www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
"Ro‘zadorman, deb ro‘za tutib yurganlardan qanchalari borki, ularga tutgan ro‘zalaridan ochlik,
tashnalik qoladi, xolos", deydilar. Demak, ro‘za — faqat ochlik va tashnalikda yurish degani emas
ekan. Yoki yana bir hadislarida: "Qaysi bir odam ro‘za tutsa-yu, ammo yolg‘on so‘zdan tiyilmasa,
gunoh ishlardan tiyilmasa, bu odamning yeyish-ichishni tark qilishiga Olloh muhtoj emas", deganlar.
Shu hakda Ollohning "Ro‘za qalqondir", degan kalimasi bor. Bu ro‘za insonni bu dunyoda
gunohlardan saqlaydigan va Oxiratda do‘zax azobidan saqlaydigan qalqondir.
Endi yuqoridagi hadisning davomiga e’tibor bering: "Ro‘za qalqon ekan, o‘sha kishini dunyo va
Oxiratdagi yomonliklardan saqlovchi qalqon bo‘lgan ro‘za ibodatini ado etuvchi ro‘zador behuda,
xunuk so‘zlar so‘zlamasin, johillik qilma-sin, ya’ni birovlarga ozor beradigan so‘zlarni aytmasin, agar
uning o‘ziga birovlar ozor beradigan bo‘lsa, o‘shanda ham sabr qilsin, faqat o‘shanday badxulq
kishilarga "Men ro‘zadorman", deb ikki bor qaytarib qo‘ysin. "Ya’ni, sen bilan bunday muomala
qilishga mening haqim yo‘q, chunki men ro‘za ibodatini ado etayotgan odamman", desin".
Demak, ro‘zador odam, go‘yo namozda turgandek, o‘zining har bir harakati, har bir so‘zi, insonlar
bilan bo‘ladigan muomapalarida ibodat ustida ekanligini unutmasligi kerak.
Ro‘za tutsa-yu, kishilarga ozor bersa, yolg‘on gapirsa, birovlarni g‘iybat qilsa yoki ro‘za tutsa-yu,
masalan, tijorat paytida odam aldasa, bunday inson ro‘za tutgan hisoblanmaydi, albatta. Chunki ro‘za
insonni poklikka yetaklaydigan ibodat ekan, ibodat ustidagi odam nopok bo‘lsa, bunday kishining
tutgan ro‘zasi Olloh huzurida qabul etilmaydi. Bu haqda ko‘p xabarlar Rasululloh tomonidan bizga
yetib kelgan.
O‘sha xabarlardan biri mana bu: Ikki ro‘zador ayol kun yarmidan oqqandayoq hech sabr
qilolmasdan, ya’ni ro‘zani iftorgacha tuta olishlariga ko‘zlari yetmay, Rasulullohga odam yuboribdilar.
"Biz og‘rib qoldik, juda og‘ir holatdamiz, ro‘zani ochishga ijozat bersinlar", deb iltimos qilishibdi.
Bularning mana shunday holatga tushib qolishlariga o‘zlari sababchi ekanliklari Payg‘ambar alayhis-
salomga Olloh taolo tomonidan ma’lum bo‘lgan edi. Ollohning vahiysi bilan Rasululloh alayhissalom
bu ikki ayolga bir kosani yubordilar va og‘izlariga olganlarini qaytarishni buyurdilar. Ikkala ayol qayt
qildilar. Shunda ularning og‘izlaridan qon va go‘sht parchalari chiqdi. Payg‘ambar alayhissalom
shunda: "Mana sizlarni nima kasal qilgan. Ro‘za tutib, Olloh halol qilgan narsalarni yeyishdan
o‘zingizni tiydingiz-u, lekin Olloh harom qilgan narsa bilan — birovlarni g‘iybat qilish bilan mashg‘ul
bo‘ldingiz. Og‘izlaringizdan chiqqan go‘sht parchalari va qon o‘sha sizlar g‘iybat qilgan kishining
go‘shti va qonidir, sizlar ro‘zador emassizlar", dedilar.
Demak, tutgan ro‘zamiz qabul bo‘lishi uchun zimmamizga o‘ziga yarasha qator shartlar yuklanar
ekan.
Ro‘za oddiy parhez emas. U kasal odamning sog‘ayishi yoxud semiz odamning ozishi uchun
tutilmaydi. Bunday niyatlar bilan tutilgan ro‘za — ro‘za emas, balki shunchaki bir muolajadir. Ro‘za
Olloh taoloning roziligi uchun tutilsagina ibodat hisobiga o‘tadi.
Ro‘za yeyish-ichishdan o‘zini tiyish, yomon so‘zlarni aytmaslik, birovning dilini og‘ritmaslik
bilangina belgilanmaydi. Balki ro‘zadorning ko‘zi ham yomon narsalarga tushmasin, Qur’on o‘qisin,
Olloh ijozat bergan narsalargagina qarasin, uning qulog‘i ham harom narsalarni eshitishdan saqlansin.
Chunki Rasululloh alayhissalom: "G‘iybat qiluvchi bilan g‘iybat eshituvchining gunohi barobar",
deganlar.
Ro‘zaning yana bir hikmati bor. Bu ibodat kishining bir yil davomida ishlab kelgan ichki
a’zolarining bir oy dam olishlari uchun ham buyurilgan. Biz bunga ko‘pincha e’tibor bermaymiz.
Demak, ro‘za tutayotgan odam saharlikda hamda, iftorda ro‘za tutgani bahona odatdagidan ko‘ra
ko‘proq ovqat yer ekan, bu ham uning ro‘zasiga karohiyat yetkazadi. Ya’ni, inson Olloh uchun ro‘za
tutar ekan, ro‘za tutmagan kunlardagi kabi, balki undan-da ozroq taom yesa, to‘g‘ri bo‘ladi. Ba’zilar
orasida ro‘za paytida dasturxonga qancha ko‘p nozu ne’mat qo‘yilsa, shuncha savob bo‘ladi, degan
bema’ni gap yuradi. Bu, albatta, mutlaqo noto‘g‘ri qarashdir.
"Rasulullohning tutadigan ro‘zalari oldida yegan taomni qo‘rsangiz u kishi mutlaqo ro‘za tutmaydi,
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |