Asosiy jarayonlarga
konstruksiyalar, binolar,
inshootlarni bevosita qurish yoki ayrim turdagi ishlarni bajarish,
masalan, to‘g‘on zaminini betonlashtirish, to‘g‘on tanasiga tog‘
6
massasini to‘kish va boshqa shunga o‘xshash ishlarni amalga
oshirish kiradi.
Yordamchi jarayonlarga
havozalar va taxta so‘rilar
qurish, xandaqlarning devorlarini mustahkamlash, g‘ovakli to‘siq
qurish uchun mo‘ljallangan qoliplarni o‘rnatish va boshqa shunga
o‘xshash jarayonlar kiradi. Ular asosiy jarayonlarni bajarish uchun
zarur.
Transport jarayonlari
qurila yotgan obyektga yoki ish joyiga
materiallar, konstruksiyalar va detallarni eltish bilan bog‘liq. Trans
port jarayonlari ayrim hollarda ustuvor ahamiyat kasb etadi. Masalan,
qazish ishlarini ekskavator bilan amalga oshirishda tup roqni tashish
ishlarining qiymati qariyb 75 %ni tashkil etadi, betonlash ishlarida
transport qiymati 50 %ga yetadi.
Qurilish va montaj jarayonlari ish usullari, ish operatsiyalari,
oddiy va kompleks jarayonlardan tashkil topadi. Ishchining muayyan
maqsad bilan bog‘langan bir necha harakatlari majmuyi
ish usuli
deb
ataladi. Masalan, ekskavatorni boshqarish richaglarini qo‘l bilan ishga
tushirish. Muayyan boshlang‘ich mahsulotni olishni ta’minlovchi
bir necha ish usullari majmuyi
ish operatsiyasi
deb ataladi. Ish
operatsiyasi qurilish jarayonining tashkiliy jihat dan bo‘linmas va
texnologik jihatdan bir xil qismini tashkil etadi. Masalan, ekskavator
cho‘michiga tuproq olish. Tayyor mahsulot olishni ta’minlovchi bir
necha ish operatsiyalarining texnologik jihatdan o‘zaro bog‘langan
majmuyi
oddiy jarayon
deb ataladi. Masalan, ekskavator bilan
tuproqni qazish va uni ag‘darma mashinaga yuklash, kran yordamida
beton qorishmani blokka yotqizish. Tashkiliy jihatdan bir-biriga
bog‘liq bo‘lgan va pirovard mahsulot birligi bilan o‘zaro bog‘langan
bir nechta oddiy jarayonlar majmuyi
kompleks jarayon
deb ataladi.
Masalan, temir-beton konstruksiyalarni montaj qilib, choklarni
yaxlitlash va h.k.
Har bir oddiy jarayonni ixtisoslashgan brigada yoki zveno,
chunonchi: asosni tayyorlash brigadasi, duradgorlar brigadasi,
armaturachilar brigadasi, betonchilar brigadasi bajaradi. Brigadalar
yoki zvenolar izchillik bilan, uzluksiz bir uchastkadan boshqa uchast-
kaga o‘tib boradilar, bunda har bir uchastkada faqat mazkur brigada
7
yoki zvenoning ixtisosligiga mos keluvchi bitta oddiy jarayonni
amalga oshiradilar. Uchastkalar hajmini aniqlashda muayyan
uchastkadagi ayrim jarayonlarning davomiyligi oqim maromini
belgilovchi qabul qilingan vaqt birligi (soat, smena, sutka)ni tashkil
etishiga erishishga harakat qilinadi. Uzluksiz ish usullaridan sanoat
qurilishida va noharbiy quri lishda foydalanish ayrim hollarda qurilish
muddatlarini 30–40 % qisqartirish, mehnat xarajatlarini kamaytirish
va qurilish tannarxini pasaytirish imkonini bergan.
Texnika taraqqiyotining rivojlanishiga qarab, qurilish ishlari
tobora zavodda ishlab chiqarilgan yig‘ma elementlar, detallar va
konstruksiyalar qo‘llanilishining ko‘payganligi bilan tavsiflanuvchi
qurilish-montaj xususiyatini kasb etib borayotir. Binolar va
inshootlarni butun yil davomida bir maromda uzluksiz mexanizat-
siyalashtirilgan usulda qurishda zavodda ommaviy ishlab chiqarilgan,
bir xillashtirilgan yig‘ma elementlar, detallar va konstruksiyalardan
keng foydalanishga o‘tish
qurilishni sanoatlashtirish,
deb ataladi.
Fan-texnika taraqqiyoti – bu mehnat qurollari (mashinalar,
asbob-uskunalar) va predmetlari (materiallar, konstruksiyalar)
ni takomillashtirish, ilg‘or texnologiyalarni hamda qurilish ishlab
chiqarishi va mehnatini tashkil etishning samarali shakllarini amalga
joriy etish uzluksiz jarayonidir.
Qurilishda fan-texnika taraqqiyotining mehnat unumdorligini
oshirish hamda mahsulot sifatini yaxshilashni ta’minlovchi asosiy
yo‘nalishlar quyidagilardir:
1) yanada mahsuldor mashinalar va mexanizmlardan foydalanish,
qurilish ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish darajasini oshirish;
2) yangi, progressiv materiallar va yengillashtirilgan konst-
ruksiyalarni yaratish va ulardan ommaviy tarzda foydalanish;
3) binolar va inshootlarning miqdoriy-rejalashtirish va konstruk-
tiv yechimlarini takomillashtirish;
4) qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi va uni tashkil etishni
takomillashtirish, mehnatni ilmiy tashkil etish, avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimlarini amalga joriy etish;
8
5) qurilish ishlab chiqarishini rejalashtirish va iqtisodiy
rag‘batlantirish usullarini yaxshilash.
Qurilish ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirishning uch
bosqichi farqlanadi: qisman mexanizatsiyalashtirish, kompleks
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |