www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
"Olloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarni (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz
bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun
yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan narsalari Qiyomat Kunida bo‘yinlariga o‘ralajak! (Barcha jonli-
jonsiz narsalar ketar va) osmonlaru yer meros bo‘lib Ollohga qolur. Olloh qilayotgan amallaringizdan
xabardordir" (Oli-Imron—180), deyiladi.
Navbatdagi oyatda esa:
"U kunda (Qiyomatda) o‘sha (oltin-kumushni) jahannam o‘tida qizitilib, o‘sha bilan ularning
peshonalari, yonlari va ketlariga tamg‘a bosilib: "Mana bu o‘zlaringiz uchun to‘plagan narsalaringizdir.
Endi to‘plab — bosgan narsalarin-gizni mazasini totib ko‘ringlar" (deyilur). (Tavba — 35).
Mana shunday holatga tushib qolmaslik uchun Xudoi taolo bergan, haloldan topgan davlatimizni
yanada poklab olishimiz uchun kambag‘al, qo‘li qisqa birodarlarimizga imkon kadar yordam
qo‘limizni cho‘zsak — Olloh rozi bo‘ladigan va jamiyatimizda ittifoqlik qaror topadigan ishni qilgan
bo‘lamiz, inshoolloh.
Do'stlaringiz bilan baham: |