www.ziyouz.com
kutubxonasi
23
qilgan. Ya’ni, ro‘za biz musulmonlar uchun bir sinov, imtihondir. Islomdagi barcha ruknlar — namoz,
zakot va suhbatimiz mavzui — ro‘za imtihonlardir. Shu imtihonlardan yiqilmay o‘tgan baxtli bandalar
bu dunyoda ham, Oxiratda ham Ollohning rizoligiga erishadigan baxtli kishilar bo‘lar ekanlar.
Olloh taolo insoniyat uchun butun olamlarni va olamdagi bor ne’matlarni yaratib, shuning
shukronasiga Meni eslab turgin deb, kunda besh mahal toza, tahoratli holda O‘ziga sajda qilishimizni
buyurdi. Bu bir imtihon edi. Undan hamma ham o‘ta olmaydi. Shu ibodatni ado etayotganlarning
hammalari ham mazkur sinovning qadriga yetolmaydi.
Zakot ibodati ham bir imtihondir. Har birimizning fikrimizni, kuchimizni, jismimizni ishlatib,
peshona terimiz bilan topgan molu dunyoimizdan bir qismini Men uchun bering, deb imtihon qiladi
Olloh taolo. Chunki bu molu dunyoni Sizga Men berganman, deb buyuradi.
Xuddi shuningdek, yilda bir oygina Olloh bergan ne’matlardan — yeyish-ichishdan, shahvoniy
xohishlardan o‘z ixtiyorimiz bilan, Ollohdan savob umid qilib och va tashna yurishimiz — ro‘za oyida
kunduzlari ro‘za tutishimiz ham bir ilohiy imtihondir. Mana bu imtihondan o‘tish - bizlarning Olloh
huzurida va’da qilingan katta ne’matlarga yetishimizga sabab bo‘ladi. Bu imtihon shu dunyoning
o‘zida ham insoniy hayot kechirishimizga sabab bo‘ladi. Ro‘zaning boshqa ibodatlardan farqli yana bir
jihati bor. Olloh taolo "Ro‘za meniki", deydi. Bu holat Ro‘zaning nakddar ulug‘ ibodat ekanligiga
dalolatdir. Bir hadisi muborakda Rasululloh alayhissalom Olloh taoloning so‘zlarini yetkazganlar: "Har
bir yaxshilikka o‘n barobar mukofot beraman, to 700 barobargacha". Demak, Olloh yo‘lida xolis ixlos
bilan, savob umidida, iymon bilan qilingan har bir katta yoxud kichik ishimiz evaziga Ollohimiz bizga
10 barobardan 700 barobargacha mukofot beraman, deb va’da beradi, lekin ro‘za unday emas, deydi.
Chunki ro‘za Men uchun bo‘ladigan ibodat, uning mukofotini ham Uzim beraman, deydi. Qanday
mukofot berishni ham O‘zim bilaman, deydi. Bu Ilohiy fikrni shunday tushunishimiz mumkinki, ro‘za
inson ado etayotgan ibodatlar orasida yolg‘iz ibodat qilguvchi bilan Olloh o‘rtasidagi bir sirdir. Boshqa
ibodatlar — namoz o‘qiganingizda, zakot berganingizda, hajga borganingizda guvohlar bo‘lishi
mumkin, lekin ro‘za tutganingizni o‘zingiz aytmaguningizcha birov bilmaydi. Ro‘za ichki ibodatdir.
Shuning uchun bu ibodatga riyo aralashmaydi. "Men uchun qilinadi bu ibodat, shu sababli ro‘zaning
mukofotini o‘zim beraman, — deydi Olloh taolo. — Ya’ni 700 barobar ham kamlik qiladi. Buning
miqdorini sizlar bilmaysizlar, yolg‘iz O‘zim bilaman", deydi mehribon Ollohimiz.
Bir hadisi muborakda Rasululloh alayhissalom: "Ro‘za sabrning yarmidir", dedilar. Boshqa bir
hadisda: "Sabr iymonning yarmidir", dedilar. Demak, ro‘za — iymonning to‘rtdan biri ekan. Mo‘‘min-
musulmon ekanligimizga, iymonli ekanligimizga tutgan ro‘zamiz ham dalolat bo‘lar ekan.
Darhaqiqat, "Sabr iymonning yarmi" ekan, iymonli kishi uchun sabr qilmoqlik eng asosiy
vazifalardan bo‘ladi. Masalan, iymonli kishi butun dinsizlarning xurujlariga, bu dunyodagi
adolatsizliklarninghammasiga Olloh yo‘lida sabr qila oladi. Iymonli kishi o‘zi sevgan Ollohning
diydoriga yetish uchun Qiyomatgacha sabr qiladi. Zotan, Haq taoloning diydoriga muyassar bo‘lmoq
bu dunyoda beriladigan ne’mat emas. Olloh va’da qilgan Jannatga yetish uchun ham sabr qilamiz.
Demak, iymonimiz sabr bilan. Besabrlar hozirning huzurini o‘ylaydilar va shunga suyanadilar.
Mo‘‘min odam Oxiratga ishonadi va Oxiratdagi ne’matlarga, eng katta mukofot bo‘lgan Ollohning
diydoriga sabr bilan yetadi. Shu sabrni bizga o‘rgatadigan ibodat ro‘zadir. Tirik jonning tabiiy
ehtiyojlari bo‘la turib, Olloh yo‘lida yeyish-ichishdan, shahvoniy xohishdan, umuman, nafsoniy har
qanday istaklardan kechgacha tiyilib sabr qilmog‘i iymonning bir belgisi ekan.
—
Ro‘za tongdan shomgacha ochyurish bilangina belgilanadimi? Yoki ro‘zador boshqa taraflarga
ham javob berishi kerakmi?
— Ibodatimizning komil bo‘lishi uchun bu savolning ham javobini bilishimiz kerak. Ro‘za ibodati
insonlarni tarbiyalash vositasi ekanligini aytdik. Demak, bizlarning fakat och-tashna yurishimizga
Olloh muhtoj emas. Balki iymon bilan, Xudoning buyrug‘i deb qabul qilib savob umidida shu ibodatni
ado qilsakkina tutgan ro‘zamiz qabul bo‘ladi. Bir hadisi sharifda Rasululloh alayhissalom:
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |