Kolloid-dispers sisternalarni olish usullari
Kolloid eritmalar dag’al dispers
sistemalar bilan
chin
eritmalarning oraliq holatini egaUagani uchun ulami bir biriga
qarama-qarshi bo'lgan ikki usullarda hosil qilish mumkin. Ulaming
biri yirikroq zarrachalarni maydalash, ikkinchisi esa molekula yoki
ionlardati yirikroq zarrachalar (agregatlar yoki assotsiatlar) hosil
qilishdan iborat; birinchi xil usullarga
dispergatsiya,
ikkinchisiga -
kondensatsiya
deyiladi.
Dispergatsiya
usulida kolloid eritmalar hosil qilish uchun qattiq
jism stabilizator bilan birga mexanik usulda kolloid tegirmon yoki
vibrotegirmonlarda kukun qilib maydalanadi, elektr yoki ultratovush
yordamida suyuq lik ichida kukunga aylantiriladi.
439
Georg Bredig
(1868-1944 у.у.) - nemis fizigi, 1898-yilda
metallar
zollarini
olishda
“changlatish
usuli ”ni
qo'Hagan, Barqaror zol hosil bo'lishi uchun eritmaga
ozgina ishqor qo'shiladi. Bu usulda asosan nodir
metallar (oltin, kumush)ning zollari olinadi. Bunda
kolloid eritmasi olinishi kerak metall simlari musbat
va manfiy qutb sifatida bir-biriga tekkizilganda elektr
yoyi hosil qiladi va metall dispersion muhitda
changlana boshlaydi.
Ultratovush
yordamida
“changlatish”.
Ultratovush
to'lqinlarining
kuchli
tebranish
maydoniga
bir-biri
bilan
aralashmaydigan ikki suyuqlik solingan idish qo'yilsa, barqaror
emulsiya
hosil bo'ladi. Bu usulda bo'yoq, oltingugurt, simob,
qo'rg’oshin, rux, kauchuk, kraxmal va boshqa moddalaming kolloid
eritmalari olinadi.
Peptizatsiya usuli
zolning koagullanish mahsuloti (gel, iviqlar,
cho'kmalar)ni qaytadan kolloid eritma holiga o'tkazish peptizatsiya
deyiladi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun kolloid cho'kmasiga
elektrolitlar yoki sirt faol moddalar qo'shiladi.
Fizik kondensatlash usulida
dispersion muhitga qattiq jism bug’i
yuboriladi. Bu usul bilan simob, selen, oltingugurt, fosfor zollari
olinadi. Rus olimfari A. I. Shalnikov va S.Z. Roginskiylar modda
bug’ini qattiq sovutilgan sirtda kondetjsatlab kolloid eritmalar hosil
qilish usulini ishlab chiqdilar. Ular bu usul bilan Hg, Cd, Se, S ning
gidrozollarini, Hg, Cd, K, PI, Cs, Na laming organozollarini olishdi.
Kimyoviy kondensatlash usuli
- qaytarilish, gidrolizlanish,
oksidlanish, almashinish va boshqa kimyoviy reaksiyalar natijasida
qiyin eruvchan birikmalar hosil bo'lishiga asoslangan.
Kolloid
sisternalarni
hosil
qilishning
eng
ahamiyatlisi
dispergatsiya usulidir, chunki undan nafaqat kolloid sisternalarni hosil
qilishda balki, tabiatda, texnikada, kimyoviy ishlab chiqarishda
foydalaniladi. Masalan, bo'yoqlar olishda yuqori disperslikka ega
bo'lgan ranglar kukunlarini tayyorlash, surkov moylari uchun grafit
suspenziyalari tayyorlash, ko'm ir va foydali qazilma rudalarini
boyitish shu jumladandir.
440
Kolloid eritmalami tozalash usullari
Kolloid eritma hosil bo'lganda ulaming tarkibida dispers fazadan
tashqari dispers sistema barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi
kislota, asos va tuzlar ham bo'ladi. Kolloid eritma tarkibidan
oshiqcha elektrolitlami yo'qotish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |