Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
Lekin yo‘l chetlariga tizilib turgan xaloyiq, Nizomga hayrat aralash zavq bilan tikiladi. 
Navkarlikka odam yollaydigan tavochilar paytdan foydalanib targ‘ibot yurgizadilar. 
Sharqda Sherxon Agrani bosib olishga tayyorgarlik ko‘rayotganini, yangi podshoga botir 
himoyachilar kerakligini aytadilar. Ilgari askariy xizmatdan o‘zini chetga oladigan yigitlar 
ham endi ko‘chadan o‘tib borayotgan Nizom bilan Humoyunning bir-biriga qilgan 
yaxshiliklarini eshitganlari sari ularga yaqin bo‘lgilari va Agrani birga himoya qilgilari 
keladi. Shu sababli tavochilarning navkarlikka odam yollashi avvalgiga nisbatan ancha 
yengil bo‘lib boradi. 
Nizom bilan Humoyunning zindonlar va hibsxonalardagi odamlardan xabar olishga 
borayotganlari adliya amaldorlarini bezovta qiladi. Ammo hazrat Nizomiddin otalari 
yotgan zindonlarni ko‘rishga xohish bildirgandan keyin hech kim uning so‘zini qaytara 
olmadi. 
Tosh devorli baland qo‘rg‘on hovlisida yomg‘ir ko‘lmaklari sovuq yiltiraydi. Zindonlar 
hovli o‘rtasidagi tepalikning yonbag‘irlaridan qazilgan. Agar zindonlar tekis yerdan 
qazilsa devorlariga tosh-u g‘isht qalangani bilan yomg‘ir faslida suvga to‘lib qolar va 
odam yashashi mumkin bo‘lmas edi. Shuning uchun ularning o‘rasi suv to‘planmaydigan 
tepalik yonbag‘riga o‘yib ishlangan, mahbuslarga har zamonda non-u suv berib 
turiladigan temir panjaralar ham tepaga qarab ochiladi. Uning ustidagi shiyponcha tomi 
yog‘in-sochin tushmaydigan qilib yopib qo‘yiladi. Lekin tepalikning pastida faqat 
zindonbonlar kiradigan va juda kam ochiladigan mustahkam temir eshik ham bor. Beliga 
qilichdan tashqari qator kalitlar osib olgan zindonbegi podshoning buyrug‘i bilan ana shu 
temir eshikni ochdi. Devorlariga g‘isht qalangan nimqorong‘i yo‘lak ko‘rindi. Davtiy deb 
ataladigan chirog‘bon kiruvchilarning yo‘lini yoritdi. 
Nizom, Humoyun, Turdibek va Xo‘ja Husayn ichkariga qadam qo‘ydilar. Podshoning 
taklifiga binoan mavkab bilan birga kelgan Said Xalil tisarilib hovlida qolmoqchi edi, 
Nizom unga o‘girilib: 
— Taqsir, siz kiring, — dedi. — O‘zingiz zindonga tashlatgan odamlardan bir xabar 
olaylik. 
Rangi qo‘rquvdan oqargan Said Xalil: 
— Hazratim, tobim yo‘qroq, — dedi. 
— Taqsirni suyab olinglar, — deb hazrat Nizomiddin xos navkarlarga buyurdi. 
Barvasta navkarlar Said Xalilni ikki tirsagidan ushlab oldilar. Yana bitta chirog‘bon davtiy 
paydo bo‘ldi va yo‘lakni yoritib oldinda bordi. 
Yo‘lakning bir tomonida zindonlarga kiriladigan eshiklar ko‘rindi. Zindonbegi ularning 
qulfini ham ochdi. Eshik yo‘lakka qarab ochildi-yu, ichkaridan avval qo‘lansa hid chiqdi, 
keyin zanjirlarning shaqirlashi va odamlarning g‘ovuri eshitildi. Davtiy chiroqni eshikka 
yaqin tutdi. Nizom eshik ichkarisiga o‘rnatilgan baquvvat temir panjarani endi ko‘rdi. 
Mahbuslardan uch-to‘rttasi panjara oldiga keldi. Ulardan biri Humoyunni tanib: 
— Podsho-ku! — dedi. Qolganlar ham panjara tomonga yopirildi va hamma birdan unga 
arzini ayta boshladi. Zindonbegi: 
— Jim! Tartib bilan so‘zlanglar! — deb shovqinni bosdi. 
Nizom otasi bilan zindonda bir yil yotgan va unga qadrdon bo‘lib qolgan uchta odamning 
nomini yozib kelgan edi. Otasi unga: «Shu odamlar nohaq qamalgan, men bo‘lgan 
voqeani batafsil eshitganmen, gunohlari yo‘qligiga kafilmen!» — degan edi. Nizom 
sallasining qatidan o‘sha qog‘ozni oldi-da, unda yozilgan nomlardan birini aytib, 
hindchalab so‘radi: 
— Sekrilik Muni Das bormi? 
— Bor! Muni Das men bo‘lamen, sohib! 
Oq oralagan o‘siq soqoli og‘zini bekitib turgan zanjirband mahbus temir panjarani 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish