Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
236
saroyda shayxulislommi? 
— Saroyda yomonlar ko‘pligi rost. Akbarjon ham ulardan bezor bo‘lgan. Lekin... o‘sha 
shayxulislomning o‘rnini oladigan yaxshi ruhoniylar qani? Siz saroyga shayxulislom bo‘lib 
borgaymisiz? 
Salim ota bosh chayqadi: 
— Bu taklifni menga Akbarshoh ham aytdilar, lekin men uzr so‘radim. Shayxulislomlik 
nedir? Diniy hokimiyat. Sadrlar suduri ham o‘zicha bir hokim. Bular odamlarni o‘limga 
hukm qilish, zindonga solish huquqiga ega bo‘lgan din peshvolaridir. Holbuki, boylig-u 
martaba eshikdan kirsa, imon-u e’tiqod tuynukdan chiqib ketgay. Shuning uchun 
ruhoniylarga hokimiyat ham, boylig-u martaba ham berilmasligi kerak. Davlat hokimiyati 
bo‘lsa bas — shuning o‘zi ham el-ulusga og‘ir yuk. Yana buning ustiga diniy istibdodning 
yukini ko‘tarish xalqni ezib yubormoqda. Men Akbarshohga maslahat berdimki, ilojini 
topsangiz, diniy hokimiyatni yo‘qoting! 
Hamida begim bu gapdan qo‘rqib ketdi: 
— Salim ota, ruhoniylar g‘ulu ko‘tarib, Akbarjonni ham dahriylikda ayblamasinlar, tag‘in! 
Siz unga bunday maslahatlarni bera ko‘rmang! 
— Berganimda ham Akbaringiz bu maslahatni olgani yo‘q. Uning xayoli hozir boshqa 
narsalar bilan band. 
— Ha, Akbarjon o‘g‘il kutmoqda. Jodha Bayga sizning dargohingiz juda xush yoqqanini 
katta kelinim Salima begim ham eshitibdir. Yana bitta chodir tikdirib, Salimani ham olib 
kelsakmikin? 
— Mening bir andisham bor, begim. Kundoshlik azobini bilursiz. Jodha Bayning ko‘zi 
yoriguncha bu azobni unga yaqin keltirmaganimiz ma’qul. 
Hamida begim Salim otaning bu andishasini o‘rinli topdi. 
* * * 
Akbar Salim otaga e’tiqod qo‘ygandan beri uning Salima begimga munosabati ham 
avvalgidan iliqroq bo‘lib qolgan edi. Bolasi turmay, farzand dog‘ida kuyib yurgan bu 
juvon oldida Akbar o‘zini qarzdor sezardi. Shuning uchun u Salimani Jodha Baydan o‘n 
mil naridagi Bog‘i Fathga ko‘chirtirib keldi. 
Jodha Bayning oy-kuni yaqinlashganda Akbar irim qilib uning oldiga bormay qo‘ydi. U 
goho ovga chiqib, o‘rmonda chodir tikdirib tunardi. 
Sunbula oyi kirganda Akbar Gvalior tomonlarga ovga ketdi. Momaqaldiroq gumburlab 
turgan yomg‘ir kechasi Jodha Bay o‘g‘il tuqqan edi. Buning xabarini oti sag‘risigacha 
loyga botgan, lekin o‘zi quvnoq kulimsiragan Ahmad Buxoriy olib keldi. Akbar suyunchi 
uchun Ahmad Buxoriyga qimmatbaho durlar qadalgan to‘nini yechib berdi. Ovchilar 
o‘rmonda surnay va naqora chalib, yarim tungacha xursandchilik qildilar. Akbar yaxshi 
niyat bilan besh yuz ming rupiy turadigan noyob bir gavhar sirg‘a olgan va uni kissasiga 
solib yurar edi. Ertasi kuni ertalab bu sirg‘ani Ahmad Buxoriyga berdi: 
— Rani Jodha Bayga buni mendan sovg‘a qilib elting. Salim ota... in’om olmagaylar... 
Borib ayting, agar ota rozi bo‘lsalar, o‘g‘limizning otini shu kishining hurmatlari uchun 
Salim qo‘ygaymiz. 
Ahmad Buxoriy ustozi Salim ota uchun quvonib dedi: 
— Olijanob yo‘l topdingiz, hazratim! Xalq orasidan chiqqan zahmatkashning ismini 
shahzodaga qo‘yish— tarixda qoladigan bir voqeadir. 
Akbarning o‘zi ota-bobolar udumiga binoan chaqaloqning qirqi chiqmaguncha uning 
oldiga bormadi. Lekin u o‘z o‘g‘liga Salim otaning nomini qo‘yganligi el-ulus orasida 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish