Cho‘zish Umumiy ma’lumot
Cho‘zishda tegishli profildagi tishli jo‘va yoki reyka ko‘rinish
dagi ko‘p tig‘li tishli jo‘va
yoki reyka ko‘rinishdagi ko‘p tig‘li asbob (protyajka) ishlanadigan teshikdan
(tashqisitdan) tortib o‘tkaziladi.7.2-chizmada ko‘rsatilgan protyajka quyidagi qismlar:
1 – quyruq (protyajkani stanok patroniga o‘rnatish uchun); 2 – bo‘yin konusi; 4 –
yo‘naltiruvchi qism (ish boshlanishda protyajkani oldindan ishlangan teshik bo‘ylab
yo‘naltirish uchun;) 5 – kesuvchi qism (bu qismga asosiy quymani qirquvchi tishlar
joylangan; 6 – kalibrlovchi qism (bu qismga teshikni kalibrlab, yuzaning tozaligini
zarur darajaga yetkazuvchi tishlar joylashgan; 7 – yo‘naltiruvchi qismdan iborat (bu
qism uzun protyajkaning shikaslanishidan saqdash va protyajkalash oxirida
zagotovkaning qiyshayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun xizmat qiladi). Protyajka tishlari,
ko‘p tig‘li asbob, masalan, ishlanadigan teshikdan yoki tashqi sirtdan tortib
o‘tkaziladi. Uning har bir tishi ma’lum qatlamni qirindi tarzida yo‘nadi. Ushbu
chizma, a da silindrik protyajkada teshikning ishlanishi,ushbu chizma, b da proish va
ushbu chizma, d da doiraviy protyajkalash sxemasi keltirilgan. Protyajkaning
kesuvchi qismida navbatdagi har bir tish o‘zidan oldingi tishdan biror s
z
o‘lcham
yuqori bo‘ladi. Bu o‘lcham tishga to‘g‘ri keladigan ko‘tarilish yoki bir tishga to‘g‘ri
keladigan surish deb ataladi.
7.2-chizma. Protyajka va proshivkaning ishlash sxemasi:
a – protyajkalash: 1 – quyruq; 2 – bo‘yin; 3 – o‘tish ko‘nusi;
4–7 – yo‘naltiruvchi qism; 5 – kesuvchi qism; 6 – kalibr;
b –proshivkalash; d – doiraviy protyajkalash.
Ishlanuvchi metall xossasiga, protyajka materialiga va geometriyasiga
qarab, s
z
qiymati 0,015–0,2 mm oralig‘ida bo‘ladi. Protyajka
ning har bir
tishida keskichdagi kabi elementlar bor. Protyajka tish
larida qirqindini
maydalash uchun shaxmat tarzida maxsus ariqchalar qilinadi. Kalibrolvchi
tishlar esa bir tekis bo‘ladi. Proshivkalash ham
protyajkalashga o‘xshaydi.
Lekin bunda proshifka deb ataluvchi kes
kich ishlanadigan teshikdan bosib
o‘tkaziladi. Proshivka ish jarayonida bo‘yiga egilmasligi uchun kaltaroq
qilinadi. Odatda uning uzunligi diametrining 15 barobaridan ortiq
bo‘lmaydi. Proshifkalash usulidan kalta teshiklar ishlaniladi.Bajaradigan
ish harakat yo‘nalishiga ko‘ra – gorizontal va vertikal, harakat xarakteriga –
uzluksiz va uzlukli hamda kesish asboblari soniga ko‘ra – bir va birnecha
keskichli turlarga ajratiladi. Bunday stanoklarning xarakterli parametriga
protyajkaning tortish kuchi va yurish yo‘li uzunligi kiradi. Tortish kuchi
2,5–120 t gacha, urish yo‘li esa 350–2000 mm ga yetadi.
7.3-chizma. Gorizontal – protyajkalash stanogi sxemasi:
1 – stamina; 2 – elektr dvigatel; 3 – gidroyuritma; 4 – porshen shtogil;
5 – protyajkani mahkamlash moslamasi (patro‘n); 6 – protyashjka;
7 – ishlanadigan zagotovka; 8 – qo‘zg‘aluvchi lyuneta;
9 – qo‘zg‘aluvchi polzuncha.
Ushbu chizmada gorizontal protyajkalash stanogining umumiy ko‘rinishi
tasvirlangan. Stanokda ishlash shundan iboratki, zagotovka o‘rnatilgach,
uning teshigiga protyajka quyrug‘i kiritilib, u patron bilan mahkamlanadi,
so‘ngra stanok yurg‘iziladi. Sidirish tugagach, buyum stanokdan olinadi,
protyajka patrondan ajratiladi sikl yana takrorlanadi. Sidirib ishlashda
asosiy vaqt quyidagicha aniqlanadi.
L
a
=
z
6000
⋅
v
⋅
K, daq.
Bu yerda: L – protyajkaning yurish yo‘li, mm;
v
– kesish tezligi,
mm/daq; K – protyajkaning orqaga yurishini hisobga oluvchi
koeffitsiyent (K = 1,1–1,5).
Do'stlaringiz bilan baham: |