www.ziyouz.com
kutubxonasi
17
so‘zining "unish-o‘sish" ma’nosi mana shundan kelib chiqadi. Bu go‘yo dehqonning yerga don
sochishiga o‘xshaydi. Yerga tashlangan bitta don Olloh barakot berganligi tufayli qirqta bo‘lib qaytib
kelgani kabi. Sizning qirqdan bir ulushingiz Ollohning marhamati bilan bir necha bor ko‘payib qaytadi.
Demak, zakot ibodati vositasida Olloh taolo O‘zining har bir bandasining yonini olar, rahm-shafqat
qilar ekan va bu ishni O‘zyning boy bandalari qo‘li bilan amalga oshirar ekan.
—
Zakot ibodatshing boshqa ibodatlardan eng asosiy farqi nimada?
— Bu ibodatning boshqalardan farqi shundaki, masalan, "La ilaha illalloh, Muhammadur
Rasululloh" kalimasi har bir mo‘‘min odam aytishi, tilida iqror, dilida tasdiq etishi kerak bo‘lgan
kalima bo‘lsa; namoz har bir musulmon ado qilishi lozim bo‘lgan ibodat bo‘lsa; zakot faqat boylar
uchun farz qilingan ibodatdir.
—
Unda mol-dunyosining miqdori qay darajaga yetganda kishini boy deymiz va o‘sha boy odam
nimalardan zakot berishi kerak, degan savolga javob bersangiz?
— Keling, avval savolingizning ikkinchi qismini ko‘rib chiqaylik, shunda o‘z-o‘zidan birinchi
savolingizga javob bo‘ladi.
Zakot besh narsadan berilishi farz qilingan.
Birinchisi, tasarrufdagi chorva mollari (tuya, qora-mol, qo‘y kabi)dan; ikkinchisi, oltin va
kumushdan; uchinchisi, tasarrufdagi yer maydonidan topilgan kon yoki xazinadan; to‘rtinchisi, tijorat
mollaridan (tijorat uchun olib qo‘yilgan mollarning qiymatidan); beshinchisi, dehqonlar dehqonchilik
mahsulotlaridan. Mana endi yuqorida sanalgan narsalar qaysi miqdorga yetganda ularning sohiblari
boy deb sanaladi, ya’ni zimmalariga zakot berish mas’uliyati yuklanadi, degan savolga javob beramiz.
Dinimizda bu savolga ham mukammal javob mavjud.
Arab tilida "nisob" degan so‘z bor. Buni biz "boylik chegarasi" deb tushunsak to‘g‘ri bo‘ladi.
Yuqorida aytilgan besh narsaning ham o‘ziga yarasha nisobi bor.
Avvalo, chorvador boyning zakot to‘lash tartibini ko‘rib chiqaylik. Agar chorva mollari Olloh
yaratgan o‘tloq-yaylovda bekorga (tekinga) o‘tlasalar, shunda chorva egasi zakot beradi. Ya’ni, bir
yilning yarmidan ko‘proq vaqti mobaynida chorvador boyning mol-qo‘yi yaylovda tekinga boqilgan
taqdirda, ana o‘sha mol-qo‘ydan zakot beriladi. Aksincha, qo‘lidagi yuzlagan mol-qo‘yni yonidan pul
sarflab boqadigan chorvador uchun o‘z chorvasidan zakot berish farz emas. Demak, chorvasi yaylovda
o‘tlaydigan chorvador boy qo‘lidagi beshta tuya uchun bitta qo‘yni, o‘ttizta qoramol uchun bir
yasharlik bir buzoqni, qirqta qo‘y uchun bitta qo‘yni zakot qilib kam-bag‘allarga berishi kerak. Demak,
chorvadorlar uchun nisob, boylik chegarasi beshta tuya yoki o‘tgizta qoramol, yoxud qirqta qo‘y ekan
va bu chorva bir yilning yarmidan ko‘proq vaqti davomida yaylovda tekinga o‘tlasalar zakot to‘lash
mas’uliyati paydo bo‘lar ekan. Aytilganlar zakot to‘lovchi chorvador boyligining eng kam miqdori edi.
Demak, beshta tuyadan bitga qo‘y berilar ekan, o‘nta tuyadan ikkita, o‘n beshta tuyadan uchta,
yigirmata tuyadan to‘rtta qo‘y beriladi va lekin yigirma beshta tuyadan beshta qo‘y emas, balki bitta
tuya beriladi. Mana shunday miqdorda chorvasi bor-u, lekin uni o‘z hamyonidan sarf qilib boqqan
chorvador boyning zakot to‘lash tartibi boshqacharoq va bu haqda keyinroq fikr yuritamiz.
—
Unda hozir oltin-kumush egasi bo‘lgan kishilar yoki o‘sha oltin-kumushni sotib olishga imkoni
bor kishilarning zakot berish tartibi haqida, qancha oltin-kumushi bor kishi boy hisoblanishi haqida
aytib bersangiz?
— Bu xususdaham, albatta, shariatimizning ochiq hukmi bor.
Hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning bizga buyurishlaricha, yigirma misqol oltini bor
kishi boy hisoblanadi va shundan yarim misqoli zakot qilib berilishi lozim. 20 misqol hozirgi hisobda
85 grammga to‘g‘ri keladi. Demak, kimning 85 gramm oltini bo‘lsa, shuning qirqdan birini
kambag‘allarga zakot tarzida berishi kerak.
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |