9
m
m
=
S
m
/
K
,
(1.2)
bu yerda:
K
– ishchilar soni.
Qurilishning energiya bilan ta’minlanganligi E
q
, kVt/mln so‘m
hisobida, hisob-kitob yilida bajarilayotgan qurilish-montaj ish-
larining mln. so‘m hisobidagi qiymati
Q
y
ga ishlayotgan dvigatellar
umumiy
quvvati
R
d
ning nisbati bilan aniqlanadi:
E
q
=
R
d
/
Q
y
.
(1.3)
Mehnatning energiya bilan ta’minlanganligi E
m
, kVt/odam hi-
sobida, qurilish-montaj ishlarida band bo‘lgan ishchilarning odam
hisobidagi soni
K
ga qurilish ishlab chiqarishida foydalanilayotgan
mashinalarda o‘rnatilgan dvigatellarning kVt hisobidagi umumiy
quvvati
R
d
ning nisbati bilan aniqlanadi:
E
m
=
R
d
/
K.
(1.4)
Ishlarning mexanizatsiyalashtirilganlik darajasi k
i.m
, foiz hisobi-
da, ishlarning mexanizatsiyalashtirilganlik darajasini tavsiflaydi va
natural qiymatlarda o‘lchanadigan ishlarning umumiy hajmi
V
u
ga
mexanizatsiyalashtirilgan usulda amalga oshiriladigan ishlar
V
m
ning
nisbati sifatida aniqlanadi:
K
i.m
= (
V
m
/
V
u
) 100.
(1.5)
Mehnatning mexanizatsiyalashtirilganlik darajasi k
m.m
, foiz
hisobida, mehnat jarayonida band bo‘lgan ishchilarning umu-
miy soniga yoki jarayondagi mehnat umumiy sarfi
T
u
ga
mexanizatsiyalashtirilgan ishlarda band bo‘lgan ishchilar soni yoki
mexanizatsiyalashtirilgan operatsiyalar mehnat sarfi
T
mex
ning nis-
bati sifatida aniqlanadi:
K
m.m
= (
T
mex
/
T
u
) 100.
(1.6)
Qurilish ishlab chiqarishida
mehnat unumdorligi
deganda,
bir ishchi muayyan vaqt birligida ishlab chiqaradigan mahsulot
miqdori yoki bir ishchi mahsulot birligini ishlab chiqarishga
sarflaydigan vaqt miqdori tushuniladi. Qurilish ishlab chiqarishida
mehnat unumdorligi mehnat sarfi va ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdori bilan o‘lchanadi.
Mehnat sarfi
– bu ishlab chiqarilgan
sifatli mahsulot birligiga nisbatan mehnat sarfi (1 m
3
beton nisbatan
10
odam-kun, 1 m
3
gruntga nisbatan odam/kun va h.k.)dir.
Ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdori
yoki
mahsulot ishlovi
– mehnat
sarfiga teskari kattalik. Bu ko‘rsatkich bir ishchi vaqt birligida
ishlab chiqargan sifatli mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.
Qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasini yanada takomillashtirish
sohasidagi texnika siyosatining bosh yo‘nalishlari quyidagilardir:
1) asosiy qurilish jarayonlarini kompleks mexanizatsiya-
lashtirish, avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tish;
2) qurilish ishlab chiqarishini mumkin qadar to‘liq sanoat-
lashtirish va qurilishning uzluksiz ish
usullaridan keng foydalanish;
3) kichik mexanizatsiya vositalaridan keng foydalanish yo‘li bilan
qo‘lda bajariladigan ishlarning mexanizatsiyalashtirilganlik darajasini
oshirish;
4) asosiy inshootlar va yordamchi obyektlar konstruksiyalarining
texnologiyaga asoslanganlik darajasini oshirish.
Texnika taraqqiyotining jadallashuvi qurilishni tashkil etish va
uni boshqarish tizimining takomillashuviga ko‘maklashadi.
Gidromelioratsiya qurilishi kapital qurilishning eng murakkab
tarmoqlaridan biridir. Bu gidromelioratsiya inshootlari tuzilishi va
joylashuvining o‘ziga xosligi va betakrorligi, hajman cheklanmagan
qurilish maydonchalarida olib boriladigan ish hajmlarining ko‘pligi va
ularni amalga oshirish faollik darajasining yuqoriligi bilan izohlanadi.
Sanoat qurilishi, noharbiy qurilish va hatto yirik issiqlik-
energetika va atom qurilishidan farqli o‘laroq, gidromelioratsiya
qurilishi topografik va muhandislik-geologik shart-sharoitlarga
ko‘proq darajada bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, gidromelio-
ratsiya qurilishi daryoning suv rejimi bilan ham uzviy bog‘liq.
Gidromelioratsiya inshootlariga ishonchlilik, mustahkamlik, suv
o‘tkazmaslik va sovuqqa chidamlilik nuqtayi nazaridan alohida
talablar qo‘yiladiki, bu gidromelioratsiya ishlarini amalga oshirish
maxsus texnologiyasidan foydalanishni taqozo etadi.
Har qanday gidromelioratsiya inshootlari bo‘g‘inining tarkibiga
tuproqdan barpo etilgan yirik inshootlar (to‘g‘onlar, dambalar,
to‘siqlar, kanallar) kiradi, beton inshootlar qurish uchun katta
11
xandaqlar qaziladi. Gidromelioratsiya qurilishida tuproq va tosh
ishlari qurilish-montaj ishlari umumiy qiymatining 17-30 %ini tashkil
etadi, kanallar qurilishida esa 50 %ga yetadi.
Gidromelioratsiya qurilishi betonlash va temir-beton ishlari
hajmining kattaligi bilan tavsiflanadi. Mazkur ishlarning qiy-mati
qurilish umumiy qiymatining 35-40 %iga yetadi.
Gidromelioratsiya qurilishida uning qurilmalari xususiya-ti bilan
bog‘liq montaj ishlarini amalga oshirish ham ishlarni amalga oshirish
maxsus texnologiyasini va mexanizatsiya vosi-talarini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: