Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
239
— Minnatdorman, hazratim! Biz bu mas’ud kunlarga Salim otaning sharofati bilan 
yetishdik. Lekin hozir otaning darmoni ketib, eski xastaliklari qo‘zg‘ab yuribdir... 
Akbar Salim otadan xabar olish uchun uning uychasiga kirdi. To‘rda oq po‘stak ustida 
yonboshlab yotgan Salim ota o‘rnidan majolsiz ko‘tarildi. Akbar uni turgani qo‘ymay, 
cho‘k tushdi-yu, otaning egnidagi oq hirqaning etagini ko‘ziga surib o‘pdi: 
— Sizga ne bo‘ldi, Salim ota? 
— Meni muncha tavof qilmang, shoh o‘g‘lim! Kamina ham ojiz insonmen... 
Akbar uning gapiga tushunolmay yuziga hayron bo‘lib tikildi. Salim ota so‘nggi paytlarda 
boshdan kechirgan ichki tuyg‘ularini unga qanday aytishni bilmay jim turib qoldi. 
Murod tug‘ilgandan keyin Salim otaning el orasidagi shuhrati yana bir necha daraja 
oshgan edi. Hatto: «Akbarshoh Salim otaning hurmati uchun poytaxtni Agradan Sekriga 
ko‘chirgan emish!» degan ovozalar tarqaldi. «Salim ota Xo‘jai Xizr ekan» degan gapga 
ishonadiganlar ko‘payib ketdi. Minglab ixlosmandlar Xo‘jai Xizrni uchratib, eng katta 
orzularini uning o‘tkir nafasi bilan darhol amalga oshirishni istar edilar. Biroq Akbar 
qo‘ygan soqchilar ziyoratga kelayotgan izdihomni otaning uyi tomonga o‘tkazmay 
qo‘ydilar. Otaning hassaga suyanib so‘qmoqlardan piyoda yurishini biladigan 
ixlosmandlari uning yo‘lini poylay boshladi. Salim ota o‘rmon yo‘lidan o‘tib qolsa, uning 
oyog‘iga bosh urib, ezgu tilaklarini aytishar, ba’zilari qo‘y, echki yoki boshqa jonlig‘ini 
unga atab so‘yishar edi. Salim ota: 
— Meni Xo‘jayi Xizr deganlar adashgan, men ham sizlar kabi oddiy odammen! — desa 
ham qutulmas edi. Kunlar o‘tishi bilan Salim ota piyoda sayrga chiqolmaydigan bo‘lib 
qoldi. 
— «O‘t balosidan, suv balosidan asrasin» der edilar, shuhrat balosidan ham qo‘rqqulik 
ekan. Bir necha kun podsho bo‘lganimda shon-shuhratdan mast bo‘lib, bir o‘limdan 
qolgan edim. Bu gal balki... qutulolmasmen. 
— Unday demang, Salim ota! Men sizning nomingizga Sekrida bir madrasa 
qurdirmoqchimen. Hali siz uning talabalariga ma’naviyatdan saboq bermog‘ingiz darkor. 
— Shoyad shunday bo‘lsa! Mening Abdulla Niyoziy, shayx Muborak degan 
maslakdoshlarim bor edi. Adolatli davlat tuzumini orzu qilib, Bianadagi xalq harakatiga 
ishtirok etganlari uchun Abdulla Ansoriy ularni o‘limga hukm qilgan. Ammo o‘sha xalq 
harakati Sherxonlar sulolasini ichdan yemirib, otangiz bilan sizning Hindistonga 
qaytishingizga yo‘l ochgan edi. Mening hayotimdagi... eng yorug‘ kunlar ham adolat 
uchun ko‘tarilgan o‘sha Bianadagi qo‘zg‘alonga qatnashgan paytim bo‘ldi... Bu xalq 
harakati hamon so‘ngan emas. Uning cho‘g‘lari eng yaxshi odamlar qalbida hali ham 
yaltirab turibdir. Abdulla Niyoziy, shayx Muborak, uning Fayziy degan to‘ng‘ich o‘g‘li, 
Abulfazil degan o‘rtanchisi — hammalari adolatli rahbarga g‘oyat tashna. Ular Sirhind, 
Gujarat tomonlarda Ansoriydan qochib yurgan emishlar... Agar mening kunim bitsa... 
o‘shalar sizga sodiq... balogardon bo‘lg‘ay! 
Akbar Salim otaning kasali jiddiyligini sezib, saroy tabiblarini chaqirtirdi. Dori-darmonlar 
bilan otani ancha vaqt muolaja qildilar. Eski yaralarining o‘rinlari og‘rib, ota uzoq vaqt 
uyidan chiqolmay yotdi. Akbar bilan Hamida begim uni yana ko‘rishga kelganlarida: 
— Endi... rozi bo‘linglar! — dedi. 
Hamida begim uning qoqsuyak bo‘lib qolgan qo‘lini ko‘ziga surib, yig‘lab yubordi: 
— Biz mingdan ming rozimiz... Bizdan o‘tgan bo‘lsa... kechiring!.. 
Akbarning ham o‘pkasi to‘lib gapirolmay qoldi. Bu qanday shafqatsiz taqdirki, kim unga 
katta yaxshiliklar qilsa uzoq yashay olmay, o‘lib ketadi. Otasi, Bayramxon, Mohim 
enaga... Mana endi Salim ota... Shohlik hokimiyati chindan ham ota aytganday bir 
ajdaho ekan-u Akbarga qalqon bo‘lgan eng yaxshi odamlar birin-ketin uning qurboniga 
aylanmoqdami? Balki endi navbat Akbarning o‘ziga yoki onasi Hamida begimga 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish