Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
240
kelgandir? 
Bu taxmin Akbarni seskantirib yubordi. 
Salim ota ertasi kuni uzildi. 
Uni Sekri tog‘ining ustiga — yangi qurilayotgan poytaxtning markaziga dafn etdilar. 
Otaning oq marmar maqbara ichidagi qabri — Fathoboddagi birinchi sag‘ana edi. Poklik 
timsoli bo‘lgan ma’naviy otasining qabrini Akbar dengiz tubidan olingan sof sadaflar bilan 
qoplattirdi. 
F A T H O B O D, G U J A R A T 
IKKI SUIQASD 
Bundan qirq besh yil muqaddam Sekrining Bog‘i Fathida Bobur Xondamir bilan suv 
ichgan buloq hali ham yer ostidan toza qumlar bilan birga qaynab chiqib turibdi. Uning 
tiniq suvi balandga bo‘y cho‘zgan sanobar va ninb* daraxtlari orasidan shildirab 
oqmoqda. 
Suiqasddan yarador bo‘lgan Akbarni kechki payt taxtiravonda shu boqqa ko‘tarib 
keldilar... 
Bu hodisa kuppa-kunduz kuni Dehli ko‘chasida yuz berdi. Akbar otasining maqbarasini 
ziyorat qilib qaytayotgan edi. Yonida elliktacha otliq yigiti ham bor edi. Ziyoratga 
borganda u zirhli kiyim kiymas, egnida yengil oq so‘fi delagay* bor edi. 
Katta ko‘chadan o‘tayotganlarida Akbar Mohim enaga qurdirgan qizlar madrasasining 
ikki oshiyonlik binosini tanidi-yu, otining jilovini tortdi. Marhumaning xotirasi uchun shu 
yerda bir lahza to‘xtab o‘tgisi keldi. Madrasa tomonga endi yuzlangan paytda ikkinchi 
qavatning ayvonida keskin bir harakat sezildi. Yo‘g‘on ustun panasiga yashiringan 
barvasta odam yoy o‘qini Akbarning chap ko‘kragiga to‘g‘rilab otdi. O‘qni juda kuchli 
qo‘llar otgani shuvillab kelayotgan sharpasidan ham sezildi. Janglarda ko‘p yurib, bu 
sharpadagi ajal xatarini tez ilg‘ashga o‘rgangan Akbar darhol otning yoli ustiga egildi. 
Ammo panalashga ulgurmadi. Ko‘krakka mo‘ljallab otilgan o‘q u egilayotganda chap 
yelkaga shunday qattiq sanchildiki, Akbar hushidan ketib, egardan yerga yiqilib tushdi. 
Yonidagi Jalolxon qo‘rchi otidan sakrab tushib, uni yelkasidan suyab turg‘iza boshladi. 
Sijoatxon degan soqchi o‘ntacha yigiti bilan o‘q otgan odamni tutib kelish uchun yugurib 
ketishdi. Ayvonda bir ko‘ringan soqol-mo‘ylovi o‘siq devsurat yigit qizlar saboq tinglab 
o‘ltirgan xonalarga kirib yashirinmoqchi bo‘ldi. Akbarning soqchilari qiy-chuv ko‘tarib 
yo‘lakka qochib chiqqan qizlar va otinoyilar orasidan: 
— Po‘sht, po‘sht! — deb o‘tishib, o‘q otgan odamni quvib ketishdi. 
Bu orada Akbar sal o‘ziga keldi-yu, yelkasiga sanchilib turgan o‘qning jizillatib 
og‘riyotganini, iliq qon badaniga sizib oqayotganini sezdi. Jalolxon: 
— O‘q zaharlangan bo‘lishi mumkin! — dedi-yu, uni sug‘urib tashlamoqchi bo‘lib bir 
tortdi. Lekin o‘q yelka suyagi bilan et orasiga juda chuqur kirgan edi, bir tortganda 
chiqmadi. Akbar og‘riq zarbidan ihrab, rangi oqarib ketganini ko‘rgan Jalolxon o‘qni yana 
qattiqroq tortishga jur’at etolmadi. Shunda Akbarning o‘zi chap yelkasiga old tomondan 
sanchilib turgan o‘qni o‘ng qo‘li bilan shart sug‘urib olib tashladi. Ko‘zi yana tinib, qon 
qattiqroq oqa boshlaganini sezmadi. 
Xurjunda doim qonni to‘xtatadigan dori, yarani bog‘laydigan toza mato va malham olib 
yuradigan Rafiq mahram Jalolxonga yordamga yetib keldi. Ikkovlashib, Akbarning 
yarasini bog‘ladilar va qo‘ltig‘idan suyab, suv bo‘yiga, soya joyga olib o‘tdilar. 
Qizlar madrasasiga kirib ketgan yigitlar o‘q otgan davangiday bahaybat odamni tutib, 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish