238
taxminan 3-5 marta T
4
ga nisbatan kam bog’langan. Shu sababli T
3
ning biologik
effekti T
4
ga nisbatan 3-5 marta kuchliroq.
Yodtironinlarning ta’sir qilish mexanizmi. Yodtironinlar organizmning ko’p
to’qimalariga ta’sir qiladi, ammo unga nisbatan jigar, yurak, buyrak, skelet
muskullari va kamroq darajada yog’ va nerv to’qimalarida sezgirlik bo’ladi.
Tireoid gormonlar ko’proq hujayraning bo’linishi va differentsiallanishiga
hamda organizmning energetik almashinuviga ko’proq ta’sir qiladi. Ular moddalar
almashinuviga 2 tomonlama: sitozol retseptorlari orqali yadro xromosomalariga va
sAMF orqali ta’sir qiladi. Shuningdek, yodtironinlar mitoxondriyaning oksidlovchi
fermentlarini va vodorodni sitoplazmadan mitoxondriya
matriksiga tashuvchi
“mokki” mexanizmi fermentlarini faollaydi. Energetik almashinuvga ta’sir etishi
kislorodning ko’p miqdorda sarflanib, organizmda issiqlik hosil qilishi ko’rinishida
namoyon bo’ladi.
Qalqonsimon bez funktsiyasining buzilishi. Qalqonsimon bez funktsiyasining
buzilishi organizmda yodtironinlar miqdorining oshishi yoki kamayishi bilan birga
kuzatiladi.
Qalqonsimon bezning giperfunktsiyasi yoki gipertireozda juda ko’p miqdorda
yodtironin hosil bo’ladi, bunday holatlar tireotoksikoz yoki Bazedov kasalligi
nomini olgan. Bundagi kasalliklar yodtironinlarning organizmdagi intoksikatsiyasi
bilan bog’liq.
Uglevodlar va triatsilglitserinlarning tezlik bilan parchalanishi tireotoksikoz
uchun xos belgi hisoblanadi. Yog’ kislotalar, glitserin va glikoliz mahsulotlarining
tez yonishi ko’p miqdordagi kislorodni talab etadi. Mitoxondriyalar kattalashadi va
bo’kadi.
Yodtironinlarning ortiqcha miqdori quyidagi belgilarning yuzaga chiqishiga
sabab bo’ladi: asosiy modda almashinuvining tezlashishi, haroratning oshishi, vazn
kamayishi, yurakning tez urishi (taxikardiya), nerv qo’zg’aluvchanligini oshishi,
ko’zning chaqchayishi va boshqalar.
Qalqonsimon bezning gipofunktsiyasi yoki gipotireozda organizmda
yodtironinlar yetishmaydi.
Yosh bolalarda qalqonsimon bezning gipofunktsiyasi
kretinizm kasalligiga
olib keladi. Ushbu kasallikda bo’y o’smasligidan tashqari teri, soch, muskullarda
maxsus o’zgarishlar, almashinuv jarayonlari tezligining keskin pasayishi,
shuningdek chuqur psixik o’zgarishlar ro`y beradi.
Katta yoshli odamlarda qalqonsimon bez gipofunktsiyasida, gipotireoidli
shish yoki miksedema kasalligi kelib chiqadi. Bu kasallik ko’pincha ayollarda
uchrab, suv-tuz, yog’lar almashinuvining buzilishiga xosdir.
Bemorlarda
shilimshiq shish, patologik semirish, asosiy almashinuvning keskin pasayishi,
soch va tishlarning tushishi, miyaning umumiy o’zgarishlari kuzatiladi. Teri qurib
qoladi, tana harorati pasayadi, qonda glukoza miqdori oshadi, ba’zilarda xotira
pasayadi.
Qaqonsimon bez jarohatlanishi bilan bog’liq yana bir kasallik –
endemik
bo’qoq. Odatda bu kasallik suv va o’simliklarda yod yetishmaydigan tog’li
joylarda yashovchi aholi o’rtasida ko’proq uchraydi. Yodning yetishmasligi tufayli
qalqonsimon bez to’qimasi biriktiruvchi to’qima hisobiga kompensator
239
kattalashadi, ammo bu jarayonda tireoid gormonlar sekretsiyasining oshishi
kuzatilmaydi.
Kattalashgan bez ma’lum noqulayliklar keltirsa ham kasallik organizmning
funktsiyalarini jiddiy o’zgarishga olib kelmaydi.
Qalqonsimon oldi bezi gormonlari. Paratgormon qalqonsimon bezning orqa
yuzasida joylashgan paratireoid bezlarda hosil bo’luvchi peptidli (84 ta
aminokislota qoldig’i) gormondir. Kaltsiy kontsentratsiyasi pasayganda uning
sintezi tezlashadi; ortganda esa sekinlashadi. Paratgormonning yarim yashash davri
– 20 daqiqa. Nishon hujayralar suyak va buyraklardir,
ularda paratgormon bilan
bog’lanuvchi retseptorlar mavjud. Uning ta’sirida suyakda reabsorbtsiya
boshlanib, kaltsiy va fosfatlar qonga o’tadi. Buyraklarda esa kaltsiy reabsorbtsiyasi
kuchayadi, fosfatlar reabsorbtsiyasi pasayadi, natijada organizmda kaltsiy tejab
qolinadi, fosfatlar esa chiqarib yuboriladi. D
3
vitamini gormon sifatida ta’sir
etadigan moddaning o’tmishdoshidir. Bu modda kaltsitrol deb ataladi.
Kaltsitrolning nishon a’zolari ingichka ichak va suyak. Ingichka ichakda kaltsiy va
fosfatlarning so’rilishini, suyaklarda kaltsiy metabolizmini jonlantiradi. D
3
vitamini organizmga yuborilganda kaltsiyni biriktirib oladigan va uning
so’rilishida ishtirok etadigan oqsilning sintezi tezlashadi. D
3
vitamini
yetishmaganda bolalarda raxit kasalligi rivojlanadi.
Kaltsitonin peptidli gormon (32 ta aminokislota qoldig’ini saqlaydi) bo’lib,
paratireoid bezlar bilan qalqonsimon bezlarning C-hujayralarida sintezlanadi.
Qondagi kaltsiy miqdori ko’payganda kaltsitonin sekretsiyasi kuchayadi. Suyaklar
bu gormonning nishon hujayralari hisoblanadi, u
suyaklarda kaltsiy safarbar
bolishini susaytirib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: