Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
qo‘lidan sekin olib, o‘z qo‘liga qo‘ndirar ekan, jim o‘tirgan qush qanotlarini yoyib, qattiq 
bir talpindi. Shunda uning o‘tkir tirnoqlari qushchining qo‘lqopli qo‘lini shaxt bilan 
changalladi. Humoyun qo‘lqop charmiga tig‘day botgan tirnoqlarga qarab, Moskoviya 
qarchig‘ayining zabardast ekanini payqadi. 
Matvey Kalitinning ketidan kelayotgan xizmatkor yigitning qo‘lida yaxshilab taxlangan va 
mo‘ynasi oltinday tovlanayotgan samur* po‘stin bor edi. Sovg‘a qabul qiladigan yasovul 
uni xizmatkorning qo‘lidan olib, ichkariga kirib ketdi. 
Qo‘li bo‘shaganidan yengil tortgan Matvey Semyonovich boshidan kartuzini olib, 
podshoga ta’zim qilar ekan, uning o’siq, qo‘ng‘ir sochlari peshonasiga osilib tushdi. 
— Janob Matbiy, — dedi, — shunchalik uzoq yo‘llardan yetkazib kelgan nodir 
sovg‘alaringiz uchun sizga tashakkur. Ammo biz uchun bu sovg‘alardan ham azizroq 
in’omingiz — Xo‘ja Husaynni omon saqlaganingizdir, u bilan hamroh bo‘lib 
kelganingizdir! 
Turkiy tilni Xo‘ja Husayn yordamida o‘rgangan Matvey Semyonovich hali talaffuzda biroz 
qiynalar, ayniqsa, «h» deyolmas edi: 
— Gazrati oliylari, Go‘ja Guseynni bizning Moskvaga yuborganlaringiz men uchun-da, 
buyuk bir inam bo‘ldi. Uning sharofati bilan g‘arayib mamlakatlarni ko‘rdim. 
— Bizdan ne tilagingiz bor? Ayting. 
— Men tijorat ishi bilan kelmishmen. Agra bozorida «sen nasora» deb, boj-u xirojdan 
tashqari, molimga tamg‘a solig‘i ham soldilar. 
Humoyun vazirga yuzlandi. 
— Janob Turdibek, moskoviyalik mehmonga bizning nomimizdan yorliq bering, uning 
mollaridan tamg‘a solig‘i olinmasin, qalamravimizdagi barcha bozorlar, hamma yom 
bekatlari janob Matbiyni bizda bor imtiyozlardan bahramand qilsinlar. Chunki Xo‘ja 
Husayn uch yilda zo‘rg‘a yetib borgan uzoq Moskoviyadan bu yerga nodir mollar olib 
kelishning o‘zi bir jasoratdir. 
— Haq gap aytdingiz, hazratim,— dedi Turdibek ta’zimga bosh egib. — Farmoyishingizni 
bajonidil ado etgaymen! Toki jannatmakon otangiz niyat qilganlaridek, Hindiston bilan 
Moskoviya orasida savdo karvonlari qatnashiga imkon ko‘paysin! 
— Axir bu karvonlar faqat mol tashimagay, balki ikki oraga tanish-bilishlik rishtasini 
tortgay, — dedi Humoyun. — «Tanimaganni siylamas» degan gapning rostligini Xo‘ja 
Husaynning boshiga tushgan savdo ham ko‘rsatmishdir. Agar ikki orada bordi-keldi 
bo‘lsa edi, Moskoviya podshosi bizning kimligimizni loaqal karvon bilan kelib-ketgan o‘z 
sayyohlaridan eshitib bilmog‘i mumkin edi. Ana unda elchimizga munosabat ham 
boshqacha bo‘lur edi... Janob Matbiy, siz nasora dinida bo‘lsangiz, Iso payg‘ambarning 
ummatimisiz? 
— Ayni shunday, gazrati oliylari. 
— Undoq bo‘lsa... Said Xalil janoblari boya nasoralarning imon jihatidan bizga 
yaqinliklari haqida ko‘p mo‘tabar dalillar keltirgan edi. Endi biz ana shu dalillar asosida 
janob Matbiyni navro‘z sayliga taklif etgaymiz! — Humoyun o‘rnidan turdi va Xo‘ja Hu-
saynga qarab davom etdi: — Mavlono, siz ham ahli davlat bilan birga bizning kemaga 
marhamat qiling. Sizning shunday uzoq ellarga borib kelganingiz — tarixda qoladigan 
ulug‘ ish bo‘libdir. Endi yo‘l azoblaridan forig‘ bo‘lib, istirohat qiling! 
Humoyunning Xo‘ja Husaynga ko‘rsatgan har bir iltifoti Said Xalilning diliga go‘yo zaharli 
tikan bo‘lib qadalar va butun vujudida og‘riq qo‘zg‘atar edi. Axir Xo‘ja Husayn Said 
Xalilning ashaddiy raqibi ekanini ko‘pchilik biladi. Xo‘ja Husayn ham oqsuyak saidlardan, 
ilohiyot ilmidan tashqari dunyoviy bilimlarni yaxshi o‘rgangan, qilich taqib jang qilish 
ham, elchilik ham qo‘lidan keladi. Shuning uchun Humoyun uni Said Xalilning o‘rniga 
shayxulislom qilib ko‘tarishni jon-dilidan istab turibdi. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish