www.ziyouz.com
kutubxonasi
15
o‘tkazishimiz uchun mehribon Parvardigorimizning bizlarga bergan ne’mati ekan.
Haqiqatan ham kunda besh bor namoz o‘qiydigan, ya’ni kunda besh bor Ollohning qabuliga
kiradigan inson, albatta, ikki namoz oralig‘ida yomon ishlarga qadam bosolmaydi. Chunki u bir ozdan
so‘ng joynamoz ustida namoz o‘qiyman, deb o‘ylaydi. Demak, namoz har soatda insoniyliqdan,
pokliqdan chetlamasligimizga kafolat ekan.
—
Ustoz, namozning hikmatlari ko‘pki, u birgina suhbat emas, balki o‘nlab suhbatlarga ham
sig‘masligi tabiiy. Bugungi suhbatimizda o‘sha hikmatlardan ba’zi birlari usti-da to‘xtalsangiz ayni
muddao bo‘lar edi...
— Albatta, namozning hikmatlari haqida gapirmasak suhbatimiz mukammal bo‘lmas. O‘sha
hikmatlardan biri namozni jamoat bilan birgaliqda o‘qishning afzalligidir. To‘g‘ri, namozni yolg‘iz
o‘qisa bo‘laveradi, biroq uni jamoat bilan birgaliqda o‘qishning fazilati favqulodda ziyoda ekanligini
hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytganlar: "Jamoat namozi yolg‘iz namozdan 27 bor afzal
bo‘ladi".
Xo‘sh, buning hikmati nimada? Diniy kitoblarimizdan shunday javob topamiz: jamoat har bir
insonning o‘zini o‘nglashiga sabab bo‘ladi. Inson jamoatga qo‘shilganida va yaxshi, taqvoli, Ollohdan
qo‘rqadigan pok zotlarni ko‘rganida, ularga qarab turib o‘zidagi ba’zi bir qusurlarni o‘nglashga,
yo‘qotishga harakat qilib qoladi.
Bundan tashqari, namozni bir imomga iqtido qilib o‘qish — musulmonlarning bir safda turishini
ochiq ko‘rsatadigan hikmat ekan. Saflarda "Ollohu Akbar" bilangana bir holatdan ikkinchi holatga
kuchishimiz, hammamizni bir xil holatda sajda va ruku’ qilishimiz va imomning — rahbarimizning
tavsiyasi bilan namozni teng tugatishimiz biz musulmonlarning yakdilligiga, qarab turgan tara-fimiz
bir taraf ekanligiga yorqin dalolatdir.
Boshqa dinlardagi kabi uyning qaysi burchagiga but qo‘yib olinsa, o‘sha burchakka qarab
sig‘inaverish bizning dinimizda yo‘q. Bizlarga faqat Ollohning uyi bo‘lgan Ka’ba tarafga yuzlanib
turib ibodat qilish buyurildi. Bu holat ayniqsa namoz jamoat bo‘lib o‘qilganda yaqqol ko‘zga tashlanib
turadi.
Jamoat bilan namoz o‘qilganda saflarning tekis bo‘lishi dinimizda alohida ta’kidlanadi. "Agar
saflaringiz qiyshaysa, Olloh sizlarga qaramaydi", — deydilar Rasululloh hazratlari. Demak, biz
musulmonlarning bir safda turib, Haq subhonahu va taologa birgaliqda itoat qilishimiz bir-birovimiz
bilan ittifoqda bo‘lishimizni ta’minlar ekan.
Yana bir hikmat. Namozni, odatda, "Assalamu alayqum va rohmatulloh", deb tugatamiz. Mana shu
salom behuda berilmaydi. Bizlar namozni tugatganimizda ikki tarafimizda biz bilan birga namoz
o‘qigan birodarlarimizga, namozimizga rahbarlik kilgan imomimizga hamda namozimizda hozir bo‘lib
turgan Ollohning maloikalari — farishtalarga salom beramiz. "Sizlarga omonlik va Ollohning rahmati
bo‘lsin", — degan duoni qilamiz. Har bir namozxon aytadi bu duoni. Boshqa hech qaysi dinda
ko‘rilmaydigan bu hikmatning ma’nosi nimada? Buning ma’nosi — jamoat bo‘lib namoz boshlayotgan
musulmonlar orasida bir-biriga adovati, gina-kudurati bor kishilar bo‘lishi mumkin. Agar shundaylar
bo‘lsa, ular bir namozning ichidayoq o‘nglanib olsinlar-da, namozni "Sizga omonlik va Ollohning
rahmati bo‘lsin", deb tugatsin. Bu duoni xafa bo‘lgan kishi ham, xafa qilgan kishi ham aytsin. Shu
bilan ularning oralaridagi adovat tugasin. Demak, duoi xayr bilan tugal bo‘ladigan ikki rakat
namozning o‘ziyoq oralarida ixtilof bor odamlarni birlashtirib, bir-birimizning haqimizga duo
kiladigan qilib qo‘yadi. Bu holat faqat namoz jamoat bilan o‘qilganda ko‘riladi.
Namozdayin ulug‘ ne’matni bizlarga ato qilgan Parvardigorimiz bizning qilgan ibodatlarimizga
muhtoj emas. Balki o‘qiydigan namozimiz Oxiratdagi — Ollohning huzuridagi va’da qilingan Jannat
darvozalarining biz uchun ham ochilishini va Yaratganning boshqa muko-fotlariga ham musharraf
bo‘lishimizni ta’minlaydigan ibodatdir. Bundan tashqari, tahorat bilan pok kiyimda yurishimizni,
nopok yo‘l va nopok so‘zdan qochishimizni taqozo qiladigan bu ibodat bu dunyoning o‘zida ham
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |