«O`zbek adabiyoti tarixi» (XV11-X1X asrning birinchi yarmi ) fanidan ma`ruzalar matni


XU1-X1X asr (1-yarmi ) o`zbek adabiyoti



Download 456,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana06.02.2022
Hajmi456,09 Kb.
#434200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
XVII-XIX аср адабиети

 XU1-X1X asr (1-yarmi ) o`zbek adabiyoti 
 
 Reja: 
1. 
Davr adabiyotini o`rganilish tarixi. 
2. 
Davr adabiyotining manbalari. 
3. 
Adabiy manbalarni o`rganishdagi amal qilinadigan tamoyillar. 



4. 
Tarixiy sharoit va adabiy-ma`naviy muhit xususiyatlari 
Sharq mumtoz adabiyotida an`anaviy adabiyotshunoslik «Il-mi adab» va 
uning tarkibiga kirgan «Ilmi bade`», «Ilmi aruz», «Ilmi qofiya» singari ilmiy 
risolalar hamda tazkira va manoqib kitoblarida davr adabiyotidagi poetik hodisalar, 
ayrim ulug` adiblarning ijodi va ularning uslubiy xususiyatlari aks etmagan bo`lsa 
ham, uch yuz yildan mo`lroq davom etgan bu adabiy davr manbalarini o`z ichiga 
olgan «adabiyot tarixi» XX asr boshlariga qadar yaratilmagan edi. Asrimizning 20-
yillarida, dastlab, «adabiy manbalar» sifatida jamlangan va nashr etilgan 
majmualarni ham bu yo`ldagi dadil qadamlar deb aytish mumkin. Bu jihatdan 20-
yillarda adabiyot tariximizga oid ko`plab manbalar to`plandi, tartibga solindi, 
ayrimlari nashr qilindi va, nihoyat, «adabiyot tarixi» yaratish uchun muayyan 
zamin hozirlandi. 
1918-20 yillarda faoliyat ko`rsatgan «Chig`atoy gurungi» tashkiloti bu 
jihatdan ilmiy faoliyat boshlagan birinchi ilmiy jamiyat bo`ldi. Keyinroq 1919 yili 
Turkiston Muxtor jumhuriyati hukumati va Turkiston o`lka mumulmon byurosi 
mahalliy xalqlar adjabiy merosini to`plab, nashr qilish haqida qaror qabul qildi. 
Ko`lamli bu ishlarni amalga oshirish uchun Nazir To`raqulov (rais), Fitrat (rais 
mulvini) va Laziz Azizzoda (kotib)dan iborat boshqaruv hay`ati belgiladi. Bu 
vaziflarning amalga oshirish uchun Abdurahmon Sa`diy, G`ozi Yunus, G`ulom 
Zafariy, Cho`lpon, Shokirjon Rahimiy singari olim va adiblar hamda e.Polivanov, 
A.Semyonov, A.Divaev kabi rus mustashriqlari ham jalb qilingan. Bu vaqtga qadar 
esa, o`rganilayotgan adabiy davr manbalaridan Armeniy Vamberining «Chig`atoy 
adabiyoti xrestomatiyasi» (1867), A.Samoylovichning «O`rta Osiyo turkiy 
adabiyotidan materiallar» (1917) nashr qilingan edi. 1928 yilda Fitrat tomonidan 
«O`zbek adabiyoti namunalari»ning P jildi nashrga tayyorlana boshlandi. Biroq 1 
jild atrofidagi bahs-munozaralar va 20-yillarning oxiridagi o`zgargan adabiy muhit 
bu majmuani nashr qilish imkonini bermadi. Shunda Fitrat tomonidan qator 
maqolalar «XU1 asrdan so`ngra o`zbek adabiyotiga umumiy bir qarash», 
«Muhammad Solih», «O`zbek shoiri Turdi», «Mashrab» kabilar e`lon qilindi. Ayni 
mana shu maqolalarni davr adabiyoti yuzasidan olib borilgan jiddiy ilmiy 
tadqiqotlar sifatida qabul qilish mumkin. Shuningdek, Abdulhamid Majidiyning 
Turdi 
haqidagi, 
Lutfilla 
Olimiyning 
«Nodira», 
To`xtamurod 
A`lamov 
(To`g`rul)ning «Eski shoirlarimizdan Muqimiy» kabi maqolalar ham chg`nashr 
etildi. 
30-yilladagi adabiy harakatlar garchi 20-yillardagi kabi keng ko`lamda 
bo`lmasa ham ko`proq sotsialistik mafkuraga mos keladigan adiblarni tanlab olib 
o`rganishga harakat bo`ldi. Bu jihatdan A.Sa`diyning «O`zbek burjua adabiyoti» 
kitobini eslash mumkin. 1945 yilda esa, O.Sharafiddinov «O`zbek adabiyoti tarixi 
xrestomatiyasi»ni nashr qildi. 50-60yillarda XU1 asrdan keyingi o`zbek 
adabiyotini o`rganish borasida jiddiy siljishlar yuz berdi. Bu jihatdan, Vohid 
Zohidov, Subutoy Dolimov kabi olimlarning maqola va tadqiqotlari arzirli hissa 
bo`ldi. Vohid Abdullaev o`zining doktorlik dissertatsiyasida Xorazm adabiy 
maktabi shoirlari ijodining keng o`rgandi. «O`zbek adabiyoti tarixi» darsligining 2 
kitobi uzoq yillar mobaynida bu davr adabiyotini o`rganishda tayanch manba 



sifatida qaraldi. Shuningdek, akademik A.Qayumovning «Qo`qon adabiy muhiti» 
kitobi, Homil Yoqubovning Turdi haqidagi maqolasi, To`xtasin Jalolovning 
«O`zbek shoiralari» nomli kitobi kitobxonlar qo`liga tegdi. 70-yillarda Mahbuba 
Qodirovaning Amiriy, Muhsin Zokirovning Magshrab, Fathiddin Ishoqovning 
Gulxaniy kabi tadqiqotlari vujudga keldi. 90-yillarda davr adabiyotini yangi 
aspektda o`rganish, Istiklol tufayli ma`naviy merosga yangicha munosabatlar 
shakllanishi bilan bog`liq ravishda Hasanxo`ja Muhammadxo`jaev va Inoyatulla 
Suvonqulovning So`fi Ollohyor, Nusrat Jumaxo`janing Munis, Ogahiy va boshqa 
ijodkorlar haqidagi tadqiqotlari yuzaga chiqdi. Biroq davr adabiyotining umumiy 
va xususiy jihatlarini o`zida aks ettirgan, alohida ulug` siymolar ijodini izchil tahlil 
etuvchi, Istiqlol mafkurasi saboqlarini o`ziga singdirgan darslik yoki 
qo`llanmaning yaratilmagani bu davr adabiyotini o`rganishda jiddiy qiyoinchiliklar 
tug`ilmoqda. Shuning uchun ham ayrim talaba va tadqiqotchilar B.Qosimov va 
N.Jumaxo`ja tomonidan yaratilgan o`rta maktablarning 10-sinflari uchun 
mo`ljallangan darslik va majmuadan vaqtincha foydalanib turish bilan 
cheklanmoqdalar. 
O`rganilayotgan davr adabiy manbalari nihoyatda xilma-xil va qariyob 350 yil 
davom etgan muddatda yaratilgani uchun biri ikkinchisini inkor etadigan darajada 
munozaralidir. Shularga qaramay, mavjud adabiy hayotda aks etayotgan an`analar, 
zamonaning notekis rivojlanishida xalq badiiy tafakkurining eng go`zal 
ne`mat`larini tanlab olib, ularning yo`nalishlarini aniqlab, izchil ilmiy tizimga 
solish zarurati tug`ilganda bu davr adabiy manbalarini quyidagi yo`nalishlarda 
taraqqiy etganini aniqlash mumkin: 
1. Xalq og`zaki ijodi namunalari va xalq kitoblari. Yozma adabiyotning 
shakllanishi va taraqqiy etishiga ta`sir ko`rsatgan ushbu omillar sifatida 
«Alpomish» dostoni, «Go`ro`g`li» turkum dostonlarini, «Tohir va Zuhra», «Oshiq 
G`arib va Shohsanam» kabi epik asarlar keng tarqalganini eslash bilan birga «xalq 
kitoblari» umumiy nomi ostida «Yusufbek va Ahmadbek», «Sanobar», 
«Bo`zo`g`lon», «Shoh Mashrab» singari manqaba va tasavvufiy asarlar 
yaratilganini ham eslash joiz. 
2. 
Adabiy an`anaga ko`ra «Devon» tarzida tartib berilgan alohida 
shoirlarning she`riy majmualari bu davr adabiyotida nazm namunalarining asosiy 
tarqalish usuliga aylangan. Bu jihatdan Munis va Ogahiy, Amiriy va Nodira 
devonlarini keltirish mumkin. 
3. Devon shaklida jamlanmagan, amoo she`rlari turli xil manoqib-holotlar, 
tazkiralar, majmualar, bayozlar vositasida bizgacha etib kelgan ijodkorlarning 
asarlari ham mana shu davr adabiy qiyofasini belgilashda arzirli manba bo`la oladi. 
Bunga misol tariqasida Turdi she`rlarining majmua va bayozlarda uchrashi, 
Mashrab she`rlarining turli xil manqaba va xalq kitoblari vositasida bizgacha etib 
kelishi kabi hollarni keltirish mumkin. 
4. Sharq nasri an`analarini o`zida aks ettirgan qissa va badiiy talqindagi 
hikoyatlar to`plamlari ham mana shu davrda yaratilgan adabiy mahsullardan edi. 
Bunga Xojaning «Gulzor», Gulxaniyning «Zarbulmasal» tipidagi asarlarini 
keltirish mumkin. 



5. Tasavvufiy ruhdagi g`azallar va hikmatlar yoki umumiy tarzda olganda 
ayrim mutasavvif shoirlarning ijodlarini bunga misol qilib keltirish mumkin: Qul 
Ubaydiy, So`fi Ollohyor kabilar. 
6. Tarixiy manbalar - sultonlar va xonlar xonadoni va sulolasining 
yilnomalari, ayrim davrlar tarixnavislarining asarlari, e`tiborli voqealar bayoni va 
boshqa tarix asarlari ham bu davrda ko`plab yaratilganki, ularning aksariyatida 
adabiy manbalarga murojjat qilingan. Masalan, Abulg`ozi Bahodurxonning 
«Shajarayi turk», «Shajarayi tarokima», Muhammad Amin Buxoriyning 
«Ubaydullonoma», Hakimxon to`raning «Muntahob ut-tavorix», Munisning 
«Firdavsul iqbol» asarlari shular jumlasidanjir. 
7. Tarjima adabiyoti namunalari. Bu davrda, asosan, arab va fors tillaridan 
Xorazm adabiy muhitida amalga oshirilgan Hiromiy tarjimasidagi «Chor darvesh» 
asarini, Ogahiy tomonidan o`zbekchaga o`girilgan Sa`diyning «Guliston», 
Kaykovusning «Qobusnoma» asarlarini bunga misol qilib keltirish mumkin. 
8. Adabiyotshunosldikka oid risola va tazkiralar, jumladan, izohli lug`atlar 
tarkibidagi adabiy-nazariy lavhalar ham bunga misol bo`la oladi. Bu jihatdan 
Muhammad Bade` Samarqandiyning «Muzakkiru-l-ashob», Hasanxoja nisoriyning 
«Muzakkiri ahbob» tazkiralari, Muhammad Hoksorning «Muntahobu-l-lug`ot»i 
tarkibida adabiyotshunoslikka doir istilohlarning sharh qilinishi kabilarni eslash 
mumkin. 
9. Zullisonaynlik an`anasi Buxoro va Qo`qon adabiy muhitlarida 
muvaffaqiyat bilan davom etgan bo`lib, bu davrning eng old shoirlari o`zbek va 
fors tillarini mukammal suratda egallagan edilar. Qul Ubaydiy, Amiriy, Nodiraning 
forsiy devonlari, Hindistonda boburiylar tomonidan yaratilgan adabiy asarlarning 
asosan, fors tilida tarqalishi kabi holatlarni eslash mumkin. 
Bu kabi yo`nalishlarga tushgan yoki tur va janrlar jihatidan aniq tasnif 
qilinmagan minglab asarlar ushbu davrda yaratilgan ediki. Ular XX asr boshlariga 
qadar adabiyotshunoslik tomonidan o`rganilmagan, hatto xronologik jihatdan ham 
tartibga solinmagan edi. 
XU1-X1X asr (1 yarmi) lar adabiyotini o`rganishda amal qilinadigan 
tamoyillardan asosiysi tarixiy metod bo`lib, bu jihatdan barcha yuqorida tasnif 
qilingan yo`nalishdagi asarlarni izchil xronologik tartibda o`rganib chiqish zarurati 
tug`iladi. Buning natijasida esa, adabiyotdagi mavjud an`anaviylik va vorislik 
talablariga qat`iy suratda amal qilinadi. Chunki, ayniqsa, ushbu davr adabiyotida 
an`anaviylik va vorislikni izchil suratda kuzatish mumkinki, davr adabiyotiga 
avvaplgi davrlarda yashagan yoki yaqin bir davrda boshqa o`lkalarda yashab, ijod 
etishga majbur bo`lgan turk tilli shoirlarining ijodi bu davr o`zbek adabiyotiga 
jiddiy ta`sir ko`rsatgan. Bu jihatdan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur 
va Muhammad Fuzuliy ta`sirini deyarli har bir adabiy manbada uchratish mumkin 
bo`ladi. 
Davr adabiyoti ijtimloiy-tarixiy voqealar ta`siri bilan bu davrda bo`linib 
ketgan uch xonlik hududida taraqqiy etgani uchun ham uni o`rganishda areal 
adabiyotshunoslik, ya`ni adabiy o`lkashunoslik nuqtayi nazaridan yondoshib, har 
bir xonlik markazida vujudga kelgan adabiy muhitni o`z ichki qonun-qoidalaridan 
kelib chiqib o`rganish maqsadga muvofiqdir. Masalan, Buxoro va Qo`qon adabiy 



muhitlarida zullisonaynlik an`anasi kuchli bo`lsa, Xorazm adabiy muhitida esa, 
turkchilikka e`tiborni kuchaytirish bilan birga tarjima adabiyotiga alohida e`tibor 
berilganini ham kuzatish mumkin. Har bir xonlik adabiy muhitida vujudga kelgan 
an`ana va boshqa poetik xususiyatlar ham barqarorlashgan ediki, davr adabiyotini 
o`rganishda bulardan ko`z yumib bo`lmaydi. 
Bu davr adabiyotida uch xonlik markazida saroyda vujudga kelgan adabiy 
muhit bilan birga saroy tashqarisida xalq hayoti yoki sufiylar qarashlari bilan 
bog`liq holda alohida adabiy jarayon ham taraqqiy etgan ediki, saroydan 
tashqaridagi adabiyot ayni davrda o`zining etuk namunalarini ham bergan. Shuning 
uchun ham xalq adabiyoti, ayniqsa, xalq kitoblari bilan barobar ravishda bu 
asarlarning prototiplari bo`lgan ijodkorlar hayoti va ijodini o`rganish ehtiyoji ham 
tug`iladi. masalan, Mashrabning hayoti va ijodini «Qissayi Mashrab» yoki «Shoh 
Mashrab» nomi bilan mashhur bo`lgan manqabasiz o`rganib bo`lmaydi. 
Shuningdek, So`fi Ollohyor, Huvaydo singari ayrim ijodkorlar asarlarini 
o`rganishda saroydan tashqarida ham taraqqiy etgan adabiy muhit xususiyatlarini 
ham inobatga olish lozim. 
Bu davr adabiyotining tamoyillarini belgilashda adabiy manbalar tiliga 
e`tibor berish alohida muhim hodisadir. Chunki bu davr adabiyotining tili 
saroyning dabdabali tilidan birmuncha umumxalq tiliga yaqinlashganining ham 
guvohi bo`lamiz. Ayrim manbalar tilida esa, forsiy tantanavorlikning ta`siri yoki 
g`arb turkchasining, xususan, Fuzuliy asarlari tilining keskin ta`sirini ilg`ash 
mumkin. Bu ta`sirni Mashrab, Umarxon asarlari tilida kuzatganimizdan tashqari 
Xoniy taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Alixonning bizgacha saqlangan 
devonining tili g`arb turkchasiga yaqinligini qayt etmaslik mumkin emas. 
XU1-X1X asrlar adabiyotida dastlab temuriylardan keyin Buxoroda hukm 
surgan O`zbekxonlar sulolasi, uning asoschilaridan biri Shayboniyxon 
tasarufidagi davlat muayyan o`rin tutgan va bu davlatning parchalanishi bilan 
vujudga kelgan Xiva xonligi hamda Qo`qon xonliklari, tabiiyki, adabiy jarayonga 
kuchli ta`sir ko`rsatgan. Shuning uchun ham yuqoridagi tamoyillarda ko`rsatilgan 
xususiyatlarni hisobga olgan holda har bir xonlikda vujudga kelgan ijtimoiy-
tarixiy sharoit bilan bog`liq holda o`sha xonlik markazida taraqqiy etgan saroy 
adabiyoti va uning hududidagi adabiy manbalarni o`rganish orqasida bunga 
erishish mumkin. 

Download 456,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish