Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
shohnishinga qarab o‘ta boshladi. Shunda Humoyun o‘ng tomonda turgan Bayramxonga 
imo qildi. Bayramxon beklar safidan chiqib, mehmonning yo‘lini to‘sdi. Pakavira miltiqni 
ikki qo‘llab Bayramxonga topshirdi-da, orqasi bilan yurib, avvalgi joyiga chekindi. 
Bayramxon Humoyunning ishorasi bilan miltiqni uning oyog‘i tagiga ko‘ndalang qilib 
yotqizib qo‘ydi. 
Humoyun elchiga qarab: 
— Janob Pakavira, — dedi. — Biz Farangiston ustolarining mehnatlarini e’zozlaymiz, 
navro‘z kuni bizni yo‘qlaganingiz uchun ham mamnunmiz. Biroq... bu to‘fangning o‘qini 
kimga bergansiz? 
— Hazrati oliylari, o‘q-doru solingan qutilarimiz kemada qolgan. Bu muhtasham ko‘shkka 
o‘q-dori ko‘tarib kirishdan tortindik. Agar siz xohish bildirsangiz, istalgancha o‘q-dori 
keltirib berishga tayyormiz! 
— To‘fang-u o‘q-dori bobida farangilar bahodirshohga ham ko‘p saxovat ko‘rsatgan 
edilar. Gujarotdagi janglarda Bahodirshohning odamlari bizning ne-ne bek-u 
navkarlarimizni farangi to‘fanglardan otib o‘ldirganlari hali yodimizdan chiqqan emas! 
— Hazrati oliylari, Bahodirshoh bizga ham dushman bo‘lib chiqdi. Unga Surat bandarida* 
ispan savdogarlari to‘fang sotganlar! O‘q-dorini ham Bahodirshoh o‘shalardan sotib 
olmishdir. 
— Janob Pakavira, Hindistonga qachon kelgansiz?.. Uch yil? Uch yildan buyon qayerda 
istiqomat qilmoqdasiz? 
— Ko‘proq Goa orolida. 
— Bahodirshoh Goa orolida yashagan farangilar bilan ittifoq tuzgan emasmidi? 
— Ammo Bahodirshoh keyin bu ittifoqni buzdi, bizga ham xiyonat qildi. Shundan so‘ng 
bizning odamlarimiz uni o‘ldirdilar. Biz endi siz bilan hamkorlik qilish orzusidamiz, 
hazrati oliylari! 
Humoyun kinoyali jilmaydi: 
— Xudo ko‘rsatmasin, agar biz ham Bahodirshohga o‘xshab jangda yengilsak, sizlar 
keyin uning kunini bizning boshimizga ham solgaymisiz? 
— Alhazar! — deb qo‘ydi Said Xalil. 
O‘ng‘aysiz ahvolda qolgan Pakavira shlyapasini u qo‘lidan bunisiga oldi-yu: 
— Hazrati oliylari, siz yengilmas bahodirlardansiz,— dedi. Biz ishonamizki, sizga qarshi 
bosh ko‘targan Sherxon ham Bahodirshoh kabi mag‘lub bo‘lgay. Siz uning ustidan 
g‘alaba qozonishingiz uchun qancha to‘fang, qancha o‘q-dori kerak bo‘lsa biz sotishga 
tayyormiz. 
Humoyun hozir qamal azobidan qiynalayotgan Chunor qal’asidagi odamlarini ko‘z oldiga 
keltirdi-yu, yuzi tundlashdi. Dengiz orqali Bangola va Dakkaga suzib borgan farangilar 
Sherxonga mana shunaqa quvuri yo‘g‘on to‘fanglar va mushket o‘qlar sotayotganini 
humoyun mushriflar* yuborgan ax-borotlarda o‘qigan edi. Qamaldagilarni tutday to‘ka-
yotgan bu xatarli o‘qlar hozir uning oyog‘i tagida yotgan oltin tepkili to‘fangdan ham 
otilishi mumkin. Dengiz bo‘ylaridagi viloyatlarning roja va maharojalari ham farangi 
qurollar sotib olayotgani ma’lum. 
— Siz farangilar, qurol sotib sarmoya orttirish bilan qanoat qilsalaringiz koshki edi! — 
Humoyun elchiga ko‘zini qadab gapirdi: — Biroq Bangola orqali Sherxonga qurol 
yetkazib berayotganlar bizning saltanatimizni egallash ilinjidadir! 
— Hazrati oliylari, Dakka orqali qurol-yarog‘ sotayotganlar biz emas, balki inglizlardir! 
Ingliz savdogarlari bizga ashaddiy raqibdirlar! Biz, portugaliyaliklar, sizga faqat yaxshilik 
istaymiz! 
— Shaxsan siz to‘g‘ringizda yomon so‘z aytmoqchi emasmen, janob Pakavira! Siz hozir 
biz uchun hurmatli mehmonsiz. Ammo hindistonga kelgan boshqa farangilar 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish