«O`zbek adabiyoti tarixi» (XV11-X1X asrning birinchi yarmi ) fanidan ma`ruzalar matni



Download 456,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/22
Sana06.02.2022
Hajmi456,09 Kb.
#434200
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
XVII-XIX аср адабиети




O`ZBEKISTON ReSPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI 
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
 
O`zbek adabiyoti kafedrasi 
«O`zbek adabiyoti tarixi» 
(XV11-X1X asrning birinchi yarmi ) 
fanidan ma`ruzalar matni 
 
 
 
 
 
NUKUS - 2012 



 
KIRISh 
 
Reja: 
1. «Adabiyoti tarixi» tushunchasi va uning xalqimiz tarixidagi o`rni. 
2. 
O`zbek mumtoz adabiyoti tarixining ob`ekti. 
3. 
O`zbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari 
4. 
XU1-X1X asrlar adabiyotining alohida davr sifatida o`rganilish sabablari. 
Adabiyot tarixi Vatan tarixining ajralmas qismi bo`lib, ahamiyati jihatidan 
Fuqarolik tarixi, Davlatchilik tarixi, Madaniyat tarixi kabi tariximizning boshqa 
jabhalaridan kam emas. Adabiyot tarixi ma`naviy meros va milliy qadriyatlar 
majmuasi bo`lgani uchun ham u nafaqat o`tmish adabiyotini o`rganish va 
tushunishda, balki bugungi adabiy an`analarning mohiyatini anglashda, ildiz va 
manbalarini aniqlashda ham benazirdir. Tabiiyki, bugungi adabiyotning 
shakllanishiga ta`sir ko`rsatgan adabiy meros kelajakka ham asqotishi, buyuk 
davlatchilikning ma`naviy poydevori bo`lib xizmat qiladi. Hujjatlardan 
anglashilgan tarix qariyb uch ming yillikni o`z ichiga olgan ekan, adabiyot tarixi 
undan ham qadimiyroq ekani o`z-o`zidan anglashiladi. 
Dastlabki yozma yodgorlik sifatida tan olingan «Avesto»dan tortib to 
Istiqlol davri adabiyotiga qadar davom etgan adabiy-ma`naviy davr o`ziga xos 
tarix sifatida jahon adabiyotining ham uzviy qismi ekani, jahon ma`naviyati 
xazinaini minglab daho san`atkorlar hisobiga boyitgani barchaga oydin haqiqat. 
Ana shu muhtasham tarixning har bir davrida yaratilgan an`ana va o`ziga 
xosliklarini tushunish uchun adabiyotimiz tarixini davrlashtirish muammolariga 
e`tibor qaratish lozim. 
O`zbek adabiyoti tarixini, shuningdek, umumturk adabiyoti tarixini 
davrlashtirishga intilish XX asrning boshlaridan boshlangan. Ushbu yo`nalishda 
dastlabki tasnifni turk olimi Mahmat Fuod Ko`prulu 1926 yili yozgan «Turk 
adabiyoti tarixi» kitobida bergani ma`lum: 
1. Islomga qadar turk adabiyoti (qadimgi davrlardan USh asrgacha) 
2. Islom ta`siri ostidagi adabiyot (1X-XU1 asrlar adabiyoti). 
3. G`arb madaniyati ta`siri ostidagi adabiyoti (XUP-XX asrlar) 
Ushbu tasnifning dastlabki ikki qismi umumturk tarixiga dahldor bo`lsa-da, 
«g`arb ta`siri» ostidagi adabiyot deyilganda olim, asosan, usmonli adabiyotini 
nazarda tutgan. Chunki taxminan XUP asrdan usmonli adabiyoti g`arb,xususan, 
frantsuz adabiyoti ta`siri ostida rivojlangan, Bizning o`zbek adabiyotida esa, «g`arb 
ta`siri» X1X asrning P yarmidagi Rusiya ishg`oli bilan bog`liq holda kechgan. 
Shuning uchun ham ushbu tasnifni to`la holda o`zbek adabiyoti tarixi uchun qabul 
qilib bo`lmaydi. 
20-yillarda tarixchi olim Bo`lot Soliev, adabiyotshunos Fitrat va Otajon 
Hoshim tomonidan ilgari surilgan davrlashtirishga oid miulohazalar sho`rolar davri 
talablarrg`ini o`zida aks ettirganini anglash qiyin emas: 
1. 
Qabilaviy adabiyot namunalari (qadimgi davrlardan UP asrgacha) 



2. 
Feodalliq davri adabiyoti (USh asrdan Islomiy adabiyotgacha) 
3. 
Savdo sarmoyasi davri adabiyoti («Qutadg`u bilig»dan «Boburnoma»ga 
qadar yaratilgan adabiy asarlar) 
4. 
O`zbekxonlar va uch xonlik davri adabiyoti (XU1-X1X asrlar 
adabiyoti) 
5. 
Jadid adabiyoti (XX asr boshlari) 
Bu fikrlar Fitratning 1928 yilda yozgan «O`zbek adabiyoti namunalari» asarida 
o`z aksini topgan. Ushbu tasnif garchi formatsiyalar bo`yicha
tarixiy davrlashtirish tamoyillarini o`zida aks ettirgan bo`lsa ham, asosan, adabiy 
asarlarga tayangan holda ish ko`rgani bilan e`tiborga molikdir. Shunday qilib, fitrat 
talqinida «16 asrdan so`ngra o`zbek adabiyoti» alohida adabiy davr sifatida 
o`rganilgan bo`lib, u qariyb uch yuz yillik adabiyotimiz tarixi materiallarini o`zida 
aks ettiradi. 
20-yillarda Ozarbayjonda chiqqan «Turk adabiyoti tarixi» kitobida esa, Ismoil 
Hikmat ayrim daho iste`dodlar zakovati bilan bog`liq holda davrlashtirish 
tamoyillarini ishlab chiqishni ma`qul ko`rgan. Bu qarashlardan chuqur xabardor 
bo`lgan olim Vadud Mahmud «Navoiygacha turk adabiyoti» maqolasida o`zbek 
adabiyoti tarixini yuqoridagicha, «Navoiygacha, Navoiy davri va Navoiydan 
keyingi davr» sifatida talqin qilgan. Demak, 20-yillarda amalga oshirilgan tasnif va 
davrlashtirish tamoyillari, asosan, adabiy asarlar va ijodkorlar siymosi nuqtai 
nazaridan kelib chiqqani bilan ahamiyatli ekan. 
Davrlashtirish masalalariga sho`rolar davrida bir necha marta murojaat 
qilingan bo`lsa-da, ma`lumki, bunday davrlashtirish tamoyillari asosan, ijtimoiy 
tazyiq ostida kechgan edi. 
Istiqlol davriga kelib, ushba masalaga qayta yondoshilganda biz quyidagicha 
davrlashtirishni tavsiya etgan bo`lar edik: 
1. 
Islomga qadar turk adabiyoti (qadimgi davrlardan USh asrgacha) 
2. 
Ilk turk-islom davlarlari davri adabiyoti (1X-XP asrlar) 
3. 
Chingizxon istilosi davri adabiyoti (XSh-X1U asrning 1 yarmi) 
4. 
Temuriylar davri adabiyoti (X1U asrning P yarmi- XU asr) 
5. 
O`zbekxonlar va uch xonlik adabiyoti (XU1-X1X asrning 1 yarmi) 
6. 
Rusiya istilosi davri adabiyoti (X1X asrning P yarmi XX asr boshlari) 
7. 
Sho`rolar davri adabiyoti (1017-1991 yillar) 
8. 
Istiqlol davri adabiyoti (1991 yildan keyin) 
Bizga tavsiya etilgan qator manbalarda, ayniqsa, sho`rola davri adabiyoti 
manbalarida «O`rta Osiyoda uch xonlik davri» deb nomlangan atama anglatilgan 
davr adabiyoti muammolarini o`zida to`la aks ettira olmaydi. Chunki, Markaziy 
Osiyoda uch xonlik ko`rsatilayotgan XU1 asr boshlarida emas, balki XUSh asrning 
o`rtalariga kelib to`la ravishda shakllangan. Shunday .kan, bu nomlanish tavsiya 
etilayotgan davrning qariyb 150 yillik tarixini o`z qamroviga atama jihatilan 
ololmay qoladi. Ikkinchidan, tariximizda sifat jihatidan mutlaq o`ziga xos davr 
bo`lgan «Temuriylar davri adabiyoti» ham sho`rolar davrida alohida bosqich 
sifatida o`rganilmagan edi. Adabiyot tarixidagi mana shu davrning adabiy 
manbalarini tiklash barobarida undan keyingi «Shayboniylar davri»ga ham alohida 



xususiyat sifatida qarash lozim. 20-yillar manbalarida bu davrni «o`zbekxonlar» 
davri deb atashgan. Biroq birgina «O`zbekxonlar davri» deb nomlash ham undan 
keyinroq o`lkada yaratilgan ko`plab adabiyo yodgorliklarni, xususan. Xiva va 
Qo`qon xonligi yodgorliklarini inkor qilishga olib keladi. Mana shulardan kelib 
chiqqan holda, 1501 yil voqealari bilan Markaziy Osiyoda temuriylar davri inqiroz 
topib, Shayboniyxon mamlakat tarixiga chiqqan ekan, bu voqealar so`zsiz badiiy 
adabiyotga o`z ta`sirini ko`rsatgani uchun ham yangi adabiy davrni mavhumroq 
qilib, XU1, ayrim manbalarda esa, XUP asrdan boshlab emas, balki mana shu 
O`zbekxonlar davrida yaratilgan adabiy yodgorlikning tabiatidan kelib chiqqan 
holda belgilash lozim. XU1 asr boshlarida Xiva va XUSh asr o`rtalarida Qo`qon 
xonligining barpo bo`lishi bilan Buxoro xonligi bartaraf etilgani yo`q, balki uning 
tarkibidan kelib chiqqan yangi xonliklar mustaqil davlat sifatida shakllana 
boshladilar. Shunday ekan, «O`zbekxonlar va uch xonlik davri adabiyoti» deb 
nomlash bizningcha, tarix haqiqatiga ham, bu davrda yaratilgan adabiy manbalar 
tabiatiga ham mos keladi. 

Download 456,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish