Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
a’yonlar endi u in’om qilgan barkashdagi tangalarga hirs bilan changal solishdi. So‘ng 
yangi podshoning in’omidan mamnun bo‘lib, unga astoydil egilib ta’zim qilishdi. 
Hazrat Nizomiddin podsholik zavqidan yayraydi. «Qani endi hozir yonimda Humoyun 
emas, Hamida bonu yurgan bo‘lsa!» degan istak qayta-qayta ko‘nglidan o‘tadi. 
Nizomning hazratga aylangan paytdagi obro‘-e’tibori-yu boyliklarini ko‘rgan Hamida 
undan iftixor qilishi mumkin emasmidi? Sevgan qizing sendan iftixor qilganini ko‘rsang, 
eng katta baxt shu bo‘lmasmi? 
Biroq, Nizom hozir bu baxtdan mahrum. U Hindol mirzoning odamlari yana bir hafta-o‘n 
kunda Agraga qaytishini sabr-toqat bilan kutishi kerak. Ammo hazrat Nizomiddin 
sabrsizroq. U bugun taxtga chiqqandan beri o‘zini hamma ishga qodir sezadi, qo‘lini 
qayoqqa cho‘zsa yetadiganday tuyuladi. In’om va ehsonlardan ortib qolgan oltin-u 
kumushlar yana bir aravaga yuk bo‘ladigan darajada ko‘p. Shuncha boylikka ega bo‘lgan 
odam nahotki Hamida bonuning diydoriga yetisholmay o‘rtanib yursa? Dildor og‘acha 
oltmishlarga kirgan ayol, tez yo‘l yurolmaydi, Alvarga yetib borguncha qancha vaqt 
o‘tadi! Hindol mirzo yana kuch yig‘ishtirib qaytib kelguncha... e-he, kim bor-u kim yo‘q! 
Undan ko‘ra Nizom o‘zi Alvarga jo‘nagani yaxshi emasmi? Ammo hozir u — podsho, bir 
yoqqa boradigan bo‘lsa navkar-u qo‘shin bilan jo‘nashi kerak. Hamida bonuni ko‘rish 
uchun qo‘shin tortib dag‘dag‘a qilib borsa, Hindol mirzo bilan urush qiladimi? Buni 
o‘ylashning o‘zi kulgili. 
Nizom honayi xosda yolg‘iz o‘ltirib uzoq xayol surdi-yu, oxiri Hamida bonuga maktub 
yoza boshladi: 
«Osmonimning tanho oftobi Hamida bonu! 
Ilgarigi Nizom bo‘lsam, sizga bunday maktub yozolmas edim. Siz shu vaqtgacha mening 
ilkim yetmaydigan yuksaklikda yurar edingiz. Hozir taqdir meni ham oliy bir yuksaklikka 
ko‘tardi. Balki eshitgandirsiz, Mirzo Humoyun meni o‘zlarining taxtlariga munosib 
ko‘rdilar... Qani edi, Jamna bo‘yidagi o‘sha sohilda, Zarafshon bog‘ining chetida yana 
uchrashsak. Shu vaqtgacha aytishga jur’at etolmagan muhabbatimni oshkor qilsam. 
Agar yulduzimiz bir-biriga to‘g‘ri kelsa-yu, siz rozi bo‘lsangiz, keyin to‘y tayyorligini 
boshlasak. Mirzo Humoyun bu ishda ham tantilik bilan ko‘mak berishlariga ishonchim 
komil. 
Sizni sog‘ingan Nizom». 
Hazrat Nizomiddinning nomiga maxsus shohona muhr ham o‘yilgan edi. Nizom hali 
Hamida bonu bilan biror marta maktub yozishgan emas, ular bir-birlarining dastxatlarini 
bilmaydi. Bu xatni Nizom o‘zi yozganiga qiz shubha qilmasligi uchun u imzosi yoniga 
podsholik muhrini ham bosdi. 
Endi bu xatni Alvarga kim yetkazadi? Hazrat Nizomiddin xazinachini chaqirtirib, ikki 
hamyon to‘la oltin tayyorlatdi. Bu pulga uddaburon choparlardan yollashi mumkin. Lekin 
Hamida bonuga taalluqli sirni har kimga aytib bo‘lmaydi. Juda ishonchli odam bo‘lishi 
kerak. Nizom uchun saroydagi eng ishonchli odam Humoyun edi. «Hazrat, siz Mirzo 
Humoyunga maslahat soling», dedi Nizom. Ammo hazrat Nizomiddin hamma narsani 
Humoyunga aytib yurmasdan, ba’zi bir nozik niyatlarini o‘zi amalga oshirishi kerak 
emasmi? Bironta muammoni o‘zi mustaqil yechsa nima bo‘lipti? Qancha uddaburon 
beklar, navkarlar bor. Podshoning maxfiy topshiriqlarini bajaruvchi mushriflar undan 
buyruq kutib yuribdi. Humoyun Afzalbek degan devqomat bir mushrifni ko‘p ta’riflagan, 
«osmondan yulduzni olib kel, desangiz keltirgay, ammo tegirmondan butun chiqur» 
degan edi. Hozir shu hazrat Nizomiddinning esiga tushdi. Bu yigit minglab navkarlar 
cho‘kib o‘lgan Karamnasadan sog‘-salomat suzib o‘tgan. Keyin Agraga kelgunlaricha 
Humoyunga va uning yonida yurgan Nizomga ko‘p xizmatlar qilgan. 
Hazrat Nizomiddin xufton payti xonayi xosga Afzalbekni chaqirtirdi. Ikki bukilib ta’zim 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish