2-Amaliy ish Sovuq listli shtamplash uchun asboblar va jihozlar bilan tanishish



Download 0,68 Mb.
bet1/2
Sana23.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#576513
  1   2
Bog'liq
2-Amaliy ish. Jihoz va asbob(2)


2-Amaliy ish
Sovuq listli shtamplash uchun asboblar va jihozlar bilan tanishish
Sovuq listli shtamplash uchun asosiy jihoz bo’lib maxsus mashinalar – qaychilar, shuningdek gidravlik va krivoshipli presslar xizmat qiladi. Gidravlik presslar yaxshi hisoblanadi, chunki ularda shtamplash doimiy tezlik bilan bajariladi va krivoshipli presslardan farqli o’laroq ularda o’ta yuklanish xavfi paydo bo’lmaydi.
Bo’laklash operatsiyalari turli tipdagi mexanik qaychilarda yoki turlicha ko’rinishlardagi presslarga o’rnatilgan shtamplarda bajariladi.
Listli shtamplashning shakl hosil qilish operatsiyalari mexanik va gidravlik presslarda turli tipdagi shtamplarda bajariladi.
Amaliyotda krivoshipli presslar eng ko’p tarqalgan. Ular konstruksiyalarining turli-tumanligi ularda bajariladigan operatsiyalar xususiyatlari bilan bog’liqdir. Masalan, teshish va o’yib tushirish operatsiyalari uchun sirg’algichi qisqa yurish yo’liga ega oddiy harakatli presslar qo’llaniladi. Murakkab detallarni olish uchun ikkilangan va uchlangan harakatli presslar qo’llaniladi.
Krivoshipli pressning kinematik sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Elektrodvigatel 4 ponasimon tasmali uzatma 3, tishli g’ildiraklar 6 va 7, friksion disksimon mufta 8 orqali krivoshipli val 9 ga aylanma harakatni uzatadi. Shatun 10 vositasida val 9 ning aylanma harakati sirg’algich 1 ning ilgarilanma-qaytma harakatiga aylantiriladi. Mufta yechilganidan so’ng tormoz 2 krivoshipli valni to’xtatish vazifasini bajaradi.
Qaychilar – bo’laklash operatsiyalari uchun maxsus mashinalardir. Qaychilarning ikki asosiy tipi mavjud: gilyotinali – pichoqlari ilgarilanma harakatlanuvchi (2-rasm, a), diskli - diskli pichoqlari aylanma harakatlanuvchi (2-rasm, b).

1-rasm. Krivoshipli pressning kinematik sxemasi

2-rasm. Qaychilarning ishlash sxemasi:
a – gilyotinali, b – diskli; L – kesish chizig’i uzunligi mm da, α – tepa pichoqning qiyalik burchagi, S – material qalinligi mm da
Sovuq listli shtamplash uchun asbob vazifasini shtamplar bajaradi. Ishlash prinsipi bo’yicha barcha shtamplarni uch guruhga bo’lish mumkin:

  1. oddiy harakatli yoki bir operatsiyali shtamplar;

  2. davomiy harakatli shtamplar;

  3. umumlashgan harakatli shtamplar.

Oddiy harakatli shtampda sirg’algichning bir yurishida bitta operatsiya bajariladi. Ushbu shtamplar puansoni va matritsasi shakli detal konstruksiyasiga va bajariluvchi operatsiyaga bog’liq bo’ladi. Shtamplash operatsiyasining turiga qarab bukish, teshish va h.k. nomlardagi operatsiyalar farqlanadi.
Davomiy harakatli shtamplar bir yurishda listli shtamplashning bir nechta operatsiyasini bajaradilar, bunda zagotovka shtampning bir pozitsiyasidan boshqasiga davomiy siljib boradi.

3-rasm. Davomiy harakatli shtamp sxemasi:
1,2 – puansonlar; 3,4 – matritsalar; 5 – zagotovka; 6 – ushlagich;
P – puansonlarga qo’yiladigan kuch, t – zagotovkaning siljish qadami
3-rasmda keltirilgan davomiy harakat shtampining sxemasida ikkita puanson va ikkita matritsa bor. Ushbu shtamp yordamida shayba tipidagi mahsulot tayyorlanadi. Puanson 2 zagotovka 5 da o’yib tushirish (probivka) bilan teshik hosil qiladi, puanson 1 esa tayyor mahsulotni teshadi (virubka). Teshishdan oldin ushlagich zagotovkani markazlaydi. Puanson 2 ko’tarilganidan so’ng zagotovka 5 qadam t ga siljiydi. Bunda bir mahsulotni tayyorlashdagi barcha operatsiyalar zagotovkani bir holatdan boshqasiga bir qadamga siljitish orqali bajariladi.

4-rasm. Umumlashgan harakatli shtamp sxemasi:
1 – puanson; 2 – matritsa; 3 – zagotovka; 4 – puanson-matritsa; 5 - mahsulot
Pressning umumiy kuchi har bir operatsiya kuchlari yig’indisiga teng bo’ladi.
Davomiy harakatli shtampdan farqli o’laroq, umumlashgan harakatli shtampda zagotovkani ishlashning barcha operatsiyalari uni siljitmasdan bajariladi. Ushbu shtampda puanson-matritsa 4 puanson 1 bilan birgalikda zagotovka 3 da o’yib tushirish (probivka) bilan teshik ochishda matritsa vazifasini, va aksincha, matritsa 2 bilan birgalikda – puanson vazifasini bajarib, mahsulot 5 ni teshadi (virubka).
Umumlashgan harakatli shtampning afzalligiga zagotovkani siljitishning yo’qligi sabab mahsulotlar yuqori aniqligining ta’minlanishi kiradi. Pressning umumiy kuchi esa …ga teng bo’ladi.
Sovuq listli shtamplashning turli operatsiyalari yordamida zagotovkalarni deformatsiyalash uchun muayyan kuchlar sarflanadi. Ushbu kuchlar miqdori bo’yicha mos jihoz tanlanadi.
Teshish yoki o’yib tushirish uchun zarur kuch quyidagi formulalar bo’yicha aniqlanadi:
(doiraviy kontur uchun); (1)
(istalgan kontur uchun), (2)
bu yerda – teshish (o’yib tushirish) uchun zaruriy kuch, N; – teshik diametri, m; – kesish perimetrining uzunligi, m; 1,25 – puanson va matritsa kesuvchi qirralarining o’tmaslashishini hisobga oluvchi koeffitsiyent; – material qalinligi, m; – materialning cho’zilishga mustahkamlik chegarasi, N/m2. 08 markali po’lat uchun MPa.
1-jadval daftarga chizib olinadi va 2-jadvaldagi mos variant bo’yicha berilgan ma’lumotlar va (1), (2) – formulalar yordamida hisoblab topilgan ma’lumotlar mos grafalarga kiritiladi.


1-jadval


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish