Microsoft Word imomi a'zam buyuk imomimiz lotin ziyouz com doc



Download 448,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/56
Sana01.02.2022
Hajmi448,17 Kb.
#424632
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56
Bog'liq
Alouddin Mansur. Imomi A\'zam - buyuk imomimiz

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
26
qazo bo‘lgan ro‘zalarini tutib beradylar. 
Darhaqiqat ramazoni sharifda ado etiladigan ro‘za ibodati - biz mo‘‘min-musulmonlarning katta 
baxtimizdir. Ichki a’zolarimiznigana emas, balki qalbimizni ham poklab oladigan oydir bu oy. Bu oyda 
ro‘za tutish nasib qilgan baxtli kishilar Rasululloh alayhissalomning va’dalari bilan butun o‘tgan 
gunohlaridan, agar Olloh ularning ro‘zalarini qabul qilsa, xoli bo‘ladilar. 
Rasululloh sallallohu alayxi vasallam marxamat qildilar: "Ro‘za tugguvchi uchun ikki shoddik bor. 
U och, tashna holda kun o‘tkazib, quyosh botgandan so‘ng kayfiyati chog‘ bo‘lib iftor qiladi, Ollohga 
shukronalar aytadi. Bu birinchi shod-likdir. Ammo ikkinchi bir shodlik bor ro‘zador uchun. U Qiyomat 
Kuni Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lgandagi shodliqdir". 
Mana shu buyuk shodliklar barchamizga nasib etsin. 
HAJ 
— 
Muhtaram ustoz, Siz bundan avvalgi suhbatlaringizda dini Islomning asosiy ustunlari bo‘lmish 
"La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh" kalimasini sidqidil bilan aytib iymon keltirishni, namozni 
ado etishni, ramazon ro‘zasini tutishni va boylarning kambag‘allarga zakot berishini Olloh taolo 
musulmonlar zimmasiga vazifa qilib qo‘yganligi to‘g‘risida batafsil aytib berdingiz. Endi navbat tabiiy 
ravishda beshinchi farz — haj ibodatiga keldi. Avvalo, haj safarini ado etish nima uchun farz amallar 
qatoriga qo‘shilganini tushuntirib bersangiz...
— Buning sababini shunday tushunmoq kerak: kishi avvalo "La ilaha illalloh, Muhammadur 
Rasululloh" deb iymon keltirish bilan mo‘‘minlar qatoriga qo‘shilar ekan, Olloh taolo uning zimmasiga 
faqat badani bilan, quvvati bilan ado qiladigan namoz ibodatini qo‘yadi. Keyin ro‘za tutishga quvvati 
yetadigan, ya’ni salomatligi kifoya kiladigan barcha mo‘‘min-musulmonlar uchun ikkinchi farz qilib 
ro‘za ibodati buyurildi. Bu ham badan ibodatidir. Keyingi farz — zakot ibodati. Bu esa faqat 
boylarning zimmasidagi moliyaviy ibodat. 
Demak, kishi bu ibodatlarni ado qilish bilan o‘zida bir chiniqish, tozarish his qilgandan keyin endi 
Olloh taolo qodir bo‘lganlaringiz Mening Uyimga kelib ko‘rib, tavof qilib va uning yonidagi Arafot 
tog‘iga chiqib, duolar qilib ketasizlar, deb buyuradi. Lekin bu ibodat hamma boy-badavlat kishilarga 
ham farz emas. Masalan, kishi boy bo‘lsa-yu, lekin salomatligi uzoq safarni ko‘gara olmasa unga haj 
farz emas, yoki salomatligi ham yaxshi bo‘lsa-yu, yo‘llar ochiq bo‘lmasa, bu holatda ham haj farz 
bo‘lmaydi. Haj safarini (ibodatini) ado etishga qodir bo‘lish deganda, demak, yo‘llarning ochiq va 
bexatar bo‘lishi hamda borguvchining salomatligi tushunilar ekan. 
— 
Nima uchun aynan Baytullohni ziyorat qilish farz qilingan?
— Makkai Mukarramaning markazida, nafaqat Makkaning, balki butun Yer sayyorasining 
markazida joylashgan Ka’batullohni Olloh taolo bandalar uchun O‘zining ilk payg‘ambari — hazrati 
Odam alayhissalomga buyurib qurdirgandir. Bu haqda Ollohning O‘zi Qur’oni Karimda: 
"Insonlar uchun ibodat qilsinlar deb bino qilingan birinchi bino Makkadagi binodir — Ka’badir", 
deb xabar beradi. Makkatullohni barakotli shahar, muborak shahar deb ataydi va butun olamlar uchun 
hidoyat mayog‘i deb sharaflaydi. Demak, Ka’batullohni Odam alayhissalom qurgan, unda ibodat 


Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz 

Download 448,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish