Gipofiz gormonlari
Gormon
Asosiy klinik belgilar
Gormon ko`p ishlab
chiqarilganda
Gormon yetishmovchiligida
Osish gormoni
(somatotropin)
Akromegaliya
Pakanalik
Kortikotropin
Isenko-Kushinga
kasalligi
Buyrak usti bezi ikkilamchi
yetishmovchiligi
Tireotropin
Gipotireoz
Ikkilamchi gipotireoz
Prolaktin
Aminouriya, bepushtlik
Sut bezlari rivojlanmasligi
FSG (follikula
stimullovchi gormon)
Erta jinsiy shakllanish
Jinsiy
bezlar
ikkilamchi
gipofunktsiyasi, bepushtlik
LG (lyuteinlovchi
gormon)
Erta jinsiy shakllanish
Jinsiy
bezlar
ikkilamchi
gipofunktsiyasi, bepushtlik
Lipotropin
Vazopressin
Oksitotsin
Darmonsizlanish
-
-
Yog` bosish
(semizlik)
Gipofiz orqa bo’lagining gormonlari. Bu gormonlarga vazopressin va
oksitotsin kiradi. Ular dastlab gipotalamusning maxsus neyronlarida sintezlanib,
turli neyronlar yordamida gipofizning orqa bo’lagiga o’tib, keyin qonga tushadi.
Ikkala gormon ham nonapeptidlardir.
Vazopressinning oksitotsindan farqi shundaki, N-uchida 3–o’rindagi
izoleytsin o’rnida fenilalanin, 8 – o’rinda esa leytsin o’rnida arginin saqlaydi.
Oksitotsinning biologik ta’siri tug’ish paytida bachadon silliq muskullari va
sut bezlari alveolalari atrofidagi muskul tolalari qisqarishini stimullash bilan
bog’liqdir. Vazopressin esa qon tomirlari silliq muskulaturasini qisqartirishni
stimullab, shu bois kuchli vasopressor (tomirlarni qisqartirish) ta’siriga ega. Ammo
uning asosiy vazifasi suv-tuz almashinuvini boshqarishdir. Vazopressin uncha
yuqori bo’lmagan kontsentratsiyada ( 1 kg tana massasiga 0,2 ng) juda kuchli
antidiuretik ta’sir ko’rsatadi, buyrak kanalchalari membranasidan suvning qayta
so’rilishini stimullaydi. Me’yoriy odam organizmida vazopressin qon plazmasining
osmotik bosimini va suv balansini nazorat qiladi. Patologiyada xususan, gipofiz
orqa bo’lagi atrofiyasida qandsiz diabet rivojlanadi. Bu kasallikda siydik bilan juda
ko’p miqdorda suyuqlik ajralib chiqadi.
Gipofiz o’rta bo’lagi gormonlari. Gipofizning o’rta bo’lagida α- va β –
melanostimullovchi (α- MSG va β- MSG) gormonlari sintezlanib, qonga o’tadi.
α– MSG 13- aminokislotalardan, β – MSG esa 22-aminokislotalardan tuzilgan
peptidlardir. Melanotropinlarning fiziologik vazifasi, melaninogenez pigment
hujayralari (melanotsitlar) sonining ko`patishini stimullashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |