Microsoft Word imomi a'zam buyuk imomimiz lotin ziyouz com doc



Download 448,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/56
Sana01.02.2022
Hajmi448,17 Kb.
#424632
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
Bog'liq
Alouddin Mansur. Imomi A\'zam - buyuk imomimiz

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
28
deganlar. U yerga Xudoga bandalik qilish sharafiga ega kishilar, mo‘‘min-musulmonlar Olloh yo‘lida 
boradilar. 
Namoz o‘qishning o‘ziga yarasha shartlari borligini bilasiz. Namoz pok libosda, pok joyda, 
Qiblaga yuzlanib o‘qilgandek, haj ibodatini ado etishning ham o‘z shartlari bor. Hajga borganlar butun 
dunyodan kechib, topgan molu davlatidan, bola-chaqalaridan, hatto vatanlaridan ko‘ngilni uzib, 
Yolg‘iz Ollohga qasd qilib borishlari kerak. Hajga boradigan kishi xoh shoh, xoh gado bo‘lsin, 
o‘zining kundalik kiyimlarini yechib, ularning o‘rniga ikkita kafanlik desa bo‘ladigan ehromga, ya’ni 
bir lungiyu yelkaga tashlab olinadigan ikkinchi matoga o‘ralgan, bosh yalang hollarida Ollohning 
chaqirig‘iga labbay, deb javob berib chiqadilar. Demak, inson bu ulug‘ ibodatni ado qilish uchun 
suratda ham boshqa ibodatlardan farqli shartlarga amal qilishi kerak. 
— 
Ustoz, keyingi yillarda siyosatning o‘zgarishi tufayli haj safarini ado qilish uchun juda keng 
imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Bu yaxshi, albatta. Lekin, safarga otlanganlar orasida onda-sonda bo‘lsa-
da, mazkur ibodatni ado qilishning tartibi to‘g‘risida muayyan tasavvuri bo‘lmaganlar hali uchrab 
turibdi...
— 
Biz bu o‘rinda haj ibodatining qay tarzda ado qilinishi suratlariga ko‘p to‘xtalmasak. Hajga 
borganlar ibodat davomida ularni o‘rganib boradilar. Savolingizdan kelib chiqqan hajning hikmatlari 
va hojining zimmasidagi vazifalar haqida gaplashsak. 
Hajga borushsh kishi avvalo o‘zining o‘tmishda qilgan xatolari uchun Ollohga tavba qilishi lozim. 
Chunki haj — Ollohning Uyiga mehmon bo‘lib borishdir. Baxtli insonni Olloh O‘z Uyiga chorlar 
ekan, u suratida haligiday ehromga o‘ralib borishidan tashqari, vujudida, qalbida ham tozalanib, 
poklanib, o‘sha Uyning ostonasiga dadil qadam bosa oladigan bo‘lipsh kerak. 
Hajga otlangan kishining zimmasidagi ikkinchi vazifa — agar bo‘lsa, qarzlardan qutulib olishdir, 
hisob-kitob qilib olishdir. 
Hajga borguvchi birovlarga ozor berib qo‘ygan, birovlarni g‘iybat qilib qo‘ygan bo‘lsa, ulardan uzr 
so‘rashi, o‘zidan rozi qilib qo‘yishi lozim. Shu ma’noda ham "hisob-kitob" qilib olish kerak. Demak, 
ortda qolayotgan kishilarni rozi qilib ketish hajga borguvchining vazifalaridan ekan. 
Hajga otlangan inson haj ibodati davomida o‘zi muhtoj bo‘ladigan moliyaviy va boshqa 
tashvishlarini bekamu ko‘st qilib olishi zarurdir. Aks holda, birovlarga "yuk" bo‘lib qoladi. 
Hajga borguvchilar kuzatib qolguvchilardan duo olib ketishlari kerakligini ham qo‘shib qo‘yamiz 
shu o‘rinda. 
Hajga borish Ollohning Uyiga mehmonga borishdir, dedik. Lekin bu mehmonga hech qanday 
yasan-tusansiz borayotgan ekanmiz, faqat dilimizni poklab, rostlab borishimiz kerak. Safar asnosida 
sizga hamroh kishilar ham Ollohning Uyiga ketayotgan kishilar ekanligini unutmasligingiz kerak. 
O‘sha insonlar bilan bir tan, bir jon bo‘lib, hurmat bilan, bir-birlariga odob bilan muomalada 
bo‘lmoqlik har bir hojining muhim vazifasidir. Mana shu o‘rinda ham, ko‘pincha safar mashaqqatlari 
bilan charchashlari natijasida bu ulug‘ ibodatni buzib qo‘yish xavfini tug‘diradigan ishlarga qo‘l urib 
qo‘yadilar. Hajimizning Olloh oldida qabul bo‘lishi uchun muhim omillardan biri muomalalarimizning 
do‘stona bo‘lishi, safarimiz nihoyatda odob bilan o‘tishidir. 
Janob Rasululloh: "Kimda-kim haj ibodatiga borsa, shu ibodat davomida og‘zidan behayo so‘zlar 
chiqmasa, haj asnosida qilish mumkin bo‘lmagan ishlarga qo‘l urmasa va Olloh buyurgan ibodatlardan 
isyon qilib bo‘yin tovlamasa, itoat bilan haj qilib ketgan bo‘lsa, mana shu inson uyiga qaytar ekan
onadan yangi tug‘ilgan chaqaloqday begunoh bo‘lib qaytadi", deydilar. Ya’ni haj qabul bo‘ladi — 
gunohlar yuviladi. Buning uchun hoji nafaqat odamlarga, balki hasharotlarga ham ozor bermasligi, 
hatto o‘t-o‘lanni ham besabab yulmasligi kerak. Shu qadar beozorlik bilan haj safarini ado qilmoqlik 
shariatimizning buyrug‘idir. 
Mana shunday tarzda Olloh nasib etgan hojilar Ollohning Uyiga kirib boradilar. Bu Uyga kirish 
nasib bo‘lgan kishilar Ollohning eng baxtli bandalaridir. Bu Uyga boradigan, bu Uyga qo‘shni bo‘lib 


Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz 

Download 448,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish