Gidromeliorativ


I bo‘lim. SUV XO‘JALIGI VA MELIORATSIYA ISHLARINI



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

I bo‘lim. SUV XO‘JALIGI VA MELIORATSIYA ISHLARINI 
TASHKIL ETISH ASOSLARI
1.1. Qurilish mahsulotlari hamda qurilish-montaj ishlarining tarkibi
Qurilish mahsulotlari deganda, qurilgan va foydalanish uchun 
tayyor korxonalar, binolar va inshootlar tushuniladi. 
Qurilish mah-
sulotlariga noharbiy binolar, sanoatning turli tarmoqlariga mansub 
korxonalar, energetika obyektlari va boshqa ko‘plab obyektlar kiradi.
Qurilish mahsulotlari qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish 
natij asidir. Qurilishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning 
mahsulotlari  –  binolar  va  inshootlar  butun  ishlab  chiqarish 
davri jarayonida harakatsiz qoladi va undan, asosan, shu ishlab 
chiqarish joyining o‘zida foydalaniladi. Shu jihatdan, qurilish 
ishlab chiqarishi statsionar texnolo gik ta’sir ko‘rsatish postlari va 
joydan joyga ko‘chuvchi mahsulotlardan, konveyerli sanoat ishlab 
chiqarishidan butunlay farq qiladi. Qurilishning yana bir muhim 
jihati shundan iboratki, uning mahsulotlari ancha uzoq xizmat 
muddatiga ega bo‘ladi.
Qurilish maydonchasida obyektni qurishga kirishishdan oldin, 
odatda,  qurilishning  ishlab  chiqarish  bazasi  yaratiladi,  qurilish 
kadrlarini joylashtirish uchun shaharchalar quriladi, transport va 
muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlari tashkil etiladi.
Qurilish ishlari 
ishlov beriladigan materiallarning turlariga va 
mazkur turdagi ishlarning mahsuloti bo‘lgan binolar va inshootlarning 
konstruktiv elementlariga ko‘ra farqlanadi. Birinchi belgiga ko‘ra 
tuproq ishlari, beton ishlari, tosh, g‘isht terish ishlari va bosh qa 
shunga o‘xshash ishlar; ikkinchi belgiga ko‘ra – tom yopish ishlari, 
himoyalash ishlari va hokazolar farqlanadi.
Montaj ishlari 
deganda, qurilish konstruksiyalarining element- 
larini, quvur yo‘llarining detallarini, texnologik qurilmalarning 


5
detallari va qismlarini, sanitariya-texnika sistemalari, elektro-
texnika qurilmalarini loyihada belgilangan holatda  o‘rnatish va bir 
butunga birlashtirish bo‘yicha ishlab chiqarish operatsiyalarining 
majmuyi tushuniladi.
Texnologik, sanitariya-texnika va elektrotexnika qurilmalarini 
montaj qilish, gidroizolyatsiya ishlari, filtratsiyaga qarshi qurilmalarni 
o‘rnatish ishlari va boshqa ayrim ishlar 
maxsus turdagi ishlar 
qatoriga 
kiradi va ularni, odatda, ixtisoslashgan tashkilotlar amalga oshiradi.
Obyekt qurilishi loyiha bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu loyihada 
quyidagilar belgilanadi: obyektning ekspluatatsion va texnologik 
tavsifi;  binolar,  inshootlar  va  ularning  elementlari  shakllari  va 
o‘lchamlari; binolar, inshootlar va ularning elementlari quriladigan 
materiallar va detallar; zarur texnologik qurilmalar; qurilish va 
montaj ishlarini amalga oshirish usullari hamda qurilishni tashkil 
etish. Loyiha tarkibida smeta hisoblanadi. Bu smetada mehnat, 
materiallar, asbob-uskunalar, elektrenergiya, qurilish mashinalari ishi 
bilan bog‘liq barcha xarajatlar hamda ustama xarajatlarni hisobga 
olgan holda qurilishning umumiy qiymati yoki qurilish mahsulotining 
qiymati aniqlanadi.
Binolar va inshootlarni qurish texnologik va tashkiliy jihatdan 
o‘zaro bog‘langan qurilish va montaj jarayonlari kompleksining 
bajarilishi natij asida amalga oshiriladi.
Qurilish  jarayonlariga  umumiy  qurilish  ishlari,  chunonchi: 
tuproqtosh ishlari, betonlash va temir-beton ishlari, pardoz ishlari 
va boshqa shunga o‘xshash ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq 
jarayonlar kiradi. Montaj jarayonlari texnologik qurilmalarni montaj 
qilish va ularni foydalanish uchun tayyorlash, qurilish konstruk 
siyalari, sanitariya-texnika sistemalari va hokazolarni montaj qilishni 
qamrab oladi.
Qurilish va montaj jarayonlarining asosiy, yordamchi va trans 
port turlari farqlanadi. 

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish