1.2. Qurilish me’yorlari va qoidalari, ularning tarkibiy
ishlarini bajarish va loyihalarini tuzish
Mamlakatimizda gidromelioratsiya obyektlarini loyihalash
ishlarini ixtisoslashgan loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot institutlari
amalga oshiradi. Xususan, gidroenergetika inshootlarini va yirik
suv xo‘jaligi obyektlarini loyihalash ishlarini «Gidroproyekt» ochiq
aksiyadorlik jamiyati, O‘zdavmelioratsiyaloyiha, O‘zsuv loyiha OAJ
amalga oshiradi.
Belgilangan tartibga muvofiq gidromelioratsiya obyektlarini
loyihalash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda
loyiha tuziladi va loyiha qiymatining yig‘ma smeta hisob-
kitoblari amalga oshiriladi, ikkinchi bosqichda esa, ish hujjatlari
va smetalar tuziladi.
Loyihada gidromelioratsiya inshootlari bo‘g‘nining tuzilishi
va joylashuvi masalalari, qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish
ning muhim masalalari hal qilinadi, gidromelioratsiya inshootlari
bo‘g‘inining asoslovchi materiallar yoki texnik-iqtisodiy asoslash
hujjatida qabul qilingan asosiy ko‘rsatkichlariga aniqlik kiritiladi,
qurilishning smeta qiymati aniqlanadi va tasdiqlanadi. Qurilishning
smeta qiymati asoslovchi materiallar yoki texnik-iqtisodiy asoslashda
belgilangan qiymatdan oshmasligi kerak.
Ish hujjatlari loyiha materiallari asosida tuziladi. Ish hujjatlarida,
odatda, asosiy inshootlarning tuzilishiga, ish hajmlari va qiymatiga
jiddiy o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yil-maydi.
12
Ishlarni amalga oshirish loyihalari
qurilishni tashkil etish loyi-
halarida qabul qilingan yechimlar, asosiy inshootlarning ishchi
chizmalari, qurilish tashkilotining mavjud qurilish mashi-nalari va
mexanizmlari parki asosida ishlab chiqiladi. Ishlarni amalga oshirish
loyihasining asosiy vazifasi obyektlarni belgilangan muddatlarda
sifatli qilib qurish, bunda qurilish-montaj ishlarining minimal qiymati
chegarasidan chetga chiqmaslikni ta’minlovchi yechimlarni ishlab
chiqishdan iboratdir.
Ishlarni amalga oshirishning kalendar rejasi
qurilish-montaj
ishlarining hajmlari hamda qabul qilingan ish usullari asosida ishlarni
bajarish ketma-ketligi va muddatlarini belgilaydi, vaqtda mehnat
resurslariga bo‘lgan talabni aniqlaydi. Shaklan kalendar reja grafik-
jadval ko‘rinishida bo‘lib, unda ish turlari va hajmlari, ularni bajarish
uchun zarur mehnat sarfi va zarur mashina-smenalar soni, smenalar
soni va ishlarning kun hisobidagi davomiyligi, bir smenada band
bo‘lgan ishchilar soni, brigada tarkibi, kunlar yoki haftalar hisobida
tuzilgan ishlarni amalga oshirish grafigi ko‘rsatiladi.
Obyektning bosh qurilish rejasi
qurilishning ayrim davrlari (bos-
qichlari) uchun ishlab chiqiladi. U qurilish maydonchasida mavjud
va montaj qilinadigan binolar va inshootlarning joylashuv o‘rnini,
asosiy qurilish mashinalari, konstruksiyalarni yig‘ish maydonchalari,
qurilish maydonchasidan tashqaridagi va ichidagi doimiy va
vaqtinchalik muhandislik tarmoqlarining taqsimlash qurilmalari va
foydalanish joylariga bog‘lanishini belgilaydi. Bundan tashqari,
obyektning bosh qurilish rejasida doimiy va vaqtinchalik avtomobil
yo‘llari va temir yo‘llarning trassalari, ishlab chiqarish bazasining
obyektlari, materiallarni tushirish va joylash maydonchalari
joylashgan yerlar, avtotransport harakati uchun mo‘ljallangan xavfli
zonalarni vaqtinchalik to‘sish, o‘tish joylari tashkil etish, bu zonalarni
tegishli belgilar bilan jihozlash, o‘t o‘chirish gidrantlari hamda
yong‘in xavfsizligini ta’minlovchi boshqa vositalarning joylashuvi,
inventar va vaqtinchalik omborlar va shiyponlar, inventar va
vaqtinchalik ma’muriy va sanitariya-maishiy binolar joylashgan yerlar
13
ko‘rsatiladi. Obyektning bosh qurilish rejasida ma’lumotnomalar va
yo‘riqnomalarning talablariga binoan qabul qilingan shartli belgilar
hamda hisob-kitob ko‘rsatkichlari keltiriladi.
Texnologik chizmalarda
qurilish qurilmalarining joylashuvi,
qurilish materiallari va qurilish konstruksiyalarini yetkazish yo‘llari
ko‘rsatiladi, qurilish materiallari, mehnat va moddiytexnika resurs-
lariga bo‘lgan talab, shuningdek, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar
keltiriladi.
Ishlarni amalga oshirishning optimal variantini tanlash
ko‘rsat-
kichlarni texnik-iqtisodiy jihatdan taqqoslash yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Qurilish-montaj ishlarining so‘m hisobidagi tannarxi quyidagi
formula bo‘yicha aniqlanadi:
S
= (
Z + M + E + T)k,
(1.7)
bu yerda: Z - ishchilarning mehnat haqi;
M
- tayyorlash-ombor
xarajatlari hamda obyekt qoshidagi omborga yetkazish qiymatini o‘z
ichiga oluvchi materiallar, ashyolar va konstruksiyalarning qiymati;
E
- mashinalar, mexanizmlar va moslamalardan foydalanish xarajatlari;
T
- transport xarajatlari;
k
– tarkibiga qorovullar va qo‘riqlash
xizmatini saqlash xarajatlari, ma’ muriy-xo‘jalik xarajatlari, eskirgan
inventar va asbobni almashtirish xarajatlari va hokazolar kiruvchi
ustama xarajatlarni hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Qurilishning davomiyligi bir xil bo‘lgan holda ishlarni amalga
oshirish loyihasining raqobatdosh variantlarini taqqoslash quyidagi
formula yordamida amalga oshiriladi:
E = (S
1
– S
2
) + E
n
(K
1
– K
2
),
(1.8)
bu yerda:
S
1
,
S
2
– taqqoslanayotgan variantlar bo‘yicha qurilish-
montaj ishlarining tannarxi;
K
1
,
K
2
- taqqoslanayotgan variantlar
bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy
va aylanma ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, qurilmalar,
mexanizmlar va h.k.)ning qiymati;
E
n
- samaradorlikning me’yoriy
koeffitsiyenti,
E
n
=
0,14÷0,19.
14
Loyihalashning dastlabki bosqichlarida yoki raqobatdosh
variantlarni dastlabki tarzda baholash uchun qiymatning
yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlaridan va ishlar hajmining birligiga
nisbatan moddiy-texnika resurslarini sarflash me’yorlaridan
foydalaniladi.
Ishlarni amalga oshirish loyihalarini quyidagi tashkilotlar tuzadi:
bosh pudratchi bo‘lgan loyihalovchi tashkilot, bosh pudratchining
texnik xizmatlari yoki bosh pudratchi mazkur turdagi ishlarni amalga
oshirish uchun jalb qiluvchi boshqa loyihalovchi tashkilotlar.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |