10
biri Abdumutallib Xojayi Fahmiyning «Majmuayi Fahmiy» tazkirasi bo`lib, bu
e`tiborli manba bo`lgani uchun ham Fitrat shoir tarjimayi holi voqealarini tiklashda
unga bir necha bor murojaat qilgan. Tazkiralar orasida Mashrabning bevosita
shogirdlaridan biri Ishoq Ziyovuddin Bog`istoniyning «Tazkirayi qalandaron»
asari bo`lib, bunda manqaba yo`li bilan shoir mashrabga
xos bir necha sifatlar
ko`rsatilgan yana shu manbadan ma`lum bo`lishicha, «Qissayi Mashrab»ning
bizgacha etib kelishida ham ushbu muallifning hissasi bor. Shu ishoradan kelib
chiqib «Qissayi mashrab»ni ayrim olimlar Ishoq Bog`istoniyga, ayrimlari esa
Pirmat Setoriyga nisbat berishadi. Keyinroq yaratilgan yana bir muhim manba
Majzub Namangoniyning «Tazkiratu-l-avliyo» asari bo`lib, bunda Mashrabning
keyingi davrlarda yashagan shogirdlarining shohidlariga
tayangan holda muallif
yangi ma`lumotlar beradi. Bundan tashqari ayrim olimlar Mashrab haqidagi tarixiy
manba sifatida Abdushukur Ziyoning «Musavvadayi Abdushukur» asarini ham
ko`rsatadilar.
Mashrabning bevosita hayot voqealari aks etmagan bo`lsa ham u yashagan
davr voqealari mana shu davr tarixchilari Sayyid Hakimxon to`raning
«Muntahabu-t-tavorix», Mirza Olim munshiyning «Ansobu-s-salotin» nomli
asarlarida ham aks etgandir. Bu tarixiy manbalarni ham «Qissayi Mashrab» bilan
solishtirish natijasida ko`p zarur ilmiy haqiqatlarni anglash mumkin.
Shoirning tavallud vaqti haqida turli xil fikrlar mavjud: Ko`plab sho`ro
davrida
tarqalgan manbalarda, jumladan, G`afur G`ulom, A.Hayitmetov va
A.Abdug`afurov 1640 yilda tug`ilgan deb yozganlar. Bir necha olimlar Fitrat,
V.Abdullaev, M.Zokirov 1657 yilda tug`ilganini manbalar asosida isbot qiladilar.
Tadqiqotchi Jaloliddin Yusupov esa, 1653 yilda tug`ilgan degan xulosani beradi.
Mashrabning tavallud o`rni haqida ham shunday bahsli fikrlar mavjud bo`lsa-da,
prof. Fitrat birlamchi manbalar asosida Andijonda tug`ilganini va 14-15 yoshlarida
Namanganga tahsil uchun ketganini yozadi. Fitrat boshlagan birlamchi manbalar
asosida shoir hayoti va ijodini o`rganish davom etmoqda. Holbuki, Malehonning
«Muzakkira-l-ashob», Majzubning «Tazkira qalandaron»
asarlari ham shu fikrni
tasdiqlaydi. Namanganli olim I.Abdullaev so`nggi maqolalarida Mashrab
Namanganda tug`ilgan, degan da`voni takrorlab turibdi.
Hozirga qadar Mashrab hayotiga oid shunday ma`lumotlar bor: Boborahim
Mulla Vali o`g`li Andijonda qashshoq bir oilada 1657 yilda tug`ilgan, 15
yasharlikda Namanganga o`tib, Mulla Bozor Oxundning tarbiyasiga kirdi. 20-25
yoshlarida Samarqandga keldi, so`ngra yana Namanganga qaytdi. Namangandan
Mulla Bozor Oxund dalolati bilan Qashg`arga borgan. Ofoq Xo`jaga
murid
bo`lgan. Umuman, Xitoy Turkistonida 8-10 yil o`lkalarni aylanib, 1691 yilda
Samarqandga jo`nagan va yana Buxoroga qaytib, so`ngra Hindiston safariga
chiqqan. Hindistondan yana O`rta Osiyoga qaytgan va Qarshi shahrida to`rt yil
turgan. Qarshidan yana safarga chiqqan, bu safarning 3-4
yillarida Balxda
Mahmudbiy Qatag`on tomonidan 1711 yilda o`ldirilgan (Qarang: Fitrat. Mashrab.
«Ilmiy fikr» majmuasi, 1930. 1-son, 40-57 betlar. Qayta nashri: «Yosh leninchi»
gazetasi, 1991, 29 iyun, 2-3 iyul)
11
Mashrabning asarlari ham asosan bizgacha manqabaga ko`ra bizga kelgan.
Bundan tashqari «Boqirg`on kitobi» kitobi nomli majmuada shoir she`rlaridan
namunalar keltirilgan.
Shu bilan birga quyidagi tazkira va bayozlarda ham shoir she`rlaridan
namunalar bor: Ziyovuddin Ishoq Bog`istoniy «Tazkirayi qalandaron» (Pirmat
Setoriy iltimosi bilan yozilgan), «Kitobi Sadoiy», «majmuayi Xojam Poshsho» va
boshqalar.
Yuqorida tilga olingan manbalarda mualliflik masalasi degan muammo ham
bor. Chunki «Qissayi Mashrab», tabiiyki, Mashrab tomonidan yozilmagan.
Shunday ekan, muallif o`z nomidan ayrim baytlar aytib asarni to`ldirgani bo`lishi
ehtimoli ayrim manbalarda tilga olinadi. Shuningdek, manqabaning turli
nusxalaridagi she`rlar turlicha ko`chirilgani ham bu fikrni isbyuotlab turibdi. Hatto
manqabada Mashrabdan boshqa
taxalluslar ham uchraydi, ba`zi o`rinlarda esa,
boshqa shoirlarning, jumladan, Turdining quyidagi she`rlari:
Jism qolibdin nafas tori uzulmasdan burun,
Boshingga davri qazo bazmi qurilmasdan burun,
Xasta joning (Turdida «javon xon»ning) tark
rahmatidin so`kilmasdan burun,
Ey ko`ngul, kasi asosi tan buzulmasdan burun,
Oqi abaru kursiyu dindin to`kulmasdan burun
deb boshlagan 5 bandli musammas to`la holda Turdi majmusida 9 band holida bor.
«Qissayi Mashrab» tarkibida Ranjiy, Ahmad Qori, Mahvash, Zayrak, Mansur kabi
shoirlarning asarlari ham borligi ma`lum bo`lmoqda.
Nechun aylay ayo do`stlarim janonimdin ayrildim
Tiriklik boyasi ul munisi jonimdin ayrildim
Mahvash bibining she`rlari ekani haqidagi ma`lumot Majzubning «Tazkiratush-
avliyo»sida ma`lumot bor. Tabiiyki, Mashrab taxallusli she`rlarning hammasi hali
uniki emas, ayrim misralari ham shubhali. Ayniqsa, vazn buzilganlari Mashrabniki
emas. «Qissa»dagi eng ishonchli she`rlarnigina o`rganganimizda Mashrabning
chindan-da o`ta nozik iste`dod sohibi bo`lganini anglaymiz:
To kiydi qizil o`zini zebo qiloyin deb
O`t yoqdi jahon mulkina yag`mo qiloyin deb
deb boshlanadigan g`azali yoki quyidagi mustazodi shoirning shunday yuksak
iste`dod bilan yozilgan asarlaridan:
Bul hasta vujudimni mani o`rtadi bir yo`l
Do'stlaringiz bilan baham: