www.ziyouz.com
kutubxonasi
14
qanday So‘zlarni aytishimiz-ni ham Ollohning O‘zi buyurdi va payg‘ambarimiz tomonidan bizga
namozning arkonlari, namozdagi vazifalar bayon qilib berildi.
Demak, har bir musulmon namoz paytida Ollohning huzurida bo‘lar ekan. Bizlarning boshqa
paytdagi iltijolarimiz, duolarimiz Xudoga, ehtimol, yetmay qolar, ammo namoz paytida qilgan duo-
iltijolarimiz Ollohga yetib boradi. Mehribon parvardigorimiz nima iltijo qili-shimizni, qaysi suralarni
va
oyatlarni o‘qishimizni, nima deb duo qilishimizni O‘zi ta’lim berdi.
Payg‘ambar alayhissalom, namoz insonning oqlanib, poklanib turishiga sababdir, deganlar. Va
yana bir muborak hadislarida, namoz Jannatning kalitidir, dedilar.
Hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallam sahobalardan so‘radilar: "Kishi o‘z hovlisidan
oqayotgan anhorda kunda besh bor cho‘milsa, shu kishida kir qoladimi?" — "Yo‘q", — degan javob
bo‘ldi. "Besh vaqt namoz o‘qigan odamda ham hech qanday gunoh qolmaydi, — dedilar janobi
payg‘ambarimiz, — har ikki namozning orasida qilingan sahvu xatolar namoz bilan yuvilib turadi".
Bu hech kimga, avvalgi dinlardagi kishilarga nasib etmagan ulug‘ bir baxtdir. Qarangki, har bir
ibodatimizga o‘n ibodat savobi yozilishi va’da qilindi. Bu baxt biz musulmonlargagina nasib etdi.
Bizlarga namoz ibodatini har joyda bemalol ado qilish imkoniyati berildi. Boshqa dinlardaga
ibodatlarga nazar tashlansa, ular muayyan jbylardagina ado etish kerak bo‘lgan ibodatlar ekanligini
ko‘ramiz. Bizning muqaddas Islom dinimizda esa namozni har joy va har holatda ado qilishimiz
buyurildi. Payg‘ambarimiz muborak hadislaridan birida Olloh taolo boshqa hech qanday bandasiga ato
qilmagan ko‘p ne’matlarni menga ato qildi. Ulardan biri shuki, menga Yer yuzini sajdagoh qilib
qo‘ydi, deydi.
Namozni sahrodami, dala-dashtdami, yo‘ldami yoxud cho‘ldami, uydami yo masjiddami — vaqti
kelib qolganda o‘qiyverasiz. Namozni tark qilishni hech qanday holatda uzri yo‘qligi ham alohida
ta’kidlandi. Ya’ni, Olloh taologa iymon keltirgan inson behush emas ekan, aqli raso va uyg‘oq ekan,
namoz vaqti bo‘lganda bu ibodatni bajarish farz bo‘ldi. Hatto kitoblarda: agar kishi kasalligi tufayli tik
turib namoz o‘qishga qodir bo‘lmasa, o‘tirib o‘qisin; o‘tirib o‘qishga ham kuchi yetmas bo‘lsa, yotgan
joyida yonboshlab o‘qisin — bu farzdir, deyilgan. Ya’ni, boshni qimirlatish bilan, ishora bilan
namozning ruku’, saj-dalarini ado qilishi mumkin. Boshni qimirlatishga ham holi yetmaydigan
insongina namoz o‘qishdan vaqtinchalik — ahvoli yaxshilanib qolguncha ozod etiladi.
Namoz o‘qiyotgan musulmonning suratini tasavvur qiling-a?! Olloh taolo insonni yaratar ekan, u
(inson) ojiz bir holatda dunyoga keladi. Sekin-asta emaklab yuradigan, keyinroq qaddi raso bo‘lib,
Olloh yaratgan boshqa barcha jonzotlardan farqli o‘laroq, tik yuradigan bo‘ldi. Bu faqat insonga nasib
etgan katta baxtdir. Mana shunday holatda inson Yaratuvchisini eslab, U Zotning far-monlarini eslab,
o‘ziga o‘xshagan insonlarga egilib-bukilavermasdan, qaddini hammaning oldida tik tugib, faqat
Ollohning oldida ta’zim qilib, faqat Uning Uziga sajda qilib o‘tishi Xudoga xush keladigan ishdir.
Bizlar bemalol tik turadigan holatimizda boshimizni egib, ona zaminga boshimizni qo‘yib, Ollohga
sajdalar qilishimiz, tavba-tazarrular qilishimiz, sajdada "Subhona robbiyal a’la" ("Men oliymaqom
bo‘lgan Parvardigorimni poklayman") deyishimiz Xudoga xush keladigan ishdir. Chunki, Xudoi taolo
otamiz Odam Atoni Yer jinsidan yaratdi va u zotdan insonlarni taratdi. So‘ngra ularni Yerda tik qilib
qo‘ydi. Keyin vaqti kelib yana o‘sha Yerga kirib ketadigan takdirni bizga ravo ko‘rdi. Ya’ni, yer bizni
o‘z "elkasida" ko‘tarib yurib, Olloh aytgan muddat tugagach, yana o‘z bag‘riga oladi. Mana shu Yer
orqali O‘zining osmonlardagi Jannatiga yetishimizni va’da qiladi. Biz insonlarga vafotimizdan so‘ng
boshqa jonzotlarga nasib qilmagan baxt — Yer-bag‘rida yotish baxti nasib qilgan. Bu bizning
insonligimiz alomatidir. Payg‘ambar alayhissalom: "Sajda insonning qismatidagi juda katta ne’mat: u
yetti a’zosi — boshi, ikki qo‘li, ikki tizzasi va ikki oyog‘ining uchlari bilan sajda qiladi. Sajdada Yerga
tegib turgan a’zolarimizga do‘zax o‘ti tegmaydi", deganlar. Ya’ni, vujudimizni poklashimiz namoz
bilan bo‘lar ekan. Sajdada Yerga tegib turgan a’zolarimiz va sajda qilingan joy Olloh huzurida "Sen
uchun va Sening buyrug‘ingni ado qilib sajda qilgan inson shudir", deb Qiyomat kunida Yer yuzining
qaerida bo‘lmaylik, guvohlik berarkanlar. Demak, namoz — hayotimizni chiroyli, insoniy holatda
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |