Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
238
Sekrining Bog‘i Fathiga mashvaratga yig‘di-yu: 
— Poytaxtni Agradan Sekriga ko‘chirgaymiz! — dedi. — Bugundan boshlab oliy 
mahkamalar Sekrida bo‘lgay. 
Bu kutilmagan qarordan ba’zi amaldorlar sarosimaga tushdilar: 
— Hazratim, boshqa mahkamalarga bino yetishmagay, avval yangi poytaxtni qurib, 
undan so‘ng ko‘chib kelgan ma’qul emasmikin? — dedi Todar Mal. 
— Bino yetishmagan mahkamalar uchun chodirlar tikilsin! — dedi Akbar. — Bizning 
oilamiz, bolalarimiz chodirda yashaganda nechun amaldorlar yashay olmagay? 
Devoniom ham chodir shaklida tiklansin. Kerak bo‘lsa, ikki oshiyonlik chodirlar 
yasaydigan ustalarimiz bor. O‘shalarga buyurtmalar berilsin. Albatta, umrbod chodirda 
qolib ketmagaymiz, darhol yangi poytaxtning qurilishini boshlagaymiz. Uning umumiy 
rejasi qog‘ozga tushgan, me’morlarga tarhlar chizish buyurilgan. Janob Chig‘atoyxon 
Toshkandiy, siz o‘z odamlaringiz bilan bo‘lajak poytaxt atrofiga toshdan devor 
ko‘tartirgaysiz. 
Chig‘atoyxon o‘rnidan turib: 
— Bosh ustiga! — deya bu farmonni qabul qildi. 
— Janob Bhagvan Das, siz davlat mahkamalari uchun uch oshiyonlik bino qurishga 
mutasaddi bo‘lursiz! 
Bhagvan Das ham bu topshiriqni ta’zim bilan qabul qildi. Man Sinx o‘z singlisi Jodha Bay 
va uning o‘g‘li Salim turadigan ko‘shkni qurib berish majburiyatini oldi. Qilichxon 
Andijoniy podshoning devoniomi va xonayi xoslari joylashadigan qasr qurilishiga 
javobgar qilib tayinlandi. 
Shu tarzda Akbar yangi poytaxt qurilishi uchun barcha amirlari va yaqin odamlarini 
safarbar qildi. O‘zi esa bosh me’mor bo‘lib, qaysi binoning qayerga tushishi va qanday 
shaklda qurilishini belgilab bera boshladi. 
Dehlida mirzo Humoyun maqbarasi qurib bitirilgan, undan bo‘shagan minglab odamlar-u 
aravalar, yuk tashuvchi fillar va tuyalar Sekridagi qurilishga olib kelindi. Agra qal’asining 
qurilishi undan oldinroq tugagan edi. U yerda ishlab tajriba orttirgan hunarpeshalar ham 
endi Sekriga kelib ishlay boshladi. 
Barcha binolarning devorlari qizil toshdan qilinmoqda edi. Bu toshni uzoqdagi tog‘lardan 
tashib keltiradigan maxsus sangfurushlar bor edi. Ular har bir toshning bo‘yi va enini 
o‘lchab, goho vaznini katta tarozilarga qo‘yib tortib sotishardi. Yangi poytaxtni qurishga 
o‘n minglab odam jalb etilgan, hammasining toshga ishi tushardi. Shuning uchun 
Sekrida kattakon tosh bozori paydo bo‘ldi. 
Tosh ortilgan aravalarning shaqir-shuquri Salim ota turgan joylarga ham eshitila 
boshladi. Murodning chillasi chiqqandan keyin Akbar uni ko‘rishga keldi. Salima begimni 
quchib tabrikladi-da, yo‘rgakdagi bolani qo‘liga olib, oqish yuziga va tilladay tovlangan 
sochlariga qaradi: 
— Bobolariga tortibdir! Umri uzoq bo‘lsin! Begim, tilagingiz nedir? Buyuring! 
— Tilagim — Sekridan ketmaslik. Bu yerlar juda xosiyatli ekan. Jannatmakon Bobur 
bobomiz bu yerlarni yoqtirib, Bog‘i Fathni barpo etgani bejiz emas ekan. 
— Shuning uchun yangi poytaxtda Fathobod deb nom qo‘ymoqchimen, — dedi Akbar. 
— Ulug‘ bobomizning ruhini shod etadigan xayrli ish! Barcha niyatlaringizga yeting, 
hazratim! Faqat... yangi poytaxtingizda men bilan Murod uchun alohida bir go‘sha 
topilgaymikin? 
Salima begim endi haramda, kundoshlari orasida turishni istamas edi. Buni sezgan 
Akbar: 
— Siz bilan Murod uchun ikki oshiyonlik alohida ko‘shk qurdirmoqdamen! — dedi. — 
Hovlisida chorchamanlari, salqin favvoralari bo‘lgay. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish