Bog'liq Alouddin Mansur. Imomi A\'zam - buyuk imomimiz
RO‘ZA —
Assalomu alaykum, ustoz! Bergan va’dangizga ko‘ra bugun endi ro‘za ibodati haqidagi suhbatingizni tinglamoqchimiz... — Avvalo munavvar ramazon oyi haqida aytib o‘tsak. Bu oy Olloh taolo nazdida eng ulug‘ oydir.
Haq taoloning O‘zi bu haqda muqaddas kalomi orqali biddirgan. Ramazon oyining ulug‘ligi shundaki,
aynan shu oyda Qur’oni Karim nozil bo‘ladi. Olloh taolo O‘z Kitobida marhamat qiladi:
"Ramazon oyi shunday oydirki, unda Qur’on nozil bo‘lgan. Qur’on nozil qilinib, Osmondan Yerga
tushirilgan oy. Bu Qur’on odamlar uchun hidoyat bo‘lib, ya’ni yo‘lboshchi bo‘lib, mayoq bo‘lib,
to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi rahbar bo‘lib nozil bo‘lgan. Va mana shu hidoyatni, haq bilan botilni
ajratishlikning bayonoti bo‘lib nozil bo‘lgan. Sizlardan qaysi biringiz mana shu oyga guvoh bo‘lsa,