Tasseming bu modda bilan olib bor"" I eksperimental ishiari natijalari



Download 10,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/153
Sana23.01.2022
Hajmi10,85 Mb.
#405822
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   153
Bog'liq
kimyo tarixi davomi

Jan  Batist  Perren
  (1870-1942  yy.  )  va 
uning  shogirdlari  o'lchami  0,212-5,5  mkm  bo'lgan 
kolloid  zarrachalar  uchun  glitserin  va  saxaroza 
eritmalarida 
A.Eynshteyn  formulas!  amal  qilishini 
isbotJadilar. 
J.B.  Perren  1908-1913  yillarda 
olib 
borgan  tadqiqotlari  A.  Eynshteynning  molekulyar- 
kinetik  nazariyasini  tasdiqladi  va  moiekulyar  fizika 
asos  bo'ldi.  1926-yilda  J.B.  Perren  fizika  bo'yicha 
Nobel mukofoti sovrindori bo'ldi.
1906  yilda  M.Smoluxovskiy  (1872-1917  yy.) 
kolloidlar 
koagullanishining  kinetik  nazariyasini  ishlab  chiqdi,  elektrokinetik 
hodisalar nazariyasini yaratdi  va kolloid  kimyo  fani  rivojiga  salmoqli 
hissa qo'shdi.
442


Avstriyalik  fizik 
Rixard  Zigmondi
  (1865-1929  yy.)  Broun 
harakatini  har  tomonlama  chuqur  o'rgangan  olim- 
lardan  biri  bo'ldi.  1898-yilda olim  kolloid  eritma- 
Sar  olishni  va  ularni  tozalashning  ultrafiltrlash 
usulini  yaratdi.  1903-yilda  R.  Zigmondi 
Seyss 
firmasming  muhandisi  G.  Zidentopf bilan  hamkor- 
likda  birinchi  marta kolloid  zarrachalar harakatini 
kuzatish  va  tezligini  aniqlash  imkonini  beruvchi 
asbob  —  ultramikroskopni
 
yaratdi.  1913-yilda 
ultramikroskopni 
takomillashtirib, 
10 
mkm 
kattalikdagi zarrachalar harakatini kuzatish va ma'lum hajmdagi zolda 
bo'lgan  zarrachalar  sonini  aniqlashga  erishdi.  R.  Zigmondi 
o 'z 
zamondoshlari  M.  Smoluxovskiy va P.A.  Tissenlar bilan  hamkorlikda 
kolloid eritmalaming  hosil  bo'lish  tezligi  va koagullanish  mexaniz­
mini  o'rganish  bo'yicha  tadqiqotlar  olib  bordi,  1912-yilda  “Kolloid 
kimyo”  bo'yicha  birinchi  monografiyani  yozdi.  R.  Zigmondiga 
uitramikroskop  yordamida  bajarilgan  tadqiqotlari  uchun  1925-yilda 
kimyo bo'yicha Nobel mukofoti beriidi,
Kolloid-dispers sistemalaming elektrokinetik xossalari
Kolloid zarrachalaming elektr maydoni ta'sirida harakatlanishini 
o'rganish  Moskva universiteti professori  F.F. Reys tomonidan  1807- 
yilda 
elektroforez
  va 
elektroosmos
  hodisalarini  kashf  etishdan 
boshlandi.  1852-yildaN.Videman tomonidan elektroosmos jarayonida 
dispers  muhitning  hajmiy  tezligi 
(I/s)
  tok  kuchi  qiymati  bilan 
o'lchanishi  va  yarim  o'tkazgich  diafragmaning  qalinligi  va  kesim 
yuzasiga  esa  bevosita bog’liq emasligini ko'rsatdi.
Nemis fizigi  German Georg Kvinke  1859-yilda  elektroosmosga 
teskari  bo'lgan  hodisa  -   harakatsiz  turgan  g ’ovak  jismlarda  (toy, 
g’ovak jism,  yog’och,  grafit)  dispers  muhit  harakatlanishi  (suvning 
oqib  o'tishi)  sistemada 
bosimning 
o'zgarishiga  va  potensiallar 
ayirmasi hosil bo'lishiga olib kelishini aniqladi.
1892-yilda  S.  Linder  va  G.  Piktonlar  F.  F.  Reys  tajribalari 
asosida elektroforez hodisasini  har tomonlama  chuqur tadqiq  etdilar 
va  dispers  zarrachalar  sirtida  elektr  zaiyadining  bo'lishi  ularning 
elektr maydonida tartibli harakatini ta'minlashini isbotladilar.
Kolloid  dispers  sistemalarda  elektrokinetik  hodisalaming 
vujudga  keiish  sabablari  orasida 
dispers  faza  zarrachalari  sirtida


qo'sh  elektr  qavatining 
(QEQ) 
hosil  bo'lishi  yetakchi  o'ritini 
egallaydi.  1879-yilda G.Gelmgols va J.B. Perrenlar QEQ  hosil bo'lish 
mexanizmini  o'rganishdi  va  “yassi  kondensator”  modelini  (113- 
rasm)  taklif  etishdi.  Gui-Chepman  modelida  dispers  muhitdan 
diffuziya  hisobiga  hosil  bo'lgan  qo'shimcha  ionlar  qavati  (ioniar 
atomosfera)ning 
dzeta  potensialga  ta'siri 
hisobga  olingan  (113- 
rasm). 

Download 10,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish