www.ziyouz.com
kutubxonasi
18
Kumushi borlar uchun esa boylik chegarasi 200 tanga (600 gramm) kumush bilan belgilanadi.
Qur’on nozil bo‘lgan davrlarda iqtisodiy munosabatlar asosan ol-tin - kumush bilan bo‘lgani uchun
boylik chegarasi oltin-kumush miqdori bilan belgilangan edi. Bugun esa muomala asosida oltin turgan
pullar borki, demak, 85 gramm oltin yoki 600 gramm kumush sotib olishga yetadigan pulga ega
bo‘lsak boy hisoblanamiz va zimmamizga zakot to‘lash mas’uliyati yuklanadi. Shu o‘rinda imomimiz
Imomi A’zam rahmatullohi alayhning bir masalasini eslab o‘tishimiz joiz. "Anfaulil-faqir", deydilar u
kishi, ya’ni, agar 85 gramm oltindan ko‘ra 600 gramm kumush arzonroq bo‘lsa-yu, Sizning
jamg‘armangiz oltinga emas, kumushgagina yetadigan bo‘lsa, Siz shunda ham o‘zingizni boy
hisoblang-da, tezroq zakot berishning harakatiga kirishing. Ko‘proq pulli bo‘lishni kutib o‘tirmay,
boylik chegarasining eng quyi bosqichiga yetish bilanoq zakot berish kambag‘allarga foydali, deganlar.
Boylik chegarasi eng quyi bosqichining pul bilan o‘lchanadigan bugungi qiymati taxminan 85 gramm
oltin bo‘lishini aytsak, o‘quvchiga yanada tushu-narliroq bo‘lar. 600 gramm kumush esa balki
arzonroqdir.
Zakotning uchinchi turi tasarrufdagi yer maydonidan topib olingan kon yoki xazinadan beriladigan
zakotdir. Bu zakotni berish tartibi quyidagicha: yer egasi topib olgan koni yoki xazinasi umumiy
qiymatining beshdan bir qismini kambag‘allarga zakot qilib beradi. Bu farz. Qirqdan biri yoki
yigirmadan biri emas — beshdan biri farz qilingan.
Navbatdagi zakot turi tijorat mollaridan beriladigan zakotdir.
Xo‘sh, tijoratning boylik darajasini qanday o‘lchaymiz? Uning qo‘lida 85 gramm oltin qiymatiga
teng naqd Pul bo‘lmasa-da, shu qiymatga yarasha sotish uchun olib qo‘ygan moli bo‘lsa, zakotni o‘sha
moldan to‘lashi farz qilingan. Bu holatda zakot molning qirqdan bir qismi miqdorida kambag‘allarga
beriladi.
Endi avvalda chala qolgan chorvadorlarning zakot to‘lash tartibiga qaytamiz. Chorvador o‘zining
mol-qo‘yini yilning yarmidan ko‘proq muddatda o‘z yonidan pul sarflab, semirtirib sotaman deb
boqqan bo‘lsa, bu mol-qo‘ylar ham pul hisobida turgan bo‘ladi. Demak, mol-qo‘y egasi zakotni mol-
qo‘yning sanog‘idan emas, balki ularning pul hisobidagi qiymatidan (qirqdan bir) beradi. Ya’ni, bu
holatda chorva mollari tijorat mollariga aylanib qolgan bo‘ladi.
Va nihoyat, dehqonchilik mahsulotlaridan to‘lanadigan zakot. Bu zakotni shariatimiz hukmi bilan
ota-bobolarimiz "ushr" deb atab kelganlar. Ushr arabcha so‘z bo‘lib, o‘ndan biri deganidir. Hazrati
Rasululloh arpa, bug‘doy, xurmo va mayiz kabi to‘rtta narsaning o‘ndan birini zakot qilib berishni
buyurganlar. Boshqa ekinlardan ham (sabzi-piyozdan tortib qovun-tarvuzgacha) imomimiz Imomi
A’zam rahmatullohi alayhning ko‘rsatmalariga binoan, hosilning o‘ndan biri kambag‘allarga zakot
qilib beriladi.
Biz zakot berilishi lozim bo‘lgan narsalar va ularning chegaralari haqida gapirdik. Shu o‘rinda yana
bir narsaga e’tibor bermog‘imiz lozim.
Zakot kishining doimiy ehtiyojidan tashqari bo‘lgan narsalardangina beriladi. Ya’ni kiyimlar,
farzandlar uchun olib qo‘yilgan kiyimlar, yashaydigan hovli-joy, ot-ulov (mashina)dan zakot
berilmaydi. Bular hojati asliya — asl ehtiyoj mollaridir va shuning uchun shariatimiz bulardan zakot
berishni talab qilmaydi. Zakot yuqorida sanab o‘tilganlardangina farzdir.
—
Zakot kimlarga beriladi yoki, aniqrog‘i, zakotni kimlar qabul qilsa to‘g‘ri bo‘ladi?
— Zakot, albatta, kambag‘allarga beriladi. Kambag‘al deb esa biz suhbatimizda aytib o‘tgan boylik
chegarasiga yetmaganlarga aytilady. Lekin ayni zakot — sadaqotlarni kimga berish kerak ekanligini
Ollohning O‘zi ko‘rsatib bergan. Qur’oni Karimda sakkiz sinfdagi yoki sakkiz qatlam — toifadagi
kishilarning zakot olishi aytilgan. Sadaqalar, zakotlar:
1. Faqirlarga;
2. Miskinlarga;
3. Zakot yig‘uvchi kishilarga;
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |