: - byexosdan sodir bo‘lgan va jonli muloqot natijasini 
kulgu dyeb ataydi. 
SHarq va G‘arb mutafakkirlari kulgulilikni xunuklik bilan bog‘lab mushohada qilishadi. 
Xunuklikning o‘zi kulgili emas, balki uning go‘zallik da‘vo qilishi va o‘zini go‘zallik o‘rniga 
qo‘yishga harakat qilishi kulgililikdir dyeb ta‘kidlanadi. Kulgililikning ichki tomoni – kyeng 
ma‘nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir.
Hazil tuyg‘usi insonni hayvondan ajratib turadigan eng muhim xislatlrdan biridir. Hazil 
tuyg‘usi murakkab aqliy tuyg‘u bo‘lib, unda shaxs o‘zining butun borlig‘i bilan namoyon 
bo‘ladi. Unda insonning his-tuyg‘u va aql madaniyati, orzu-umidlari namoyish etiladi.
Kulgining turli sabablari bo‘lishi mumkin: to‘yimli va mazali ovqatlanishdan kyeyin 
rohatlanib kuladigan odamlar bo‘lishi mumkin. Bunday odamlar uchun kulgi hayotni sof 
fiziologik - jismoniy idrok etish ifodasi bo‘lib xizmat qiladi.
Inson tashqi ko‘rinishi bilan uning asl mohiyati o‘rtasidagi nomuvofiqliklar ziddiyati, 
tafovutlar, byeo‘xshovliklar, kyelishmovchiliklarni tabiiy anglash natijasida ham kulgi kyelib 
chiqadi. Ba‘zi bir odamlar o‘zining pastkash, johil, loqayd, xudbin mohiyatini tashqi viqor, 
oliftalik, takabburlik bilan «byezab» ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, bu ham kulgini kyelib chiqaradi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish