Mosh (Phaseolus aureus Piper. va oxirgi klassifikatsiya bo‘yicha Vigna radiata (L.) Wilczek) keng dunyoda tarqalgan ekin bo‘lib, u ozuqa uchun qimmatli ekin hisoblanadi. Mosh donida 24,8% oqsil, 1% moy, 3,5-4,5% kletchatka, 4,5-5,5% kul i 62 -65% uglevodlar, 50,4% karbon suvlari, 1,5% moyli kislotalar, А, В1,В2, В3, В6, В9, С, Е, К darmon dorilari, natriy, fosfor, kaliy, magniy, tnir, mis, ruh mineral moddalari va antioksidantlar mavjud.
Mosh tuproq unumdorligini yaxshilaydi, uning ildizlarida vegetatsiya davomida azot yig‘uvchi bakteriyalar to‘planadi. Vegetatsiya davrida ob-havoning qulay sharoitlarida u gektariga 200 kg miqdorigacha azot to‘plashi mumkin. Shuning uchun mosh ildizlarini yerda qoldirib yerni haydash tavsiya etiladi.
Mosh qurg‘oqchilikka chidamli, resurstejamkor ekin, uni yetishtirishda katta xarajat talab etilmaydi. Almashlab ekish tizimida mosh yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Mosh boshoqli don va sabzavot hamda boshqa ham qator ekinlardan keyin takroriy ekin sifatida ishlatilishi maqsadga muvofiqdir. Mosh ekini deyarli barcha o‘zidan keyin yetishtiriladigan ekinlarning hosilini oshiradi va barcha qishloq xo‘jalik ekinlari bilan yaxshi uyg‘unlashadi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda fermerlar tomonidan O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti Butunjaxon Sabzavotchilik Markazi bilan hamkorlikda yaratilgan yangi navlarni yetishtirishni afzal ko‘rmoqdalar.
Moshning "Durdona", "Zilola", "Marjon" va "Turon" yangi navlari O‘zbekiston Respublikasi xududida yetishtirish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlarining Davlat reyestriga kiritilgan. Bu navlar bahorgi va yozgi ekish mavsumlarida ekishga yaroqli bo‘lib, ulardanyuqori hosil olish mumkin. Ular industrial tipidagi navlar bo‘lib, mexanizatsiya usulida hosilni yig‘ishga yaroqlidir. Moshdan oziq-ovqat xilma-xilligi uchun turli taomlar tayorlash mumkin. Asosiy va takroriy ekin sifatida moshni yetishtirish ekinlar diversifikatsiyasiga yordam beradi va qisqa davr ichida daromad keltiradi. Mosh ishlab chiqish sanoatini rivojlantirish fermerlarning daromadini va aholining farovonligini oshirish uchun mahalliy bozor va eksport potensialiga yo‘naltirilgan istiqbolga egadir.
" Durdona" navi - O‘simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan va 2011-yilda Davlat reyestriga kiritilgan. Tezpishar nav (70 kun). Tezpisharligi jihatidan respublikada navning analog lari yo‘q. Nav issiqqa va kasalliklarga chidamli, o‘rta sho‘rlangan yerlarda yetishtirish uchun mos. O‘simlik tik o‘suvchan, yarim tarvaqaylagan poyaga ega bo‘lib, bo‘yi 50-60 sm. Poyasida 30 dona va undan ortiq dukkaklar shakllanadi. Har bir dukkakda 8-9 dona urug‘ mavjud. 1000 dona urug‘ vazni- 60 g. Doni to‘q zaytunrang tusda.
Dukkaklari poyasining ustki qismida shakllanishi terim jarayonini yengillashtiradi. Dukkaklarining birinchi yig‘imi maysalarning paydo bo‘lgandan 40-45 kundan so‘ng amalga oshirish mumkin. O‘simlikdagi dukkalar dalada chatnab ketmaydi, shu munosabat bilan xosil yig‘imi dukkaklarining to‘liq yetilishi davrida amalga oshiriladi. O‘simlikdagi yetilgan dukkaklari to‘q jigarrang yoki qora tusda bo‘ladi. Intensiv tipdagi nav, kombaynda yig‘ish uchun yaroqlidir. Xosildorligi-21,0 22,0 - s/ga.
"Zilola" navi-O‘simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan va 2008-yilda Davlat reyestriga kiritilgan. Nav issiqqa va kasalliklarga chidamli, o‘rta sho‘rlangan yerlarda yetishtirish uchun mos. Vegetatsiya davri 95 kun. O‘simlik tik o‘suvchan, bo‘yi 60-65 sm, poyasida 35 dona va undan ortiq dukkaklar shakllantiradi. Xar bir dukkakda 10-12 dona urug‘ shakllananadi. 1000 dona urug‘ vazni- 72 g. Doni to‘q zaytunrang tusda. Dukaklari poyasining ustki qismida shakllanishi terim jarayonini yengillashtiradi.
Dukkaklarining birinchi yig‘imi maysalarning paydo bo‘lgandan 60-63 kundan so‘ng amalga oshirish mumkin. O‘simlikdagi dukkalari dalada chatnab ketmaydi, shu munosabat bilan xosil yig‘imi dukkaklarining to‘liq yetilishi davrida amalga oshiriladi. O‘simlikda pishgan dukkaklar to‘q jigarrang yoki qora tusda bo‘ladi. Intensiv tipdagi nav, kombaynda yig‘ish uchun yaroqlidir. Xosildorligi- 25,5-27,0 s/ga.
Do'stlaringiz bilan baham: |