Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
uning niyatlarini yo‘qqa chiqarib, ustidan kulish uchun ataylab shunday qildi, chamasi. 
Ammo kim kimning ustidan kulishini Alvaro Pakavira hali unga ko‘rsatib qo‘yadi! U 
Humoyundan ish chiqmasligi mumkinligini oldindan hisobga olib, eng ishonchli 
odamlaridan birini o‘tgan hafta Sherxonning huzuriga jo‘natgan. Endi bugundan qolmay 
o‘zi ham Sherxon tomonga yo‘l oladi. Navro‘z bahonasida Humoyun kayf-safo qilib
beparvo yuraversin. Alvaro Pakavira uning saroyida ko‘rganlarini, og‘a-inilar va podsho 
bilan ruhoniylar orasidagi ziddiyatlarni Sherxonga batafsil aytib beradi. Said Xalildan 
qanday foydalanishning yo‘llarini tushuntiradi. Pakavira Humoyunning barcha 
dushmanlarini Sherxon atrofiga yig‘ib, bu temuriyzodani taxtdan ag‘darmaguncha 
bugungi alamidan forig‘ bo‘lmaydi! 
Ichkarida qolgan Said Xalil ham Pakaviraga o‘xshab, podshoning masxarasidan adovat 
tuyg‘usiga to‘lib o‘tiribdi. Shuning ustiga Humoyun Said Xalilning ashaddiy raqibi Xo‘ja 
Husaynni o‘z huzuriga chorladi. 
Uzoq shimolga elchi bo‘lib ketganicha to‘qqiz yildan beri dom-daraksiz yo‘qolgan bu 
odam hali ham tirik ekanmi? Shig‘ovul ellik yoshlardagi mosh-gu-ruch soqolli, barvasta 
va ozg‘in Xo‘ja Husaynni eshikdan boshlab kirganda Said Xalil uni tanib, yuragi shig‘ etib 
ketdi. Bu o‘sha — Boburga juda yoqib qolgan va uning yordamida eng oliy diniy 
mansabni Said Xalildan tortib olmoqchi bo‘lgan Xo‘ja Husayn! U paytlarda soch-soqoli 
qop-qora, qirq yoshli norg‘ul qori edi. Endi yuzlari, pehshona va chakkalari keksalik 
ajinlari bilan qoplanibdi. Ammo qadam olishi hali ham tetik. O‘shanda Said Xalil bu 
xatarli raqibdan qutulish uchun uni g‘ayridinlar yashaydigan uzoq moskoviyaga* elchi 
qilib jo‘natishga astoydil intilgan edi. Unga qo‘l kelgan dalil Xo‘ja Husaynning xorazmlik 
bo‘lgani va yigitlik paytlarida Dashti Qipchoq orqali Moskoviyaga borib kelgani edi. 
Shayx Husaynning o‘zi ham Boburga shimoldagi qorli cho‘llar, g‘aroyib o‘rmonlar, qalin 
muz ostidan oqadigan daryolar, qish bo‘yi chana va chang‘ida yuradigan odamlar haqida 
maroqli hikoyalar aytib bergan edi. Tabiatan sayyoh bo‘lgan va yangi o‘lkalarni kashf 
etishga juda qiziqadigan Bobur Moskoviyaga elchi yuborib, hamkorlik qilish va ikki orada 
karvon yo‘li ochishni ixtiyor qildi. Said Xalil elchilikka eng munosib odam qilib Xo‘ja 
Husaynni ko‘rsatdi. 
Xo‘ja Husaynning o‘zi ham hind issiqlaridan qiynalib yurar, salqin o‘lkalarga sayohat 
qilishni istar, Moskoviyaga borib kelishda tug‘ilib o‘sgan yurti Xorazmni yana bir 
ko‘rishga ishtiyoqmand edi. Bobur elchilikka undan munosibroq odam topa olmay, hijriy 
937* yilda Xo‘ja Husaynni Moskoviya podshosiga atalgan maktub va sovg‘a-salomlar 
bilan Agradan jo‘natib yubordi. O‘sha yili kech kuzda Boburning o‘zi bedavo kasalga 
uchrab vafot etdi. Xo‘ja Husayn esa o‘sha ketganicha qaytib kelmadi. 
Said Xalil undan butunlay qutuldik deb yurganda bugun yana Xo‘ja Husayn qayoqdan 
paydo bo‘lib qoldi? Humoyun ham unga alohida ehtirom ko‘rsatib o‘rnidan turdi va qo‘l 
berdi. Odatga binoan, Xo‘ja Husayn podshohning qo‘lini tavof qilib o‘pdi-yu, birdan 
ko‘ziga yosh oldi: 
— Hazratim, sizni ko‘radigan kun ham bor ekan! 
— Mavlono, nechun bunchalik hayal qildingiz? To‘qqiz yil bo‘ldimi? 
— Butun to‘qqiz yilim sarson-u sargardonlikda o‘tdi, amirzodam! Borishda Eron-u 
Kavkaz orqali ketsam bo‘lar ekan. Tug‘ilgan yurtimning mehri tortdi-yu, Murg‘ob 
daryosidan o‘tib, Xorazm orqali borajak bo‘ldim. Lekin Marida shayboniyzoda 
sultonlarning ilkiga tushib qoldim. Boburshohning nomini eshitsa to‘nlarini teskari 
kiyadigan johillar bor-budimni musodara qilib, o‘zimni zindonga tashladilar. Endi tirik 
qutulmasman deb o‘ylagan edim. Xayriyatki, xorazmlik qarindoshlarim xabar topib 
kafilga oldilar. Xorazmdan Moskoviyaga karvon qatnovi to‘xtab qolibdir. shuning uchun 
Xurosonga qaytib kelib, Mozandaron orqali Kavkazga bordim. Hamma joyda yurt 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish