Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
237
shunday shuhrat qozondiki, ota tez kunda mamlakatning eng mo’tabar mo‘ysafidiga 
aylandi. Uni bir ko‘rishga ishtiyoqmand odamlar ko‘payib ketdi. 
Chaqaloq uch oylik bo‘lguncha Akbar uni Salim otaning uychasi yonidagi bahavo joyda 
saqladi. Man Sinx boshliq ko‘riqchilar begona odamni bu tomonlarga o‘tkazmay turdi. 
Lekin Jodha Bay bolasi bilan Agraga qaytib ketgandan so‘ng soqchilar ham ketdi-yu, 
Salim otaning uyiga ziyoratga keluvchilarning keti uzilmay qoldi. 
Rivoyat va afsonalar qon-qoniga singib ketgan odamlar Salim otaning Xo‘jai Xizrligiga 
ishonib, uning etagini ko‘zlariga surishar, farzandsizlar undan farzand tilar, kasalmandlar 
— shifo, baxtsizlar baxt so‘rar edi. 
— Shifoni ham, baxtni ham sizlarga tangrim bersin! — derdi Salim ota. — Men ham 
sizlarga o‘xshagan osiy bandamen, Xizr emasmen! 
Lekin bu gaplarni kamtarlik hisoblab, ba’zilar uning oyog‘i tagiga o‘zini tashlashar, ba’zi 
badavlat odamlar hamyon to‘la pul yoki qimmatbaho gilamlarni nazr-niyoz qilishar, 
Salim ota: 
— Olmaymen! — deganiga qaramay, eshigining og‘ziga qimmatbaho narsalarni tashlab 
ketishar edi. 
Osuda va kambag‘alona hayotga o‘rgangan Salim ota buning hammasidan qattiq 
hayajonga tushardi. Selday yopirilib kelayotgan ziyoratchilardan o‘zini qanday himoya 
qilishini bilmay yuragi gursillab urar, majruh tanasi shuhratning og‘ir yukiga bardosh 
berolmay zirqirab og‘rir, kechalari uyqusi o‘chib ketar, kunduzlari ishtahasi o‘lib, durust 
ovqat ham yemasdi. 
Hut kirganda Akbar uni ko‘rgani keldi-yu, Salima begimning ham bo‘yida bo‘lganini, agar 
ota rozilik bersalar, uning kulbasiga ko‘chib kelmoqchi ekanini aytdi. 
— Qaytaga, sizning qo‘riqchilaringiz bor paytda tinchroq edim, — dedi Salim ota. — Har 
xil boy-u savdogarlar nazr-niyoz ko‘tarib uyimga bostirib kelolmas edi. Nasibam shu 
ekan, endi men sizning himoyangizga muhtojmen, begimni olib kelavering. 
Bu gal Akbar Salim otaning kulbasi yoniga uchta chodir tikdirdi. Ulardan birida Salima 
begim doya kampiri bilan, birida Akbar, birida Hamida begim kanizi bilan yashay 
boshladi. 
Ota Salima begim bilan she’rxonlik qilishni yaxshi ko‘rardi. Ular goh Jaloliddin Rumiy 
masnaviylaridan, goh Hofiz va Navoiy g‘azallaridan navbatma-navbat yod aytishib, vaqt 
qanday o‘tganini sezmay qolishar edi. 
Issiq oylar, chang ko‘tarib esuvchi shamollar o‘tib, yomg‘ir fasli boshlangan javzo oyida 
Salima begim ham o‘g‘il tug‘di. Shu kunni sakkiz yildan beri zoriqib kutgan juvon 
sog‘lom va miqti chaqalog‘ini birinchi marta bag‘riga olib emizar ekan: 
— Shukur, endi murodimga yetdim, — deb shivirladi. — Otini Murod qo‘ysinlar! 
Akbar bu gal ham ota-bobolar udumiga rioya qilib, chaqaloq qirq kunlik bo‘lguncha 
ikkinchi o‘g‘ilning otini Murod qo‘yishga rozi ekanini ayttirib yubordi. Xushxabar olib 
borgan Qilichxon Andijoniy suyunchisiga bosh-oyoq sarupo oldi. Akbar undan Salima 
begimga gavhar uzuk sovg‘a berib yubordi. 
* * * 
Akbar uchun Sekrining jozibasi tobora ortib borardi. Sekri tog‘ining sarin shabadasi, 
moviy ko‘lining salqini, Bog‘i Fathdan qaynab chiqib turgan buloqning zilol suvi va bir 
emas ikki o‘g‘li tug‘ilgan joylar uni o‘ziga ohanraboday tortardi. Endi Agrada ko‘p turgisi 
kelmas, iloj bo‘ldi deguncha, Sekriga yo‘l olardi. Choparlar, mulozimlar, bek-u a’yonlar 
Agra bilan Sekri orasida mokiday qatnashardi. Axiri bir kun Akbar eng nufuzli amirlarni 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish