Mashrab va qalandariylik tariqati
R e j a :
1.
Markaziy Osiyodagi tasavvufiy tariqatlarning bu davr adabiyotidagi
ko`rinishi.
2.
Qalandariylik tariqati: mohiyati, tariq usuli, ta`siri va badiiy
asarlardagi aksi.
3.
Mashrab shen`rlarida qalandariylikning aks etishi.
4.
Mashrabga nisbat berilgan tasavvufiy asarlar («Mabdayi nur»,
«Kimiyo»)
O`rta Osiyoda XVI asrning boshlarida yangi sklola - Shayboniyxon
hukumatining hukumronligi boshlanishi bilan temuriylar davrida gullab-yashnagan
iqtiodiy va sotsial hamda madaniy hayot ham bir muncha o`zgarishlarga duchor
bo`ldi. Natijada «bir ko`b shoirlar, san`atkorlar. Olimlar Hindistonda Bobir Mirzo
tomonidan qurulgan mo`g`ul hukumatining poytaxtiga hijrat -ila boshladilar. O`rta
Osiyoda qolgan shoirlar esa, saroydan himoya ko`ra olmagach, omma orasidan
o`quvchilar ta`min etuvga kirishdilar. Shuning uchun saroyning muhtasham,
takallufli, bezakli uslubini tashlab, omma uslubiga yaqinlashuvga tirishdilar». So`fi
Olloyor, Mashrab, Huvaydo kabi usluban bir-biriga yaqin shoirlar mana shu
davrning, mana shunday xalq ichida kamol topgan she`riyatining vakillari edilar.
Shunday qilib, Fitrat 20-yillarning oxirlarida Mashrab mavzusiga qo`l urarkan, bu
adabiy davrining barcha siyosiy ham madaniy xususiyatlarini puxta o`rgangandan
keyingina bu mas`uliyatni vazifaga o`zini bag`ishladi.
Fitrat maqolasida Mashrabning qalandarligi munosabati bilan tasavvuf
ta`limotining qalandarlik tariqati haqida ilmda birinchilardan bo`lib izchil
ma`lumot berishga erishgan. Olimning yozishicha, «juda oz material bilan
qalandarlik masalasining sinfiy mohiyatini ochmoq va shu yo`l bilan Mashrabning
sinfiy tusini ko`ra olmoq mumikn bo`lmaydir. Shunday bo`lsa ham bundan
so`ngragi tekshirishlarga balki yordami bo`lur umidi bilan qalandarlik haqida
bilganim narsalarni qayd etib o`tmakni munosib ko`raman».
Ma`lumki, qalandarlik haqida ozmi-ko`pmi ma`lumotlar «Haft qulzum»,
«Bahori ajam» kabi lug`at va tasavvuf kitoblarida uchraydi. Bundan tashqari
Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul - uns» asarida ham bu haqda qisman xabarlar
berilgan. Mana shu manbalarga asoslangan olim O`rta Osiyoda qalandarlik
14
«qadimdan mavjud ekani»ni qayd etgan. Turk olimi Fuod Ko`pruli esa, qalandarlik
tarixini XIII-XIV asrlarda Onado`lidagi mashhur tasavvuf oqimlari bobiylik,
abdollik, bektoshiylik, xurufiylik, qizilboshlilik, haydariylik qatorida qalandariylik
ham mavjud bo`lib, bu oqimlardan nisbatan keng tarqalgan bektoshiylik ta`limoti
o`zining asosini qalandariylikdan olgani, ayrim shorilarda xurufiylik bilan
qalandariylik qorishiq holda mavjud bo`lganini qayd etgan.
1
Shu bilan birga Kichik
Osiyoda mashhur mutasavvuf, abdollik ta`limotining asoschisi Pir Abdol, asosan,
Qalandar Abdol ismi bilan mashhur bo`lganini ham e`tiborga olsak, bu tariqat
Onado`lida Yunus Emroga qadar mavjud bo`lgan degan xulosaga kelishga yordam
beradi. O`rta Osiyoda esa qalandariylik ayrim hollarda yassaviylik tariqatidan
oziqlanganini va undan so`ngra mavjud bo`lganini tasdiqlovchi asoslar bor.
«Boqirg`on kitobi»da esa yassaviy shoirlarining asarlari keltirilgani holda unda
Mashrabning ham she`rlari uchrashi bu ikki tariqat o`rtasida bir-birini
tutashturuvchi vositalar bo`lgani ko`rsatadi. Fitrat «Yassaviy maktabi shoirlari
to`g`risida tekshirishlar» maqolasida mana shu muhim nuqtani qayd etib o`tgan,
«Shoh Mashrab» qissasida esa:
«Kechib dunyoi foniydin talabda bir qalandarman», yoki
«Solib har erda bir gulxan talabda bir qalandarman» degan Mashrab Xo`tan
shahriga kelgach, u erning fozillari bilan bo`lgan suhbatda «Mushkoti sharifdan
ikki masala oraga solgach, bu qalandar ilmi holdan xabardor ekan» deb unga
tavozi` qiladilar. Bu holat, ya`ni qalandariylikning ilmi hol (tasavvuf bilan)
munosabatini ko`rsatuvchi muhim nuqtalaridan biri. Demak, O`rta Osiyoda Fitrat
keltirgan ma`lumotlarga ko`ra, qalandariylik Onado`lidagiga nisbatan ham
qadimiyroq bo`lib chiqadi. Shunday ekan, uning vujudga kelish tarixini yassaviyya
tariqatidan so`ng, taxminan X11-X111 asrlar deb belgilash mumkin. Yuqorida tilga
olingan manba «Haft quluzum»da qalandariylik sifatlaridan so`z ochilgan:
«qalandar butun rasmiy takliflardan, butun qaydlardan ozod bo`lgan, har turli diniy
amal va odatlardan ayrilgan, butun moddiy, hayotiy aloqalarni tark qilgan, ibodat
va odatlarning hammasini buzg`uvchi kishining ismidir».
Jomiyning «Nafahot ul-uns» asarida esa, «Qalandarlar diniy ibodatlarning
farz bo`lgan qismlarinigina ado qiladilar» degan izoh bilan uning ma`lomatiylikdan
farqli tomonlari ko`rsatilgan: «Malomatiylar diniy ibodatlarni ijro qiladilar, biroq
ijro qilganlarini xalqdan yashiradilar. Qalandarlar esa, to`g`ridan-to`g`ri diniy
ibodatlarni va odatlarni buzadilar. Jomiyning bu ma`lumotida qalandarlik sifatining
ayrim jihatlari ko`rsatilgan bo`lsa-da
2
, ular «Shoh Mashrab» manqabasidagi
qalandar Rahimboboning ayrim xususiyatlarini sharhlashda yordam berishi
mumkin. «Bahori ajam» asarida qalandarlik yo`lining ayrim odoblari bayon
qilingach, mashhur tasavvuf shoiri Urfiy Sheroziyning ushbu bayti keltirilgan:
Sanamorai qalandar sardor ba man namon,
Ki basi daroz didam rahu rasmi porson
1
Ôóîä Êûïðóëó. Òóðê Åäåáèéàòèíäà èëê ìóòàñàââèôëàð. Àí=àðà. 1991, 7-
áîñ=è÷, 72-áåò, (òóðê òèëèäà).
2
Íóðèääèí Àáäóðàùìîí Æîìèé. Íàôàõîò óë - óíñ ìèí õàçàðîò êóäñ. Òåõðîí,
1370 (õ),ñàõ. 11 (ôîðñ òèëèäà)
15
(Tarjimasi: Taqvo yo`li juda ham uzoq ekan, menga qalandarlik yo`lini ko`rsating)
Mana bu bayt yuqoridagi ma`lumotlar bilan birgalikda qalandarlar zuhdu taqvo
yo`lidan boshqacharoq yo`l tanlaganini ko`rsatadi. Bu boshqa yo`lning asosiy
yo`nalishlarini esa, Fitrat Hoji Abdurahim Buxoriyning 1672 yilda yozilgan
«Risolayi odobi tariq» kitobi vositasida tushuntirgan. Bu kitobda qalandarlik
ismigagina emas, uning har bir ashyosiga, narsasiga ham tasavvufiy ma`no
yuklatilib, ularning quyidagicha sharhi berilgan: «qalandar kulohi to`rt turli
bo`lgan: kulohi amr, kulohi raviyat, kulohi subhoniy, kulohi ato. Bu to`rt turli
kulohdan har birining to`rt burchagi bo`ladir. Kulohning burchagiga forsi(y)cha
«tark» derlar. Qalandarlar so`z o`yini qilib, bu forsi(y)cha «tark»ni arabcha
«tashlamoq, qoldirmoq, qo`ymoq» ma`nolaridagi «tark» so`ziga aylantiradilar va
kulohlarning «tark» (burchak) laridan har biriga arabcha «tark» so`zidan
foydalanib, bir turli tasavvufiy ma`nolar beradirlar». Shu kabi kulohiy amrning
to`rt tarkibi: tarki muharamot (haromni tark etish), tarki donish, tarki sufoti
bashariy (ayrim insoniy sifatlarning tarki), tarki ashyovu satoti mulki (butun
narsalar va mulkni tark qilmoq). Shuningdek, kulohi raviyatning to`rt tarki: tarki
xalq, tarki tamoq, tarki dolq, tarki xirqa. Kulohi subhoniyning tarklari esa: baxillik,
minnat, ikkiyuzlamachilik va takabburlikni tark etishdan iborat. Kulohi atoning
tarklari: tarki dunyo, tarki nafs, tarki jannat va tarki vujudga ishoradan iboratdir.
Bulardan tashqari risola muallifi qalandarlarning kamarlari etti band bo`lib, har
biri tasavvufdagi bir martaga ishorat ekanini, ularning kiyim liboslari dolq atalib,
ular o`z navbatida uch turli: xirqa, kafani va jandadan iborat bo`lganini qayd etadi.
Bular bilan birgalikda qalandarlarning kachkul, kadu, matbah va asolari haqida
ham turli tasavvufiy ishoratlarni ma`lum qilgan. «Yana qalandarlarga maxsus
shartlardan biri soch kuydirish. Ayniqsa, birinchi davrlarda soch kuyishni juda
lozim deb biladilar. O`z oralarida so`ylashga maxsus sun`iy bir tillari ham bor.
Unga «abdal tili» deylar». Mana shu kabi katta-kichik tafsilotlarni «risolayi odobi
toriqdan keltirgandan so`ng Fitrat bularni umumlashtirib, shu kabi bizga muhim
ma`lumotni etkazgan: qalandarlik musulmon tasavvufining sho``basidir. Bu
maslak bizning o`lkamizda so`ng kunlargacha davom qildi. O`zbekiston
shaharlaridan har birining tashqarisida «qalandarxona» ismli go`zal bog`cha holiga
keltirilgan bir joy bor edi. Qalandarlar shunda turar edilar. Bular qisman mahalliy,
qisman musofir, ersiz, xususiy mulklari bo`lmagan kishilardan iborat bo`lib, asosiy
kasblari tilanchilik edi. Haftada ikki daf`a tilanchilikka chiqib, shahar va bozorlarni
aylanar edilar. O`zlariga maxsus qalandariy kuylari bor edi. Oralarda eng yaxshi
tovushlisi shu kuylarda Yassaviy, Mashrab kabi shoirlarning she`rlarini o`qur va
boshqalari uning naqoratini qaytarib turar edilar. Oralarida bir boshliqlari bo`lub,
munga «bobo» derlar. Tilanchilik chog`ida to`plangan pulni shu bobolari terar va
shundan ularni ta`min qilib turar edi». Bu kabi hayotiy kuzatishlarni yuqoridagi
risolada bayon qilingan mulohazalar bilan bog`lash natijasida Mashrabning qator
she`rlarini mana shu qalandariylik tariqatidan kelib chiqib sharhlagan.
Mashrabxonlik xususidagi xabarlar o`z-o`zidan qalandarlik bilan bog`langanini
ayni shu o`rinda qayd etmoq kerak. «Xalq bir choyxonada yo birining
mehmonxonasida yig`ilishar, eng yaxshi va baland tovushli bir hofiz (mashrabxon)
Mashrabning g`azallarini «Savt», «talqin», «Munojot» kabi kuylarda o`qur edi.
16
Uning atrofida o`tirgan kishilar qimirlamay, nafas chiqarmay, buyuk bir diniy
hayajon bilan tinglar edilar... Mundaqa mashrabxonlik majlislari erkaklar orasida
bo`lgani kabi xotunlar orasida ham bor edi. Xitoy Turkistonida klassik
musiqamizning mashhur «Shashmaqom»dan boshqa «Mashrab» ismli etti kuydan
iborat yana bir maqom paydo bo`lganini musiqamizning tekshiruvchi G`ulom
Zafariy xabar beradi. Bu esa Xitoy Turkistonidagi haligi mashrabxonlik
majlislarining judayam teranlashganini bizga ochiq bildirarlik dalildir». Demak,
xalq buyuk bir diniy hayajon bilan tinglagan, o`z uylarida, mehmonxona va
choyxonalarda uyushtirilgan mashrabxonlik anjumanlarining boisi Mashrab
she`rlarining xalqchil, tasavvufiy va san`atkorlik nuqtaiy nazaridan yuksakligidan
kelib chiqqan holatdir. Uyg`urlar orasida «Mashrab» ismli «ikkinchi
shashmaqom»ning yaratilishi bevosita Mashrab she`riyatining klassik musiqamiz
va madaniyatimizning boshqa jabhalariga ta`siri masalasi bilan bog`liq.
«Mashrabning dilbar va maftunkor she`riyatini o`rganar ekanmiz, Mashrab
ayrim «olim»lar ko`rsatganiday, «nasha chekib, ko`k nor ichish bilan mashg`ul
bo`lgan, jinnimijoz kishi» emas, balki, o`tkur tasavvuf shoiri bo`lganini
anglatuvchi shunday misralar bor:
Ming ma`nini bir nuqta ila muxtasar etdim,
Ko`toh nazari bo`lmasa deb xasta bu Mashrab.
Mashrabning bunday poetik xulosaga kelishida Xojam podshoh (Ofoq xo`ja) bilan
kechgan bir suhbatni «Shoh Mashrab» manqabasi muallifi asos sifatida keltirgan.
Mashrab Ofoq xoja bilan uchrashuvdan mutassir bo`lib:
Ilohi mag`firat daryosidan Mashrabni shodob et,
Hamisha «Shay`anilloh» deb qalandarvor yig`larman,-
maqta`si bilan tugallanadigan va
Kecha kunduz bu Mashrabni xayoli ostonbusi,
Visoling davlatini topmoqg`a itlarni salohimdur,-
maqta`si bilan yakunlangan hamda
Kel ey Mashrabi umid etgil Xudoying loyazol etmish,
Muhammad Mustafo haqqi mani vaslingga etkurgil,
bayti bilan tajassum etilgan g`azallarini o`qigandan so`ng (manqabada ular
munojot deb berilgan) Ofoq Xo`ja aytgani ekanki, «Ey Mashrab, sani iching torlik
qildi, ma`nini oshkor qilding» deb og`izlariga tuflagan ekanlar. Shundan Mashrab
she`riyatida yangi bir tasavvufiy chuqurlik, ya`ni zohiriy ma`nini ochmoq emas,
balki ma`nining botiniy dunyosiga rag`bat kuchaygan. Natijada «ming ma`nini bir
nuqta ila muxtasar etgan» san`atkorlik yo`lida izlanishlar kechganini uning
she`rlarining ichki poetikasidan anglash mumkin. Fitrat Mashrab she`riyatining
tasavvufiy botiniy jihatlarini va she`rda zuhur bo`lgan poetik xususiyatlarini
o`rganar ekan, uning she`riyatidagi eng e`tiborli jihatlarni kuzatgan: «Mashrab
o`zidan burung`i va muosir bo`lgan bir ko`b mutasavvif shoirlarimiz kabi
hayajonsiz shoirlardan emas. Uning she`rlarida har vaqt bir kuchli hayajonni
ko`rish mumkin. U ko`brak Jaloliddin Rumiydagi so`fiyona hayajonni o`z
she`rlarida aks ettirishga tirishardir» izohi bilan eng ehtirosli so`fiyona baytlarini
ajralib turadi:
Gulshani bog`i dahr aro bulbuli nag`magar o`zim,
17
Bir buti xush hirom uchun oshiqi darbadar o`zim,
yoki
Naqsh davlat muhrini nafsimga bosdi chun ajal,
Shams Tabriziy manam, gohi Jaloliddin manam,-
talqinlaridagi «Jaloliddin Rumiy kabi shoirlardagi so`fiyona hayajonni o`z
she`rlarida» anglatish bilan cheklanmay, nafaqat fors tilli she`riyatning, balki o`z
ona tilidagi turk she`riyatining o`ziga qadar o`tgan daho san`atkorlaridan ham
oziqlanganini uning mustazodlari orqali ko`rish mumkin:
Mashrab bu sifat toza suhan aylasa izhor,
Sen qilma taajjub,
G`oyibdin ani ko`ngluga ilhomi xudodur,
Bo`lgil anga munqod.
Mashrab tasavvufiy talqinida ko`zga tashlanib turadigan jihatlardan biri
yig`idir. Bu faqatgina ayriliq yoki dunyoning boshqa bir ko`rnamakliklari tufayli
yuzaga chiqqan zohiriy ruhiy holat emas, balki shoir o`z qalandarlik tariqati va
ehtimol, shaxsiy hayotida zuhur bo`lgan ishqi ilohiyning surati sifatida o`zini
yig`lashga haqli ko`rsatadi:
Matlabim bor - noravo, men yig`lamay kim yig`lasin,
Dard beribdir bedavo men yig`lamay kim yig`lasin.
Bunday «yig`i»ga giriftor bo`lgan birgina shoir emas, uning nazarida
«bazmning sham`i parvonasi», «may shishalari» hamma-hammasi yig`laydi. O`z
bolasini yo`qotgan ota Ya`qub zor bo`libgina yig`lamaydi, balki bolaning ham
otasi uchun, uning shu ahvolga tushishiga sababkor bo`lgan osiy otaning gunohi
uchun Yusuf yig`lashini, bu holga Ibn Kan`on va boshqalar ham yig`lashi lozim
foje` deb qaraydi:
Sog`inib Yusufni yolg`iz yig`lamas Ya`qub zor,
To musofir bo`ldi Yusuf Ibn Kan`on yig`ladi.
«Yig`i» ramzi bilan bog`liq Mashrabda o`ndan ortiq g`azal va muxammaslar
uchraydi. Albatta, ularning hammasaini ham Allohning ishqi deb, ko`kragini chok
qilgan qalandar yig`isi deb qabul qilib bo`lmaydi. Ayniqsa, bevosita shoirning
shaxsiy hayoti, fojeasi bilan bog`liq manzaralarda uning oddiy kishilar singari
samimiy ko`z yoshi to`kib yig`lashga majbur qilgan holatdir. Shuningdek,
Mashrab onasining o`limi ham juda qattiq ta`sir ko`rsatgan:
«Ey safo baxsh-bahoru bo`stonim qaydasan...
Volidam, Makkam Madinam, mehribonim qaydasan».
Mashrabning forsiy she`rlariga Rumiyning ta`siri borligini ham kuzatib mukin.
Yana manqaba tarkibida Turdi, Ranjiy, Ahmad Qori, Mahfash, Ziyrak, Mansur
kabi bizga aniq ma`luum bo`lmagan shoirlarning she`rlari ham bo`lishi mumkin.
Mashrabga nisbat berilgan asarlar «Mabdai nur»,
«Kimiyo» asarlarini ham matn jihatidan va tasavvufiy talqinda o`rganib chiqib
shunday xulosaga kelish mumkin. «Kimiyo» asari «Mabdai nur» bilan bir muqova
ostida e`lon qilingani uchungina uni Mashrabga nisbat berishgani va bu asar Imom
G`azzoliy asari ekani bugungi kunda ma`lum bo`lgan haqiqatdir. Faqatgina
18
«Mabdai nur» asarining matnini o`rganib shunday xulosaga kelish mumkinki, bu
Jaloliddin Rumiyning mashhur «Masnaviyi ma`naviyya» asariga she`riy sharh
sifatida yaratilgan asar bo`lib, uning har bandida Mashrab va «Mabdai nur»
so`zlari uchraydi. Uslub jihatidan bu asar Mashrabning Rumiyga o`xshatma tarzida
yozgan forsiy asarlaridagi uslubga yaqin. Shuningdek, «Mabdai nur» Mashrabniki
ekanini tasdiqlovchi bir qator manbalar ham hozirgi kunda ma`lum bo`ldi.
Bulardan biri, Ziyovuddin Ishoq Bog`istoniyning «Tazkirayi qalandaron» va
Majzub Namangoniyning «Tazkirat ul-avliyo» tazkiralaridir. Bu har ikki manba
ham, ayniqsa, Mashrabning shogirdlaridan biri Ishoq Bog`istoniyning dalolat
berishicha, unga Pirmat Setoriy ikki asar bergan. Ulardan biri bizga ma`lum
«Qissayi Mashrab» asari bo`lsa, ikkinchisi «Mabdayi nur» asaridir. Shu bilan birga
Fitrat yuqorida ko`rsatilgan maqolada bu asarning Mashrabga tegishli ekanligini
ham isbotlab ko`rsatgan. Shuning uchun ham bu tasavvufiy asar Mashrabniki
ekanini inkor qiluvchi keskin bir isbotga uchramaganimiz uchun Mashrab asari
ekanini qabul qilishga majburmiz. O`z vaqtida aytilgan G`afur G`ulomning «Ikki
Mashrab» haqidagi qarashlari hozirgi kunda Milliy Istiqlol sharoitida o`z ta`sirini
yo`qotgan. Demak, yuqoridagi asoslar bo`yicha bu asarni ham Mashrab qalamiga
mansub deb aytishga mone`lik yo`q.
Do'stlaringiz bilan baham: |