Microsoft Word imomi a'zam buyuk imomimiz lotin ziyouz com doc



Download 448,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/56
Sana01.02.2022
Hajmi448,17 Kb.
#424632
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
Bog'liq
Alouddin Mansur. Imomi A\'zam - buyuk imomimiz

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
27
qilgan, zurriyotlari ham mana shu uyda ibodat qilgan. So‘ngra Nuh payg‘ambar davri keldi. To‘fon 
balosi bo‘ldi. Butun olam suv ostida qoldi. O‘shanda Baytulloh Ollohning amri bilan osmonga 
farishtalar orqali ko‘tarib olib chiqib ketilgan ekan. Ka’batullohning tepasida — osmonda Ollohning 
amri bilan maloikalar olib chiqib ketgan bayt bor, bu baytul ma’murdir. Ya’ni, Obod Uydir. Obodligi 
shundaki, Nuh alayhissalom davrida osmonga olib chiqib ketilganidan buyon shu kungacha bu uyni 
maloikalar tavof qilib turadilar. Kunda 70 ming maloika tavof qilib chiqar ekan bu uyni. Hali bir 
farishta ikki marta tavof qilishga ulgurmagan ekan. Chunki Ollohning lashkari bo‘lgan farishtalarning 
sanog‘i shu qadar ko‘pki, ularning hisobini yolg‘iz Ollohdan o‘zga hech kim bilmaydi. 
Keyinroq, o‘sha osmonga olib chiqib ketilgan Uyning o‘rniga Ollohning amri bilan hazrati Ibrohim 
alayhissalom bizlar tavof qiladigan Ka’batullohni bino qilganlar. Bu haqda ham Ollohning O‘zi 
Qur’oni Karimda: 
"(Ey Muhammad), eslang, Biz Ibrohimga Baytullohning o‘rnini (o‘sha uyga qarab ibodat qilishi va 
uni obod qilishi uchun) belgilab berib (unga shunday degan edik): "Sen menga biron narsani sherik 
qilmagin va Mening Baytim — Uyimni tavof qilguvchilar, qiyom, ya’ni, namozda tik g‘oz 
turguvchilar, ruku’, sajda qilguvchilar (ya’ni o‘sha joyda namoz o‘qiguvchilar) uchun pok tutgin!" 
deydi. Shun-day qilib, bu Uyni hazrati Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari Ismoil alayhissalom bilan 
birgalikda bino qildilar. Qariyb 3500 yillik tarixga ega bo‘lgan Baytulloh Ibrohim alayhissalom 
davridan buyon bir kun ham xoli qol-maydi. Musulmonlar bu joyga hidoyat izlab, Olloh buyurgan farz 
— hajni ado etish uchun borib turadilar. Bu uyning o‘ziga tortadigan mislsiz ohanrabosi, jozibasi bor. 
Borganlar ko‘rganlar, boradiganlar, inshoolloh, ko‘rarlar. 
Oddiygina qora toshlardan bino qilingan, mutlaqo zebi-ziynati bo‘lmagan bu bir sodda uy nimasi 
bilan butun insoniyatni o‘ziga jalb qiladi? Nima uchun shohu gado intiladi o‘sha uy tomonga? Nima 
uchun imkoni borki m-sulmon — hammasi o‘sha tarafga bormoqchi bo‘ladi? Chunki Olloh taoloning 
O‘zi bu Uyni aziz, muborak qilib qo‘ygan. Xudoi taolo Ibrohim alayhissalomga shu uyni qurib bit-
kazganlaridan keyin, endi odamlarga jar soling, deb buyurgan ekan. Qur’oni Karimda: 
"Endi, Ibrohim, odamlar orasida kelib ibodat qilish zarurligini aytib jar soling. Shunda bu 
Baytullohga yayov hollarida va uzoq-uzoq yo‘llardan, so‘qmoqlardan, oriq tuyalarga mingan hollarida 
hamma tarafdan Baytullohning ziyoratiga odamlar keladilar", deydi Olloh taolo. Ollohning shu bir 
og‘iz so‘zi haq ekanligini borgan odam o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi. "Odamlar keladi", deydi Parvardigor 
va odamlar haqiqatan boradilar. Shuning uchun ham Osmondan o‘t purkalganiga, oyoq tagidagi toshlar 
ham yonayotganiga qaramay hamma intiladi o‘sha tomonga. 
Ana o‘sha eski Uyning — Qora uyning obodligini dunyodagi boshqa bironta "Oq uy" ko‘rgan 
emas, "Sariq uy"lar ko‘rgan emas. Chunki ularni Olloh emas, uning gunohkor bandalari qurdirgan. 
Baytulloh esa to Qiyomat buzilmaydigan, to Qiyomat butun Yerning markazi bo‘lib turadigan 
joydir. Mana shu muqaddas Uyni ziyorat qilishni Olloh bizga buyurdi. 
Hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Haj — bu qurol-yaroqsiz boriladigan jihoddir", 


Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz 

Download 448,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish