Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Lekin Said Xalil bunga yo‘l qo‘ymaydi! U diniy hokimiyat podsho saltanatidan baland 
turishini isbot etmog‘i kerak. 
Said Xalil chora izlab atrofiga qarar ekan, ko‘shkda o‘ltirganlardan najot topolmasligini 
sezdi. Faqat Laxo‘rdagi Komron mirzo va Chunor qal’asini qamal qilayotgan Sherxon 
Said Xalilni murodiga yetkazmog‘i mumkin. Humoyun Said Xalil bilan o‘z 
munosabatlarini shu darajada keskinlashtirdimi, endi uning jazosini Sherxon bermog‘i 
lozim. Sherxon bundan o‘ng yil burun Bobur xizmatiga kirganda Said Xalilga qo‘l berib 
murid bo‘lgan edi. Keyingi yillarda oralari uzoqlashib ketgan bo‘lsa ham, Sherxon 
haligacha uni unutmagan ekan. O‘tgan hafta Sherxonning savdogar qiyofasida Agrada 
yurgan xufiyasi Said Xalilni jome masjidida xoli topdi. Unga Sherxon nomidan oltin 
shamdon sovg‘a qildi, so‘ng maxfiy maktub topshirdi. Maktubda Sherxon Said Xalilni 
«piri buzrukvor» deb ulug‘lagan, o‘z yurti Bixarga taklif etgan va eng oliy diniy peshvolik 
lavozimini va’da qilgan edi. Said Xalil Agrada ham diniy peshvo bo‘lgani uchun, poytaxtni 
tashlab ketishga ko‘ngli bo‘lmayapti. Endi agar Humoyun uning o‘rniga Xo‘ja Husaynni 
diniy peshvo qilib ko‘tarish harakatiga tushsa Said Xalil jim qarab turmaydi. Darhol 
Sherxonning maktubiga javob yozib, o‘sha xufiya orqali Bixarga jo‘natadi, Humoyunning 
zaif joylari nimada ekanini Sherxonga bir-bir ma’lum qilib, uning g‘alabasiga 
ko‘maklashadi. 
Humoyun ko‘shkdagi ishlarini tugatgach, bek-u a’yonlar bilan birga boqqa chiqdi. 
Mavkab daryo chetida turgan kemalarga qarab borar ekan, Said Xalil bir chetda 
mulozimlar to‘piga qo‘shilib ko‘zlari olazarak bo‘lib turgan Alvaro Pakavirani ko‘rdi. Ko‘z 
ko‘zga tushganda uning Said Xalilga aytadigan gapi borligi sezildi. Xo‘ja Husayn 
Moskoviyadan boshlab kelgan Kalitin eng mo‘tabar mehmonlar qatorida kema sayriga 
taklif qilindi-yu, Said Xalilning himoyasidagi Pakavira bir chetga chiqarib tashlandi. Bu 
ham Said Xalilning e’tibordan qolganini, uning o‘rniga Xo‘ja Husayn ko‘tarilayotganini 
oshkora ko‘rsatmayaptimi? Said Xalil fig‘oni chiqib shuni o‘ylagan paytda boshi iskanjaga 
tushganday og‘rib, ko‘zi tina boshladi, qo‘ygan qadami istagan joyiga tushmay, gavdasi 
chayqalib ketdi. 
Daryo bo‘yidagi kemalar tomondan esa karnay vahvahasi, nog‘oralarning shodlikka to‘la 
taka-tumi eshitilib turibdi. Bu hammasi Said Xalilni battar ezdi, karnay-surnaylar omadi 
kelgan Xo‘ja Husayn uchun chalinayotganday tuyuldi. Chunki Xo‘ja Husayn hozir ahli 
davlat bilan birga eng oldinda turgan podsho kemasi «Gunjoyish»ga chiqadi. Said Xalil 
esa yana orqa qatorda — ahli saodat uchun ajratilgan ikkinchi darajali «Osoyish» 
kemasida o‘ltirishga majbur. 
Yo‘q, zinhor! Said Xalil rangi o‘chgan holda shig‘ovulga yondoshdi. Ovozi qaltirab: 
— Mening ahvolim yomon! — deb shivirladi. — Boshim aylanmoqda. Xafaqon xuruj qildi. 
Hazratim so‘rasalar ayting, faqir muolaja qilgali uyga qayturmen. 
Shig‘ovul uning ko‘karib ketgan yuziga qarab: 
— Xo‘p, taqsir, mayli, tangrim sizga salomatlik bersin! — dedi. 
Said Xalil orqasiga qaytayotganda yana Pakavirani ko‘rdi. Bahodirshohday tojdorni mahv 
etgan bu farangilar — juda katta kuch, qurollari ko‘p. Said Xalil uning Sherxon bilan 
ittifoq tuzishiga yordam bersa, ana undan keyin Humoyun shayxulislom uchun 
qaziyotgan chohiga o‘zi qulashi aniq! Said Xalil shu niyatni diliga tukkanda o‘zini birdan 
yengil sezdi, bosh og‘rig‘i ham pasayganday bo‘ldi. U bog‘ darvozasi tomonga o‘tar ekan, 
Alvaro Pakaviraga «ketimdan boring!» degan ishorani qildi. 
__________ 
* B a n d a r — port. 
* M u sh r i f l a r — qo‘shni o‘lkalarda yashirin ish olib boruvchi razvedkachilar. 
* N a s o r a — xristian. 
* M o s k o v i ya — Moskva degani. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish