Tasseming bu modda bilan olib bor"" I eksperimental ishiari natijalari



Download 10,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/153
Sana23.01.2022
Hajmi10,85 Mb.
#405822
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   153
Bog'liq
kimyo tarixi davomi

“dializ”,  “elektrodializ”,
 
“u l’trafiltrlash”,
  va 
“ul'tratsentrifugalash”
  usullari qo'llaniladi.
Dializ
  (T.  Grem  usuli).  Oddiy  dializator  hayvon  pufagi  yoki 
kollodiy  pardadan  iborat  bo'lib, 
kolloid  eritmadagi  elektrolitlar 
diffuziyalanib, parda orqali  idishning  ikkinchi qismidagi suvga o'tadi. 
Suvni  almashtirish  bilan  kolloid  eritmani  istalgan  darajada  tozalash 
mumkin.
Elektrodializ
  usuli  sanoatda turli  jelatinalar, yelimlar, gellar va 
boshqa  shunga  o'xshash 
kolloid 
eritmalami 
tozalashda  keng 
foydalaniladi.
Ultrafiltrlash
 
usulida 
kolloid  eritmalar 
yarim  o'tkazgich 
membranalar orqali  past bosimda filtrlanadi.
Ultratsentrifugalash
  usul  g’oyasi  1907-yilda A.V.Dumanskiy 
tomonidan taklif etilgan  va kolloid  zarrachalarni 
markazdan  qochma
 
kuch  hosil  qilish  hisobiga 
dispers  muhitdan
 
ajratib  olishga 
asoslangan.
R.  Zigmondining 
immersion  uliramilcroskopi
  va  T.  Svedberg- 
ning 
rotorli  ultratsentrifugasi
  kolloid  kimyo  fanining  asosiy  texnik 
vositasiga. va barcha tadqiqotchilaming asosiy ish quroliga aylandi.
15.3.  Kolloid  kimyoning fa n  sifatida shakllanishi
Kolloid  kimyoning  mustaqil  fan  sifatida  vujudga  kelishi  V.F. 
Ostvald  tomonidan  1906-yilda  Leyptsig  universiteti  qoshida  fizik- 
kimyo  institutining  tashkil  etilishi  va  “Kolloid-Zeitschrift”  ilmiy 
jumali  faoliyatidan  boshlanadi.  Kolloid  kimyo  fani  rivojlanishida 
1904-1907-yillarda Rossiyada birinchi kolloid kimyo  laboratoriyasini 
tashkil  etgan  va  kolloid  eritmalaming  qovushqoqligini,  elektr 
o'tkazuvchanligini  va  optik  xossalarini  o'rgangan  A.  V.  Duman- 
skiyning  ham. xizmati katta.  1906-1908-yillarda M.  Smoluxovskiy  va 
A.  Eynshteyn  kolloid  sistemalarda kuzatiladigan  broun  harakatining 
matematik  modelini  va  diffuziyaning  kinetik  nazariyasini  yaratib, 
kolloid kimyoni nazariy jihatdan fundamental asosladilar.  J.B.  Perren, 
T.  Svedberg.  P.  Ilinlar  A.  Eynshteyn  va  M.  Smoluxovskiyning
441


molekulyar-kinetik 
nazariyasini 
tajribada 
tasdiqladilar. 
G. 
Shtaudinger,  A.  Tissilius,  V.N.  Kargin,  B.V.  Deiyagin,  I.I.  Jukov, 
Z.A.  Rogovin,  I.V.  Petryanov-Sokolov,  F.  D.  Ovcharenkolarning 
kolloid-dispers  sistemalar  va  yuqori  moiekulyar  moddalaming 
kolloidlik xossalarini ilmiy-ijodiy o'rganishda katta hissa qo'shdilar.
Kolloid  kimyo  fanining  O'zbekistonda  rivojlanishi 
o'zbek 
kimyogarlari  K.  S.  Axmedov,  H.  U.  Usmonov,  M.A.  Asqarov  va 
ulaming shogirdlari  olib borgan tadqiqotlari va ilmiy-amaliy yutuqlari 
bilan bog’liq.
Kolloid  kimyo  fanining  rivojlanish  tarixi  fizika,  mexanika, 
fizik  Kimyo,  biokimyo,  elektrokimyo  kabi 
fanlaming 
nazariy 
asoslari  yaratilish jarayoni  bilan  chambarchas  bog’liq.  Shu  sababli, 
kolloid kimyo fani tarixini ulaming moiekulyar kinetik, elektrokinetik, 
reologik,  optik  va  sirt  qavat xossalarini  o'rgangan  olimlaming  ilmiy 
faoliyati orqali  ajratib  o'rganish maqsadga muvofiq.
Kolloid-dispers sistemalaming moiekulyar kinetik xossalari
1670-yilda  kichik  zarrachalaming  suvda  tartibsiz  va  to'xtovsiz 
issiqlik  harakatini  birinchi  marta  mikroskop  kashfiyotchisi  Antoni 
Levenguk  kuzatgan,  ammo  bu  hodisaning  tabiatini  o'rganishga 
qiziqmagan.  1827-yilda  shotlandiyalik  botanik  olim  Robert  Broun 
o'simliklar urug’larining suvdagi muallaq holati va tartibsiz harakatini 
kuzatib,  uning  tabiati  issiqlik harakatiga bog’liq  ekanligini  ko'rsatdi. 
Broun  harakatining  matematik  modeli  ^905-yilda  A.  Eynshteyn 
tomonidan molekulyar-kinetik nazariya asosida  yaratildi.
1908-1909-yillarda 

Download 10,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish