ZAKOT HAQIDA
—
Ustoz, bugungi suhbatingizni zakot ibodatiga bag‘ishlasangiz. Kundan-kunga o‘zgarib
borayotgan hayotimizda aynan mana shu ibodat haqidagi bilimlarga bo‘lgan ehtiyojimiz ortib
bormokda...
— Dini Islomning uchinchi rukni bo‘lgan zakot insonlarni nafaqat ibodatga chaqiradigan, balki
ijtimoiy hayotni ham qamrab oladigan, kishilarning bir-birlariga bo‘lgan mas’uliyatlarini ko‘taradigan
va umuman ijtimoiy hayotda adolat barqaror bo‘lishiga sabab bo‘ladigan dinimizning juda hikmatli
farzlaridan biridar. Bu ibodatning ulug‘ligi va zarurligi shundaki, shariatimiz zakot orqali
kambag‘allarning holidan xabar olib turishni boylarning zimmasiga yuklaydi. Zakot ibodatining
ahamiyati, xususan, bizning kunlarimizda — iqtisodiy qiyinchiliklar kechayotgan, kishilar boylar va
kambag‘allarga bo‘linayotgan kunlarda yanada yaqqolroq ko‘rinadi.
Olloh taolo Qur’oni Karimda zakot haqida tafsilot bilan takror va takror aytgan. Qur’onning 82-
oyatida zakot namoz bilan barobar kelgan. Ya’ni, Olloh qaerda namozni ado qiling, deb buyurgan
bo‘lsa, shuning barobarida zakotni bering, deb buyurgan.
O‘sha 82-oyatdan tashqari boshqa alohida oyatlarda ham Zakot hukmi bayon qilingan. Bu Zakot
ibodatining dinimizda tutgan o‘rni naqadar mustahkam ekanligini, uning farz amal ekanligini
dalolatlaydi.
Qolaversa, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ham o‘z hadislarida boylar kambag‘allarga
ehsonlar, sadaqotlar, yaxshilik qilishiga da’vat qilganlar.
Qur’oni Karimda Ollohtaolo O‘zining Jannati bandalari haqida, haqiqiy taqvoli kishilar to‘g‘risida:
"Ularning mol-mulklarida so‘raguvchi va (mol-davlatdan) mahrum-muhtoj kishilar uchun
(ajratilgan) haq-ulush bo‘lar" (Vaz-zoriyot-19)— deb marhamat qilgan. Demak, Olloh kimga molu
davlat bersa, o‘shaning bir qismi aniq kambag‘allarning haqi, degan z’tiqodda yashashimiz zarurligi
iymonimizga, taqvoimizga dalolat ekanligi ma’lum bo‘lada.
"Zakot" so‘zi aslida arabcha so‘z bo‘lib, "poklash", "undirib-o‘stirish" degan ma’nolarni bildiradi.
Biz Olloh taolo o‘zi omonat qilib bergan molu dunyoni poklab olib, so‘ngra undan foydalanishimiz
joiz. O‘sha molu dunyoning ozgina qismini Olloh o‘ziniki degan. Shu qism kambag‘allarga berilganda
topilgan dunyo pok bo‘ladi, deydi Olloh. Bu qism miqdori yuzdan ikki yarim foizdir yoki qirqdan
birdir.
Xuddi qozonda pishayotgan taomning ustidagi ko‘pikni olib, uni tozalab olganday, molu dunyoni
ham tozalab olish darkor.
Zakotni o‘zimizning qarindosh-urug‘larimiz, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘ylarimizga beramiz va bu
bilan o‘rtamizdagi mehr-oqibat, birodarlikni rivojlantiramiz, topgan mulkimizni poklab olamiz.
Zakot berish bilan suratda molimizning miqdori go‘yo kamaygandek bo‘lar, aslida esa, Olloh
buning nomini "zakot" deb qo‘ygan ekan, demak, boyligimiz kamaymaydi, balki, aksincha, o‘sadi.
Ya’ni, suratda molimiz kamayganday ko‘rinsa ham, Olloh bizda qolgan halol qismiga shu qadar
barakot beradiki, berganimizdan bir necha bor ko‘prog‘ini Olloh bu dunyodayoq qaytaradi. Zakot
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |