Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
235
______________ 
* R i sh i — hindcha «avliyo» demakdir. 
* L a k sh m i — Osmon ma’budi Vishnuning xotini. Sh a k t i — Shivaning xotini.
* * * 
O‘rmon ichida Akbarning qaynisi Man Sinx boshchilik qilayotgan qo‘riqchi askarlar, 
mulozim va xizmatkorlar chodirdagi akbarlarning tinchini buzmaslikka intilishar, iloji 
boricha ko‘zga tashlanmay yurishardi. Xizmatkorlar ovqat va boshqa zarur narsalarni 
kunduz sekin olib kelib berishar, barcha xizmatlarni osoyishta va shovqinsiz qilishardi. 
Akbar har kuni ertalab nonushtadan so‘ng o‘rmon ichidagi xirgohga borib, choparlarni 
qabul qilar, kechiktirib bo‘lmaydigan davlat ishlari bo‘yicha farmoyishlar berardi. Beklar 
va a’yonlara esa Sekridagi Bog‘i Fathga kelishar, Akbar o‘n mil yo‘lni otliq bosib o‘tib, 
shu bog‘dagi ko‘shkda qabul marosimlari va mashvaratlar o‘tkazar, goho o‘sha yerda 
yotib ham qolardi. Akbar yo‘q paytda Jodha Bayning chodiriga Hamida begim kelib 
turardi. 
Begim qirq to‘rt yoshga kirib, sochlarida oqi ko‘payib qolgan bo‘lsa ham gavdasi hamon 
xipcha, yuz-ko‘zidan joziba ketmagan. Dehlida Humoyun maqbarasi oldida 
ko‘rishganlarida o‘zini pirlarday vazmin tutgan Salim ota endi mana bu o‘rmonda 
yashnab turgan tabiat bag‘rida begimni xoli ko‘rdi-yu, yuragi hayajondan gursillab ura 
boshladi. 
U Nizom bo‘lib yurgan yigit paytidagi qudratli tuyg‘ular Salim ota uchun yer tagida 
yashirinib yotgan zilziladay xatarli tuyulardi. Agar bu zilzila uyg‘onsa, Salim otaning og‘ir 
xastaliklardan so‘ng nurab turgan tanasi yer osti larzalariga bardosh berolmay to‘kilib 
tushishi hech gap emas. 
Salim ota Hamida begimni o‘zining to‘porigina kampiri bilan tanishtirdi-da: 
— Taqdirimiz shu ekan! — deb og‘ir tin oldi. 
Hamida begim Salim otani Dehlida Humoyun maqbarasi oldida o‘ziga ma’naviy padar 
deb bilib, qo‘l bergani uchun bu yerda ham unga: 
— Salim ota, — deb murojaat qildi, — kelinimiz sizning panohingizda gulday ochilib 
ketibdir. Ko‘rib sizga ixlosim ortdi. Dehlida maqbara qurilishi bitsa men ham Sekriga 
ko‘chib kelish orzusidamen. 
— Maqbarani o‘n yildan beri qurmoqdasiz, hali ham bitmadimi? 
— Toshga gul solib sayqal berish tez bo‘lmas ekan. Og‘ir yumushlar bitgan. Borsangiz 
ko‘rursiz, maqbara benihoya ulkan bo‘ldi. Sahnini uch oshiyonlik uy barobarida baland 
ko‘tardik. Gumbazi Akbarjon chizgan tarh asosida yetti oshiyonlilk binoday yuksak bo‘ldi. 
Dehli tarixida haligacha bunday ulug‘ obida qurilmagan ekan. Shuning uchun o‘n yilda 
ham bitirolmadik. 
Hamida begim hali ham Humoyunning xotirasi bilan band ekanini sezgan Salim ota o‘zini 
bosib dedi: 
— Begim, umringiz uzoq bo‘lg‘usidir, Akbardek farzand o‘stirish kamdan kam onaga 
nasib bo‘ladigan toledir. 
— Akbar uchun tangriga doim shukur qilib yashamoqdamen. Ammo balandda turgan 
odamga shamol-u bo‘ronlar shiddati qattiqroq tegarkan. Qancha qadrdonlarimizni bu 
bo‘ronlar narigi dunyoga uchirib ketdi. 
— Aytmochi, bizga xiyonatlar qilgan Afzalbek tutilgani rostmi? 
— Akbarjon aytmadilarmi? U badbaxtga qasos ancha kech qaytdi. Tili kesilib, vujudi 
parcha-parcha qilindi. 
— Afzalbekni uzun kosov qilib ishlatib, o‘zi panada turgan shayx Ansoriy hali ham 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish