Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
241
qo‘llarini bog‘lab sudrab chiqdilar. Uning ketidan ikkita navkar qo‘lidan tutib olib 
kelayotgan madrasa qorovuli: 
— Meni qo‘yvoring, bu Po‘lat vasvasni men kirgizganim yo‘q! — deb javradi. — Kasofati 
o‘ziga ursin! Ikkinchi oshiyonga yashiriqcha chiqqan! Men ko‘rsam uni madrasaga 
kirgizarmidim? Nomahram devona ayvonga osmondan tushganmi? Navzan billoh, be-
xabarmen! 
Ko‘zlari quturgan ho‘kizning ko‘zlariga o‘xshab qontalash bo‘lib turgan Po‘lat vasvas 
Akbarning tirik qolganini ko‘rib: 
— Sendek dindan qaytgan dahriy podshoni o‘ldirish ham oz! — deb baqirdi. — Sen nuqul 
kofirlarga yon bosding, qancha mo‘min-musulmonni o‘ldirding! Adhamxon, Aliqulixon, 
Bahodirxon mening qadrdonlarim edi. Payg‘ambar avlodidan bo‘lgan qancha sayid-u 
xo‘jalarni quvg‘in qilding! O‘zingga o‘xshagan dahriy chol Salim Cheshtiga sig‘inding! 
Meni ham o‘ldirmoqchi bo‘lib yurganingni eshitdim. Osmondan vahiy keldi! Shuning 
uchun avval o‘zingni o‘ldirmoqchimen! Vodarig‘, dushmanim hamon tirik! 
Jalolxon Po‘lat vasvasning kekirdagiga bir urib, ovozini o‘chirdi. Akbar Jalolxonga: 
— Buni tirik saqlamoq kerak! — dedi. — Vazir Jamilga eltib topshiring. Ketida kimlar 
turganini aniqlasin. 
Po‘lat vasvasning boshiga qop kiydirib, oyog‘ini ham bog‘lashdi, uni navkaralardan biri 
otiga o‘ngarib qal’aga olib ketdi. Akbarning yelkasidan boshlangan og‘riq butun badaniga 
tarqab, isitmasi ko‘tarila boshladi. Otini keltirganlarida uzangiga oyoq qo‘yolmay 
gandirakladi. Qo‘llarini qimirlatsa yelkasidagi og‘riq chidab bo‘lmas darajada zo‘rayib 
ketardi. Lekin yomon ovozalar ko‘paymasligi uchun u tishini-tishiga qo‘yib mulozimlari 
yordamida otga mindi-yu, ming azob bilan Puran qal’aga yetib bordi. 
Bu yerda tabiblar og‘riqni bosadigan dorilar berib, uni davolashga tushdilar. Har uch-
to‘rt soatda vazir Jamil kelib, Po‘lat vasvasning tergovi qanday borayotganini aytib turdi: 
— Hazratim, bu devona kimlarning qutqusiga uchib shu ablahlikni qilganini aytib 
berolmadi. Gaplari poyma-poy. Kim ilkiga o‘q-yoy bergani ham esida yo‘q. 
— Qani o‘sha o‘q-yoy? Qurolni taftish qildingizmi? 
Vazir Jamil Akbarga otilgan yoy o‘qini va kamonni keltirib ko‘rsatdi: 
— Hayriyatki, yoy o‘qiga zahar surmagan ekanlar, buni tekshirib aniqladik, — dedi. 
Akbar sog‘ qo‘li bilan kamonni aylantirib ko‘rdi. Uning ko‘zga tashlanadigan joylari 
kumush va sadaf bilan ziynatlangan, kamonning o‘zi eng qattiq irg‘ay yog‘ochidan 
qilingan edi. 
— Irg‘ay Movarounnahr tog‘larida ko‘p o‘sgay, — dedi Akbar. — Kamonni turonlik ustalar 
yasagan bo‘lmasin? 
Vazir Jamil kamonning ichki tomonida yog‘ochga o‘yib yozilgan bir yozuv ko‘rdi: 
— Siz haqsiz, hazratim! «Amali usto olim Shoshiy» deb yozilmishdir. Ob-bo, ablahlar-ey! 
Jahonga mashhur kamoni shoshiyni Po‘lat vasvasning ilkiga kim tutqizgan ekan? 
Jarohat og‘rig‘idan isitmasi ko‘tarila boshlagan Akbar vazir Jamilga shiddat qilib dedi: 
— Buni siz aniqlamog‘ingiz kerak! Vasvas qayerlarda turgan, kimlar bilan uchrashgan?.. 
Boring, eng mohir taftishchilarni ishga soling! 
— Bosh ustiga, hazratim! — deb vazir Jamil orqasi bilan yurib chiqib ketdi. 
Akbar sadaf va kumushlari nafis jilo berib tovlanayotgan kamoni shoshiyning qizg‘ish 
irg‘ay sopiga tikilganicha og‘ir o‘yga toldi. 
Bobolar yurti Movarounnahrni u tushida ko‘rganmi yoki go‘dakligida Xonzoda begim uni 
Kobuldan Farg‘ona vodiysiga, Toshkent va Samarqandga olib borib kelganmidi — buni 
aniq bilmaydi. Lekin bobosining kitobida tasvirlangan O‘shning lolalari, Andijonning 
nashvatisi, Marg‘ilonning katta dona anorlari, Isfara bodomzorlari xuddi bolalikda 
ko‘rilgan unutilmas ajoyibotlardek xotirasida aniq gavdalanadi. Akbar Samarqand-u 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish