Kirish
1. Asosiy qism
1.1. kimyoviy masalalarni yechishda qo’llaniladigan metodlar
1.2. massani saqlash qonuni va unga doir masalalar ishlashda qo’llaniladigan usullar
1.3. reaksiya unumi bilan boradigan jarayonlar va ularga doir masalalar ishlash yo’llari
2.kimyoviy tenglamalar asosida masalalar ishlash
2.1. mahsulotlararo massasidan foydalanib hisoblashlar
2.2. birdaniga ikkala modda massasi kursatilgan masalalar yechish usullari
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
Ijtimoiy barqorarlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” ma’vzusidagi anjumanda so’zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida aloxida to’xtalib o’tdi va keng muloxazalar keltirib o’tdi
Sh. Mirziyoyev
KIRISH
Respublikamizda bo`layotgan ijobiy o`zgarishlar ta`lim sohasida ham ma`lum yangiliklar, tubdan o`zgarishlar bo`lishini taqazo etadi. Haqiqatdan ham, chuqur bilimli, keng dunyoqarashli komil shaxsni tarbiyalash masalasi pedogoglardan yangicha ishlash printsiplarini amalga oshirishni talab qiladi va katta ma`suliyat yuklaydi.
O`quvchilarni mustaqil ishlashi uchun sharoit yaratish, predmetga qiziqtirish, turmushda bo`ladigan hodisalarni chuqur anglatishni maktabda olingan bilimlar yordamida amalga oshirish-zamonaviy o`qituvchining vazifasi.
Kimyo predmetini o`qitishda ham o`quvchilarni mustaqil ishlashga, atrofdagi xodisalarni talqin etishda kimyoviy bilimlarni qo`llay olishga qaratmog`imiz lozim. Kimyoni o`qitishda ayniqsa guruhlarga bo`lib, mustaqil topshiriqlarni bajarish yaxshi natijalarga olib keladi.O`quvchilar mustaqil fikrlashadi, ijodiy ishlashga xarakat qilinadi, past bilimli o`quvchilar ham “yaxshi” o`quvchilar qatoriga intilishadi va bu holat sinf ko`rsatkichlarini ko`taradi.
Turli individual, guruxiy, juft bo`lib mustaqil ishlarni bajarish jarayonida o`quvchilar bilimi chuqurlashadi, malakalar hosil bo`ladi- bu maqsadga muvofiqdir.Kitob bilan mustaqil ishlashni ko`proq amalga oshirish kerak, qo`shimcha adabiyotlardan foydalanishni yo`lga qo`yamiz, krossvordlar, viktorinalar tuzishsin. Darsdan tashqari ishlarga, ekskursiyalarga,kechalar
o`tkazishni yo`lga qo`ysak yanada yaxshi, chunki kimyo –bu turmush fani va
5
uni o`quvchilar kelgusida qaysi soxani egallamasin kimyoviy bilimlarni puxta bilsa, yetuk inson deya olamiz.
Har bir dars ta`lim mazmunini joriy etilishini ta`minlovchi barcha turdagi o`qitish texnologiyalarini o`zida mujassamlashuvini taqazo etadi.
Dars o`qitish jarayonini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi o`ziga xos tashkiliy jixatni ifodalaydi va o`qitishni tegishli usullaridan foydalanishni talab etadi.
Zamonaviy dars — ma`lum yoshdagi bilim va malaka darajalari yaqin bo`lgan o`quvchilar guruxining o`quv-bilish faoliyatlarini faol va rejali bo`lishini ta`minlovchi tashkiliy jarayon xisoblanadi.
Har qanday ishning muvaffaqiyati muayyan shart-sharoitga, ishning g’oyaviy siyosiy yo’nalishiga, uni bajaruvchi malakasiga,moddiy baza va boshqa ko’plab omillarga bog’liq. Ish bajarishda bajaruvchining shu ishni qay darajada uddalay olishi muhim ahamiyatga ega. O’zining ishini metodikaga katta e’tibor bergan mutaxassisgina yaxshi natijalarga erishadi.O’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilaraga ta’lim berish, tarbiyalash va ularni ma’naviy ham dialaktik rivojlantirishidir. Har qanday jamiyat o’z oldiga ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini maqsad qilib qo’yadi. Uni amalga oshirish ta’lim sistemasini isloh qilishdan boshlanadi.Jamiyat talabidan kelib chiqib o’rta umum ta’lim maktablari fan asoslarining elementlar bilimlarini hisobiga olgan holda fan va texnikaning rivoji darajasida dunyoqarashlarini shakllantirish asosiy va ijtimoiy hayotga tayyorlash, shuningdek estetik didli, manaviy va jismonan barkamol bo’lib yetishtirishni taminlamog’i zarur.Uning tarkibiy qismlari sifatida qarash mumkin. Chunki bu sistemalar Kimyo o`qitish metodikasining psixologik asoslarini tashkil etadi. Shunga assoslangan holda Kimyo o`qitish metodikasining o’quvchilarga ta’lim va tarbiya beruvchi ularning dunyoqarashlarini rivojlantiruvchi pegogogik fan deyish mumkin.
O’quvchilarning yoshi, individual qiziqishlari, qobiliyati, jamiyat talablarini inobatga olish, fan-texnika yutiqlarini o’qitish jarayonida tadbiq etish,
o’quvchilarning har tamonlama barkamol bo’lib yetishishlarga yordam beradi. Pedogogika ilimgohlarida Kimyo o`qitish metodikasi fanining o’qitilishi talabalarning kasbiy tayyorgarliklarini dars bera olish qobiliyati, dars samaradorligini va o’quvchilar o’rtasidagi obro’-e’tibor borligini belgilab berdi.
Kimyo o`qitish metodikasi fani psixologik va pedogogik shuningdek boshqa tabiiy va ijtimoiy, gumanitar fanlar bilan uzviy bog’langan. Kimyo o`qitish metodikasiga falsafiy, siyosiy, iqtisodiy tushuncha metodlarning egallash, o’quvchilarni fikrlash xususiyatlaridan xabardor bo’lishi, hayot tajribasiga ega bo’lish lozim. O’quvchi o’z ustida ishlab doimiy ravishda bilimlarini orttirib borish, o’quv jarayonini takomillashtirib borish zarur. O’quvchilar uchun o’qituvchi faqat oddiy ma’lumot beruvchi bo’lmasdan, balki har tamonlama ibrat ham bo’lishi lozim.
Kimyo o`qitish metodikasining o’quv fani sifatida asosiy vazifani bo’lg’usi kimyo o’qituvchilarini o’rta maktabda ishlash paytida zarur bo’ladigan bilimlar va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Kimyo o`qitish metodikasi fani bo’lajak kimyo o’qitivchlariga maktabda o’zining ilmiy tarbiyaviy faoliyatini qanday tashkil etishni, bunda texnika xavfsizligini va atrof muhit muxofazasini masalalarini e’tiborga olish lozimligini o’rgatadi. Kimyo o`qitish metodikasi ma’lum ketma-ketlikda bir sistemaga solingan holda o’rganiladi. Dastlab o’rta maktab kimyo o’quv predmetining butun kursi davomida dovomatlik bo’yicha o’qitishning ta’lim berish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarining mohiyati ochib beriladi. Keyingi bosqichda o’qitish jarayonini tashkil etish bilan tanishtiriladi. O’quv kursini bu bosqichdagi struktura elementleri : o’qitish usullari, vosita va shakllari shuningdek o’qituvchining nutqi hisoblanadi, ular o’zaro uzviy bog’langan bo’lib, o’qitishning uch vazifasi nuqtayi nazardan qarab chiqiladi. . Kimyo o`qitish metodikasini o’rganish faqat ma’ruza bilan chegaralanib qolmasdan, bo’lajak kimyo o’qituvchilarda kimyoviy tajribalarini o’tkaza olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishi nazarda tutadi. Bundan tashqari ularga maktab darsturidagi ma’vzularni o’rgatish, hisoblashga oid masalalarini yechish,
darslarini rejalashtirish va o’tkazish malakalari beriladi.
1. Asosiy qism
1.1. kimyoviy masalalarni yechishda qo’llaniladigan metodlar
Masalalar yechish - o’quvchilarning kimyoviy jarayonlarni o’rganishda logik o’ylash qobiliyatlarining rivojlanishiga va kimyoviy bilimlarni o’zlashtirishi maqsadiga erishishi kerak.
Muammoli vazifalarni usuli-wquvchilarga-muammoli vaziyatlarni va ularning faol bilish faoliyatini tashkil etishga asoslangan usuldir. U aniq vaziyatlarni taqlil qilish bah’olash va keyinchalik qaror qabul qilishdan iborat.
Bu usulning yetakchi funksiyalari:
o’rgatuvchi: bilimlarini aktuallashtirishga asoslangan:
rivojlantiruvchi; taxliliy tafakkurni alohida faktlar orqasidagi hodisa va qonuniyatlikka ko’ra bilishni shakllantirish;
tarbiyalovchi; kommunikativ ko’nikmalarni shakllantirish.
Muammoli vazifalardan foydalanish usuli bizga, materialni o’quvchilar uchun aktualroq qilish, nazariyani amaliyot bilan bog’lash imkonini beradi. Muammoli vazifalar usuli o’quvchilarning mustaqil ishlarni murakkablashtirishga, asoslangan: ilmiy tushunchalarni amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish asosida yotgan u yoki boshqa materialni chuqur tah’lil qilishga asosidan. Muammoli vazifa hayotdan alingan faktlarni, ma’ruza va vaziyatlarni o’rganishdan alohida odamlar va tashkillashtirish manfaatlarni ko’zlashdan iborat bo’lishi mumkin. Lekin kech bo’lsa ham vazifa biz o’quvchilarga taklif etgan muammo ko’rinishida bo’lishi lozim.
Agar, siz shu usulni qo’llashga qaror qilgan ekansiz, avvolambor muammoli vaziyatlarni yaratish usullarini bilan tanishib chiqishni maslahat beramiz:
siz o’quvchilarni qarama-qarshilik tamon olib borasiz va uning echimini
mustaqil ravishda o’zlarini topishlarini taklif etasiz;
amaliy faoliyatda duch keladigan qarama-qarshiliklarni malum qilasiz;
bir savolga turli nuqtai nazardan qarashlarini bayon qilasiz;
o’quvchilarga xodisalarni turli vaziyat orqali ko’rib chiqishni taklif etasiz(masalan, huquqshunos, moliyachi, o’qituvchi va hokazo.
o’quvchilarni siz taklif qilgan vaziyatni taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga faktlarni solishtirishga davat etasiz:
aniq savollar qo’yasiz (umumlashtiruvga, asoslovga, aniqlashga mantiqiy fikr kiritishga),
muamoli nazariy va amoliy vazifalarni belgilaysizlar masalan itlimiy tekshirish)
muammoli vazifalarni qo’yasiz (masalan, ortiqcha yoki etarli bo’lmagan dastlabki malumatlar bilan. Bilib qilingan xatolar bilan belgilangan vaqt ichida, ruhiy sustkashlikni yengish va hokazo)
Vazifaning murakkabligi (vaziyat, «plyus» muammo) tabiiyki o’quvchilar saviyasiga mos kelishi kerak. Ular yechimni topishga qodir bo’lishlari kerak. Agar tanishtiriluvchi material juda katta bo’lsa, ular barcha ma’lumotni qabul ham qila olmaydilar, yecha olmaydilar ham. Omadsizlikka yo’liqqach o’quvchilar barcha motivatsiyani yo’qotadilar.
Muammoli vazifani ishlab chiqish katta mehnat talab qiladi. Odatda, o’quv guruhida vazifani bir necha marta sinovdan o’tkazgandan keyingina qulay variantni tuzish mumkin. Shunga qaramay, bunday vaziyatlar nazariyani amoliy vaziyat bilan bog’lashga imkon beradi. Bu o’quvchilar ongida o’qishni muh’imlashtirishga olib keladi, ularga o’rganilayotgan materialni amoliy foydasini tushunib etichga yordam beradi.
Loyihalash usuli balki va malakalarni, tahlil qilish va baholashni amoliy qo’llashni nazarda tutuvchi bilimning majmuaviy usulini amolga oshiradi. Boshqa usullarga qaraganda, u usulda o’quvchilar rejelashtirishda, tashkil qilishida, tekshirishda, tahlil qilishda, va bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko’proq ishtrok etadilar.
Loyihalashlar usuli talim berishda faqat natijalar emas, balki jarayonning o’zi ko’proq qimmatliroqdir loyiqa individual bo’lishi mumukin, lekin odatda har bir loyiha o’quv guruhining birgalikdagi faoliyatning muvofiqlashtirilgan natijasidir.
Loyiha har bir fanga oid, fanlar orasida yoki fandan tashqari bo’lishi mumkin. Agar mo’ljallangan tili-odatda, bu maqsad hisoblanadi korxonada ratsional foydalanilsa, u holda odatdagidek natijalar hujjatlashtiradi. Bunga misol bo’lib tasvirlash haqidagi hisobot (loyiha sifatida) yoki dasturlashtirilgan ta’minoti o’zgartirish bo’yicha hujjatlar xizmat qiladi.
Loyiha ustida ishlash jarayonida sizning faoliyatingiz quyidagilardan iborat bo’ladi
o’quvchilarga axborat qidirishiga yordam bering
o’zingiz axborat manbai bo’lishingiz
butun jarayoni muvofiqlashtirishingiz
o’quvchilarni quvvatlashingiz va taqdirlashingiz
uzluksiz qator aloqani qo’llab quvvatlashingiz
-loyihali ta’lim berish o’quv jarayonini aktuallashtiradi chunki u shaxsga yo’naltirilgan
juda ko’p didaktik yondashuvlardan foydalaniladi
o’zini-o’zidan motivlaydigan, bu ishga qiziqish va jalb qismini uning bajarishiga qarab ortishi demakdir
o’zing va o’zgalarning tajribasidan kelib chiqqan holda va aniq ishlarda o’rganishga imkon beradi.
o’z mehnatlari samarasini ko’rib turgan o’quvchilarga qoniqish keltiradi. (inglizchadan: pin mustahkamlash: board doska).
Bu o’qitish uslubining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o’quv suhbati mamaliy usul bilan bog’lanib ketadi. Uning afzallik funktsiyalari- rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: o’quvchilarda muloqot yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mah’orati mantiqiy va tizimli fik yuritish mahorati mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi.
Buni ish yuzasida oshirish uchun masalaning o’zin echib qo’ymastan, shuning bilan birga uni yechish ning usullarini tanglash zarur. Masalani yechish ning
usullarini tanglashning ahamiyati bor. Masalalar yechish usullarini tanglash urganiladigan jarayonning fizikaviy manosini ochib berishga mumkinchilik tug’dirish mumkin. Bir qancha vaqtlarda o’quvchilar masalalar manosiga tushunmastan, avvallari yechilgan ulgilar buyicha mexanikravishda yechish ga intilganligini o’tkazilgan tajribalar ko’rsatadi.
Shuning bilan bir qatorda masalalar yechish ga ko’p o’quvchilar kerakli darajada diqqat bo’lmaydiganligidan kelib chiqadi.
Masalalarni yechishning usullarini tanlashda o’quvchilarning matematikadan o’zlashtirgan bilimlarini yodga tushirish zarur.
Kimyo bo’yicha masalalarning ko’pchiligini yechish uchun o’rta maktab rejasida:
proporsiyalarni yechish ,
birlikka keltirish,
bir noma’lumli algebraik tenglama tuzish bo’yicha olib boriladi.
Ayrim vaqtlar metodik adabiyotlarda kimyoviy masalalarni tayyor formulalar bo’yicha yechish ni tavsiya etadi. Tayyor formulani foydalanish, jarayonning fizikaviy manosini ochib bera olmaydi va hisoblashlarni itiborsizlik bilan yechish ga olib keladi.
Hozirgi vaqtda kimyo sanoatining ko’pgina sohalarida hisoblashlarning grafik metodidan foydalaniladi.
Masalalarning shartini yozib ko’rsatish har bir o’qituvchi o’zicha yechadi. Ko’pchilik o’qituvchilar reaksiya tenglamasi bo’yicha stexiometriaviy hisoblashlari bor masalalarni qo’yidagicha ko’rsatadi. Masalaning sharti bilan tanishib olib, reaksiya tenglamasini yozadi, undan keyin formulaning tepasiga moddaning massa miqdorini, formula ostiga atom va molekulaviy massasini qo’yib chiqadi. Topishga tegishli bo’lgan moddaning massa miqdorin X harfi bilan belgilanib, masala yechiladi.
Misol. Ishida 27 g xlorli mis bor eritmaga 12gr temir qo’chiladi. Bunda necha gramm mis bo’linib chiqishi mumkin?
Bu masalani ishlash uchun birinchidan kimyoviy tenglamani yozib:
CuCl2 + Fe FeCl2 + Cu
Temir massasi asosida ajralib chiqadigan mis massasi hisoblanadi:
56------------64 x= x=13,7gr
12-------------x
Masalaning shartini ko’rsatishning bunaqa usuli yakka xarkterga ega bo’ladi va u faqat reaksiya tenglamalariga asoslangan holda ishlatiladi.
Kimyo bo’yicha masalaning shartini yozuvdagi kamchilik, bitta ulgining bo’lmasligi.
Shuning bilan birga, o’quvchilar VI sinftan boshlab fizikani o’rgan o’tirib, masalaning shartini ma’lum bir formada yozish va har hil o’lchamlarni harflar bilan belgilashni o’rganadi.
Masala shartini harflar yordami bilan oddiylashtirib yozish, masalaga ko’rgazmalilikni beradi va uni yechish ga ma’lum bir darajada yordam beradi.
Maktablarda belgilarni qisqartib yozilishlarining qo’yidagi usullarini tavsiya etish mumkin:
elementning atom massasi Ar
moddaning molekula massasi Mr
elementning gramm-atomi g-a
moddaning gramm-molekulasi g-m
moddaning gramm bilan ko’rsatilgan massasi m
gazning hajmi V
vodorod bo’yicha gazning zichligi dn
havo bo’yicha gazning zichligi dv
protsentlik miqdori %
moddalarning gramm-ekvivalenti g-ekv
eritmaning molyarligi 1M
eritmaning normalligi 1N
Agar o’qituvchilarda kimyo bo’yicha masalalar kitobi bo’lsa, unday vaqtda tejash maqsadida masala shartini qisqartib yozish bilan cheklanishga bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |