242
uning α-adrenoretseptor bilan bog’lanishi guanilatsiklazani stimullab sAMF ga xos
o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Umuman, adrenalin glyukagonga o’xshash ta’sir
ko’rsatadi. Bundan tashqari, adrenalin yurak-tomir sistemasining funktsiyasiga
ham ta’sir etadi. U yurak qisqarishlarini oshiradi, qon bosimini ko’taradi,
mayda
arteriolalarni kengaytiradi.
Buyrak usti bezining po’stloq qismi xolesterindan steroid gormonlar –
kortikosteroidlar hosil bo’ladi. Fizik ta’sirga ko’ra kortikosteroidlar uch guruhga
bo’linadi: glyukosteroidlar uglevodlar almashinuviga, mineralokortikoidlar asosan
minerallar almashinuviga ta’sir etadi va jinsiy gormonlar (erkaklarda –androgenlar,
ayollarda – estrogenlar).
Odamning buyrak usti bezlari normada glyukokortikoidlardan – kortizol
(gidrokortizon) va kortikosteron, mineralokortikoidlardan – aldosteronni sekretsiya
qiladi.
Glyukokortikoidlar sekretsiyasi kortikotropin nazoratida amalga oshadi.
Aldosteron sekretsiyasi Na
+
va K
+
kationlari bilan boshqariladi. Na
+
miqdori past,
K
+
miqdori qonda yuqori bo’lganda aldosteron sintezi kuchayadi.
Glyukokortikoidlar qon plazmasidagi transkortin α
1
-globulin bilan
bog’lanadi va shunday kompleks holatida periferik to’qimalarga tashiladi.
Glyukokortikoidlar uchun jigar, buyrak, limfoid to’qimalar,
biriktiruvchi
to’qimalar, muskullar nishon bo’ladi.
Kortikosteroidlar maxsus mRNK va tegishli oqsil sinteziga indutsirlovchi
ta’siri tajribalarda tasdiqlangan. Bunday ta’sir ularni sitozol ta’sir mexanizmiga
asoslangandir. Hozirgi vaqtda organizmda modda almashinuvini kortikosteroid
boshqaruv mexanizmi ketma-ketligi mavjudligi haqida kontseptsiya ishlab
chiqilgan:
Gormon → gen → oqsil (ferment)
Kortikosteroidlar biosintezini asosiy yo’li xolesterinni pregnenolonga
fermentativ aylanishini o’z ichiga oladi. Pregnenolon barcha
steroid gormonlarning
o’tmishdoshi hisoblanadi:
Fermentlar ikkita ketma-ket keluvchi gidroksillanish va xolesterin yon
zanjirining ajralish (izokapron kislota aldegidi sifatida) reaktsiyalarni katalizlaydi.
Murakkab oksigenez sistemasida elektron tashuvchi sifatida sitoxrom P-450
qatnashadi. Bundan tashqari elektron tashuvchi oqsil, xususan adrenodoksin va
adrenodoksinreduktaza ishtirok etadi.
Glyukokortikoidlar turli to’qimalardagi modda almashinuviga turlicha ta’sir
etadi. Mushak, limfatik, biriktiruvchi va yog’ to’qimalarida
glyukokortikoidlar
katabolik ta’sir ko’rsatib, hujayra membranalari o’tkazuvchanligini pasaytiradi va
natijada glyukoza va aminokislotalarni kirishi tormozlanadi; ayni vaqtda ular
jigarga qarama-qarshi ta’sir ko’rsatadi. Glyukokortikoidlar ta’sirini oxirgi natijasi
bo’lib, asosan glyukoneogenez hisobiga, giperglikemiyani rivojlanishi hisoblanadi.
Bundan tashqari glyukokortikoidlar yuborilgandan
keyin giperglikemiya
rivojlanish mexanizmiga mushaklarda glikogen sintezlanishini pasayishi,
to’qimalarda glyukoza oksidlanishining tormozlanishi va yog’lar parchalanishining
kuchayishi kiradi.
243
Kortizol va gidrokortizonni jigar to’qimasidagi ba’zi oqsil fermentlar
sinteziga indutsirlovchi ta’siri isbotlangan. Demak, gormon genetik axborotni
o’tkazishni birinchi bosqichi transkriptsiyaga ta’sir etib, m-RNK sintezini
tezlashtiradi.
Mineralokortikoidlar ( dezoksikortikosteron va aldosteron)
asosan natriy,
kaliy va xlor ionlarini ushlanib qolishi va kaliy ionlarini siydik bilan chiqarishini
ta’minlaydi. Aldosteron molekulasida 13 – uglerod atomida metil guruhi o’rniga
aldegid guruhi bo’lganligi uchun shu nomni olgan. Aldosteron boshqa
kortikosteroidlar orasida eng faol mineralokortikoiddir, xususan u mineral
almashinuviga ta’sir etishi bo’yicha dezoksikortikosterondan 50 – 100
barobar
faoldir.
Ma’lumki, kortikosteroidlarning yarim parchalanish davri 70-90 minutni
tashkil etadi. Kortikosteroidlar qo’sh bog’larni uzilishi hisobiga qaytariladi yoki 17
– uglerod atomida joylashgan yon zanjirini ajralishi bilan boradigan oksidlanishga
uchrab, ikkala holatda ham gormonlarning biologik faolligi pasayadi. Buyrak usti
bezi po’stloq qismi gormonlarining oksidlanishidan hosil bo’lgan mahsulotni 17-
ketosteroidlar deb ataladi. Ular oxirgi mahsulot sifatida siydik bilan chiqariladi.
Erkaklarda esa erkaklar jinsiy gormoni almashinuvining oxirgi mahsuloti
hisoblanadi.
Glyukokortikoidlar yallig’lanish, allergiyaga qarshi antiimmun faollikka ega
bo’lganliklari uchun bronxial astma, revmatoid artrit,
sachratqi, turli autoimmun
kasalliklar, dermatozlar va boshqalarni davolashda keng qo’llaniladi. Lekin
kortikosteroid preparatni uzoq vaqt qo’llash organizmdagi modda almashinish
jarayonlarini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: