Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
233
boshlab chiqdi. Hovlida qora qo‘tos sigir kavshanib turibdi. O‘ng tomondagi tekis boshoq 
tortgan bug‘doy dalasi shabadadan mayin to‘lqinlanadi. To‘g‘rida suvi ko‘m-ko‘k 
kattakon ko‘l tovlanib ko‘rindi... 
Uy ichi ozoda, ammo jihozlar kambag‘alona. Bo‘yra ustiga sholcha tashlangan. Salim ota 
Akbarni to‘rga o‘tkazib, dasturxonga to‘rtta bug‘doy non qo‘ydi. Xotini sopol kosada 
qo‘tosning qatig‘idan keltirdi. Akbar qatiqni kosaning labidan xo‘plab ichar ekan, bu unga 
behad shirin tuyuldi. U tokchadagi kitoblarga qiziqib qaradi. 
Salim ota Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy va ma’naviy»sini, Farididdin Attorning 
«Kuliyoti»ni, Xusrav Dehlaviyning «Xamsa»sini, Navoiyning «Chordevon»ini unga bir-bir 
olib ko‘rsatdi. 
— Men yiqqan yagona boylik mana shu kitoblarimdir, — dedi. 
— Siz mendan boyroqsiz, Salim ota! — dedi Akbar. — Sizdagi ma’naviy boylikni men hali 
o‘z qalbimga zarralab yig‘olganim yo‘q. Shuning uchun menga saxovat ko‘rsating. 
— Bajonidil, borimni sizga in’om etishga tayyormen. 
Akbar Salim otaning uyidan tashqariga chiqdi-yu, bu yerdagi havoning tozaligidan, 
o‘rmon, ko‘l, bug‘doyzor — hammasining go‘zalligidan, eng muhimi, otaning qiyofasidagi 
soflikdan qalbi yayrayotganini sezdi. Ruhidagi karaxtlik tarqab ketgan, olam ko‘ziga 
bolalikdagiday jozibali ko‘rinar, dilida so‘nib qolgan chiroqlar parpirab yonib ketgan, 
istiqbolga ishonch, yaxshi ishlar qilish ishtiyoqi yana uyg‘ongan edi. O‘rmondagi tabiat 
ham tiriltira olmagan ichki kuchlarni shu tabiat bilan hamkor bo‘lgan Salim otaning 
ma’naviyati tiriltirib yuborgan edi. 
— Salim ota, hech kimga aytmagan sirlarimni men sizga aytdim. Endi hech kimga 
ishonib topshira olmaydigan istiqbolimni ham sizning panohingizga olib kelmoqchimen. 
Jodha Bayning uch oylik homilasi bor. Uni ham farzand o‘rnida ko‘rsangiz. Bugun 
mening o‘lik hislarimni qayta tiriltirgan tabiat-u ma’naviyat shoyad undagi hayotiy 
kuchlarni yuzaga chiqarsa. Biz orzu qilgan zurriyod zora sizning qanotingiz ostida 
dunyoga kelsa!.. 
Akbar xotinini Salim otaning kulbasi yoniga ko‘chirtirib kelmoqchi ekanini sezgan 
mo‘ysafid podshoh-u malika bilan birga qancha sipohi, qancha kaniz-u xizmatkor bu 
yerlarga kelishini, ular bilan muomala qilish qanchalik qiyin bo‘lishini ko‘z oldiga keltirdi. 
O‘zi podsho bo‘lganda saroyda yashab ko‘rgan va uning murakkab muhitidan yurak 
oldirib qo‘ygan Salim ota Akbarning niyatidan astoydil tashvishga tushdi: 
— Hazratim, malikalarga yuzlab odamlar xizmat qilurlar. Ularga keng joy zarur. Bundan 
o‘n mil narida— Sekri tog‘i etagida Bobur bobongiz qurdirgan ko‘shk bor. Kattakon Bog‘i 
Fathga barcha xizmat-kor-u soqchilar ham joy bo‘lurlar. 
— Agar siz ham Bog‘i Fathga borib tursangiz, mayli, Jodha Bayni o‘sha yerda 
panohingizga topshirgaymen. 
— Lekin meni... ma’zur tuting. Shohlar ko‘shkiga qaytib qadam bosmaslikka ahd 
qilganmen. Qariganimda bu ahdimni buzolmagaymen. 
— Ammo shohlar ham odam-ku, Salim ota Shohlarga ko‘z tikkan balolar qanchalik 
ko‘pligini boshqalar bilmasa ham siz bilursiz. 
— Balogardon — xalqdir. Men buni onangizga aytgan edim. 
— Lekin shoh bilan xalqning orasini to‘sib turgan g‘ovlar qanchalik ko‘p! Men hali bu 
g‘ovlardan oshib o‘tolgan emasmen... Faqat siz taqdir taqozosi bilan ota-onam orqali 
dilimga yaqin bo‘lib qoldingiz. O‘zingiz ham podsho bo‘lib ko‘rgan ekansiz. Bu qanday bir 
serozor, tikanlarga to‘lgan ish ekanini bilursiz. Bugun mening dilimga qadalib turgan 
qancha tikanni siz olib tashladingiz. Salim ota, ishoning, men o‘zim uchun sizdan 
beg‘arazroq balogardon topolganim yo‘q! Shuning uchun Jodha Bayni ham qanotingiz 
ostiga olib kelmoqchimen. Ruxsat bering, shu uychangiz yoniga ikkovimiz uchun chodir 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish