"Ellik vaqt
namoz o‘qish vazifasi bo‘ldi",.— javob berdi payg‘ambarimiz.
Shunda Muso alayhissalom: "Sizning ummatlaringiz bunga toqat qila olmaydilar. Bunday ish mening
boshimga tushgan. Mening ummatlarim ham toqat qilolmaganlar. Ular gunohkor bo‘lib qolmasinlar.
Ollohga yolboring, zora kamaytirsa", — dedilar. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz Ollohdan bir qunda
o‘qiladigan namozlar mikdorini kamaytirishni yolborib so‘radilar. Oxir-oqibat, Olloh taolo 5 vaqt
namoz farz, har bir namozga 10 vaqt namozning savobini beraman — 50 vaqt bo‘ladi, bu so‘zim
o‘zgarmaydi, deydi. Va o‘sha soatda Olloh taolo hazrati Rasulullohni mehmon qilib, boshqa
payg‘ambarlarga nasib etmagan bir holatga guvoh qilib qo‘idi. Ya’ni, Jannatning bir chetini ko‘rsatdi.
Jannatning chetida "Sidrat ul-muntaho" degan daraxt bor, deydilar. Bu bizning tafsirimizda "eng
chetdagi nilufar" deb keltirilgan (lug‘aviy ma’nosi shunday). Bu daraxt oddiy insonning tasavvuriga
sig‘maydigan darajada go‘zal daraxt ekan. Olloh taolo O‘zining Qur’onida bizga xabar beradiki, bu
daraxt Jannatning yoqasidagi Ollohdan boshqa hech kimga ma’lum emas ekan. Hazrati Rasulullohga
shu daraxt oldigacha yetish nasib etdi. Daraxtni fa-rishtalar o‘rab turar, bu joydagi Fayzi Ilohiy mislsiz
edi. Jannatning inju marvaridlar bilan to‘la ekanligi-ni, tuprog‘i mushku anbar ekanligini ko‘rdim,
deydilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam.
Shunday qilib, Jannatning bir chetini ko‘rganlaridan keyin Payg‘ambar alayhissalom Ollohga
shuqurlar qilib, Uning amri bilan Yerga bir Ulug‘ vazifani olib qaytdilar.
Islomdagi boshqa farzlar — zakot, ro‘za, haj — Yerda farz qilingan edi. Ammo namoz shu qadar
ulug‘ ibodatki, payg‘ambarimiz bu vazifani Osmonda oldilar. Bu haqda Olloh taolo Qur’ondagi "Isro"
degan alohida bir surada O‘zining suyukli payg‘ambarini mana shunday ulug‘ martabaga — Me’rojga
ko‘tarilishga muvaffaq qilganligi haqida batafsil hikoya qiladi.
Osmondagi havoni, muhitni — Jannatning bir chetini ko‘rgan Payg‘ambar alayhissalom qaytib
tushgach, Yerga sig‘may qoldilar. Nafas ololmay qoldilar. Shu payt Ollohdan ilhom bo‘lib ikki rakat
nafl namozini o‘qidilar. "Ollohu Akbar", deb namoz boshlashlari bilanoq Rasulullohga Me’rojdagi
o‘sha holat, o‘sha rohat, o‘sha orom qaytib keldi. Payg‘ambarimiz namozni bitirib, salom beriboq
aytgan gaplari shu bo‘ldi: "Innas solata me’rojul mo‘‘minin", ya’ni: "Albatta, namoz mo‘‘minlarning
Me’roji ekan, — dedilar. — Har bir mo‘‘min "Ollohu Akbar", deb namoz boshlashi bilanoq Olloh
huzurida turgan, Me’rojga chiqqan bo‘lar ekan", — dedilar.
Shunday qilib, bizlarga kunda besh bor Me’rojga chiqish, hozirgi zamon tili bilan aytadigan
bo‘lsak, kunda besh bor Ollohning qabuliga kirish nasib etdi. Namozda qay holatda turishimizni,
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |