List shtamplash.
Bu ishlovda list, lenta, polosa tarzidagi zagotovkalarni
matritsaga o‘rnatib puansonni yurgizishda uni deformatsiyalash matritsa
o‘yig‘i o‘tkaziladi. Bu usulda elektrotexnakaviy apparatura detallari,
xo‘jallik anjomlari va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi.
7.14-chizma. Metallarni bosim ostida ishlash usullarining
asosiy turlari:
a – bo‘ylama prokatlash; b – kiryalash; d – presslash; e –
bolg‘alash;
f – shtamplash; g – list shtamplash.
Davriy prokatlash haqida tushuncha.
Zagotovkalarning o‘yiq
lari vintaviy
chizig‘ bo‘yicha yasalgan, bir-biriga nisbatan kichik burchak ostida bir
tomonga aylanuvchi jo‘valar orasidan o‘tkazib ishlash
ga
davriy rokatlash
deyiladi. Bu ishlovda yumolaq profilli zagotovka
jo‘valar o‘qi bo‘ylab ular
oraliqqa surilganda (truba gilzalarini prokatlash singari) aylanma va
ilgarilanma harakat oladi. Mashinasozlikda davriy prokatlash
mahsulotlatni (shatun pokovkalar, sharlar va shu kabilar) dan
foydalanish metall sarfini tejab, pokovka va shtampovkalar o‘rnini
bosadi, mexanik ishlov vaqtini qisqartiradi.